Kompyuterlarning rivojlanishi


Download 381.12 Kb.
bet4/15
Sana18.06.2023
Hajmi381.12 Kb.
#1582281
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Individual loyiha

Microkontrollar - turli maishiy xizmat va texnik qurilmalarga o’rnatiladi (mobil telefonlar, kir yuvish mashinalari, printerlar, televizorlar va boshqalar).Ular insonlarga qurilmalarni boshqarishga imkon beradi. Mikrokontrollerlar o’zlarining o’lchamlariga qaramasdan, to’liq ravishda hisoblash qurilmalari hisoblanadi, yani ular xotira, protsessor va kiritish-chiqarish vositalariga ega. Qayta dasturlanadigan va dasturlanmaydigan turlari mavjud. Qayta dasturlanmaydigan mikrokontrollerlar uchun dasturlar ishlab chiqarish vaqtida yoziladi va uni keyinchalik o’zgartirish mumkin emas. Mikrokontrollerlar katta mig’dorda ishlab chiqarilmoqdalar (katta seriyalarda).
Serverlar – Shaxsiy Kompyuterlardan o’zlarining kuchliligi (kuchli serverlar) bilan farq qiladi va monitor va boshqa periferik qurilmalar qatnashmasligi ham mumkin. Tarmoqlarda ishlatiladi. Serverlarda odatda xotiralar oshiriladi (TX va qattiq disklar) va yuqori tezlikdagi tarmoq interfeyslari o’rnatiladi. Serverlarda ma’lumotlar va dasturlar saqlanadi (ajratilgan fayl serverlar va server ilovalari). Server protsessorlari odatda foydalanuvchilar va ma’lumotlarga kirish huquqlarini boshqaradi. Hisoblashlar mijoz-kompyuterlarda amalaga oshiriladi.
Mainframe – o’zida katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlashni markazlashtirgan katta kompyuterlarni tavsiflaydi. Foydalanuvchilar asosan ma’lumotlarni kiritish va chiqarishga mo’ljallangan terminallar (klaviatura+monitor) va/yoki ShK lar orqali murojaatni amalga oshiradilar. Ulangan terminallar soni odatda bir necha yuzlab bo’ladi. Meynfreymlar yuqori ishonchliligi bilan xarakterlanadi. Meynfreymlarning kuchi, ShK va serverlarga qaraganda ko’proq bo’lsada, ular ko’p emas. Lekin ular kiritish-chiqarish jarayonlarining yuqori tezligiga va doimiy xotiraning katta hajmlariga egalar.Meynfraymlar juda qimmat turadi (bir necha million dollar). Katta tashkilotlarda ishlatiladi (banklar, aeroportlar, davlat idoralari).
Superkompyuterlar – bu o’tgan asrning 60-yillarida paydo bo’lgan judayam kuchli tizimlar (kuchli protsessorlar). Katta hajmdagi murakkab hisoblashlarni talab qiladigan masalalarni yechish uchun ishlatiladi. Bir necha o’z million dollar turadi.

Download 381.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling