Kompyuterlarning rivojlanishi


Download 381.12 Kb.
bet1/15
Sana18.06.2023
Hajmi381.12 Kb.
#1582281
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Individual loyiha




MUNDARIJA

KIRISH ………………………………………………………………………………. 5

I NAZARIY QISM ………………………………………………………………. …..5

    1. Kompyuterlarning rivojlanishi …………...………………………………. 5

    1. Kompyuterlarni vazifalari bo’yicha guruhlash…………………...………. 6

    1. Zamonaviy Kompyuterlarning asosiy turlari……………..………………..8

    1. Katta kompyuterlar…………………….………………………………….14

    1. Kichik kompyuterlar……………………………………………………....16

    2. Super Kompyuterlar va ularning tuzilishi………………………………...22

    3. Kompyuter arxitekturasi…………………………………………………..25

    4. Kompyuterning asosiy bloklari, ularning vazifalari va ko‘rsatgichlari……30

XULOSA……………………………………………………………………………... 33

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ………………………………………….. 33

ILOVA………………………………………………………………………………. .33



Tayanch iboralar: kompyuter, raqamli xisoblash mashinasi, analog xisoblash mashinalari, supperkompyuter,meymnfreym,server,mikroprotsessor. IBM PC turidagi shaxsiy kompyuter, markaziy protsessor, operativ xotira, doimiy xotira, uzulishlar kontrolleri, xotiraga bevosita ega bo‘lish kotrolleri .


Kirish
Hozirda ishlab chiqarilayotgan kompyuterlarning qurilish asoslarini o‘zida mujassam etgan dastlabki kompyuterlardan biri, bu 1952 - yili Jon Fon Neyman tomonidan ishlab chiqilgan va birinchi avlod kompyuterlariga mansub bo‘lgan - IAS (Immediate Address Storage) «to‘g‘ridan-to‘g‘ri adreslanuvchi xotira» degan nomga ega kompyuterdir.Fon Neyman kompyuteri beshta asosiy qismlardan iborat: xotira, arifmetik-mantiqiy qurilma,boshqarish qurilmasi va ma’lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalari. Ushbu kompyuterning xotirasi, har biri 40 bit uzunlikdagi 4096-ta so‘zlardan iborat. Bu 4096 x 5 bayt (40 bit = 5 x 8 bit) = 20480 bayt = 20 Kbayt xajmga ega tezkor xotiradir. 40 bitli har bir so‘z 20 bitli ikkita buyruqdan yoki 40 bit uzunlikdagi ishorali butun sondan iborat bo‘lishi mumkin edi. 20 bit uzunlikdagi har bir buyruqning 8 biti buyruqning turini – ya’ni qo‘shish (ADD), ayirish (SUB), ko‘paytirish (MUL), ko‘chirib yozish (MOV) kabi buyruqlardan birini ko‘rsatsa, buyruqning qolgan 12 biti esa xotiradagi 4096 so‘zdan birini adreslash uchun xizmat qilgan. Arifmetik-mantiqiy qurilma tarkibida 40 bit uzunlikka ega – akkumulyator deb nomlangan maxsus ichki registr bo‘lgan. U asosan kompyuterning buyruqlari, hozirgi kompyuterlarning buyruqlariga o‘xshab, tezkor xotiradan olingan ma’lumotlarni akkumulyatorga yozish, unda kerakli amallarni bajarish, so‘ngra esa natijalarni tezkor xotiraga qaytib yozish amallarini bajargan. Bu kompyuter nuqtasi qo‘zg‘aluvchan sonlar ustida amallar bajara olmagan. Kompyuterlar tarkibida asosiy tashkil etuvchilardan biri bo‘lgan displey, 1960 - yili DEC firmasi btomonidan ishlab chiqarilgan, ikkinchi avlod kompyuterlariga mansub PDP-1 kompyuterida birinchi bor qo‘llanilgan. Bu displey 512x512 piksel o‘lchamga ega bo‘lib, unda nuqtalar yordamida chizmalarni chizish mumkin edi.



Download 381.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling