Kompyuter tashqi qurilmalari va yordamchi texnik qurilmalari


Download 18.63 Kb.
Sana09.05.2023
Hajmi18.63 Kb.
#1448803
Bog'liq
komp


Kompyuter tashqi qurilmalari va yordamchi texnik qurilmalari(kiritish va chiqarish qurilmalari)
ABOUT US
1. Tashqi еslab qolish qurilmalari yoki SHK ning tashqi xotirasi.
Magnit saqlovchi qurilmalar
Magnit saqlash qurilmalari kompyuterga o'rnatiladigan asosiy saqlash vositasi hisoblanadi. Bu turdagi xotira qurilmasining asosi, ya'ni barcha ma'lumotlar magnit asosga ega bo'lgan materiallarda saqlanadi.
Bu turdagi xotira qurilmasiga quyidagilar kiradi:
Egiluvchan magnit disklar
(floppi disk).
Qattiq disklar
(vinchester, HDD).
Magnit tasma
Optik
disk
Navbatdagi tashqi saqlash qurilmasi bu optik disklar hisoblanadi. Bu disklarga ma'lumotlar lazer nurlari orqali yoziladi va lazer nurlari orqali o'qiladi.
Optik disklarni quyidagi turlari mavjud:
1. Faqat o'qish uchun mo'ljallangan disklar: CD(700mb), DVD(4.7Gb).
2. Faqat bir marotaba yozish uchun mo'ljallangan disklar: CD-R, DVD-R.(25Gb)
3. Bir necha marotaba yozish uchun mo'ljallangan disklar: CD-RW, DVD-RW.
Flash
xotira
Foydalanuvchining muloqat vositalariga ko'ra kompyuterning tashqi qurilmalari quyidagi turlarga bo'linadi:
2. Foydalanuv-chining muloqat vositalari.
Videomonitor (displey)
Nutqli kiritish-chiqarish
qurilmalari
Nutqli kiritish-chiqarish qurilmalari tez rivojlanayotgan multimedia vositalariga kiradi.
Nutqli kiritish qurilmasi — bu turli xil mikrofonli akustik tizimlar, "tovushli sichqonlar", masalan, odam talaffuz qilayotgan harf va so’zlarni anglay oladigan, ularni identifikaciya qiladigan va kodlaydigan murakkab dasturli ta’minot.
Ma’lumotlarni kirtish qurilmalariga quyidagilar kiradi:
3. Ma’lumotlarni kiritish
qurilmalari
Klaviatura
Klaviatura - bu kompyuter xotirasiga alfavit raqamli ma’lumotlarni kiritishga mо’ljallangan qurilma. Klaviatura harfli tugmalarning joylanishiga kо’ra ingliz (QWERTY) va fransuz (AZERTY) standartlariga bо’linadi
Grafik planshet
Grafik planshetlar (digitayzerlar) — planshet bo’yicha maxsus ko’rsatkichni (peroni) harakatlantirish yo’li bilan grafik ma’lumotlarni, tasvirlarni qo’lda kiritish uchun pero siljiganda uning koordinatalari uqiladi va bu ma’lumotlar SHKga kiritiladi; U ikki qismdan: asosdan (planshetdan) va asos yuzi bo’yicha siljiydigan ko’rsatish qurilmasidan (pero yoki kursordan) iborat. Kursor knopkasini bosilganda uning planshet yuzasidagi holati qayd qilinadi va koordinatalari kompyuterga beriladi.
Digitayzer foydalanuvchi yaratayotgan rasmni kompyuterga kiritish uchun ishlatilishi munin: foydalanuvchi perokursorni planshet bo’yicha olib yuradi, lekin tasvir qog’ozda paydo bo’lmasdan, balki grafik faylda qayd qilinadi.
Grafik planshetlar (digitayzerlar)
Skaner
Skaner (ingl. scanner, scan - "diqqat bilan o’rganish, tekshirish" ma’nosini anglatuvchi so’zdan olingan) – bu ob’ektni (odatda rasm, matn) tahlil qiladigan, uning raqamli tasvirini kompyuter xotirasida yaratadigan kiritish qurilmasidir. skanerlar (o’quvchi avtomatlar) — mashinada yozilgan matnlar, grafiklar, rasmlar, chizmalarni qog’ozdagi tashuvchilardan avtomatik o’qish va SHK ga kiritish uchun mo’ljallangan qurilma.
Skanerlar texnologik jarayonlarda qо’llanishiga kо’ra quyidagi turlarga ajratiladi:
Skaner turlari:
a) planshetli;
b) tortuvchi yoki g'ildirakli;
c) planetar yoki kitobli;
d) barabanli;
e) plyonkali;
f) qo'l skaneri.
Grafik manipulyatorlar
Grafik manipulyatorlar
Manipulyatorlar – bu (koordinatani kо’rsatuvchi qurilma, kursorni boshqarish qurilmasi) axborotni kiritish uchun qо’shimcha boshqaruv pulti hisoblanadi.
Joystik – kursorni ekranda tо’rt yо’nalishdan biriga kо’chishini ta’minlaydi. Bu kompyuter o’yinlarini boshqarish vositasi hisoblanadi. U maxsus kо’rpusga о’rnatilgan dastakdan iborat.
Nurli pero (Liqht pen) – displey ekranidagi nuqtani kо’rsatish uchun yoki tasvirni yuzaga keltirish uchun qо’llanilishi mumkin. U loyihaviy tuzilishiga kо’ra ichida fotoelement bо’lgan ruchkani eslatadi.
Trekbol sichqonchadan farqli o'laroq, u statsionar ravishda o'rnatiladi va uning to'pi qo'lning kaftida harakatda bo'ladi. Trekbolning afzalligi shundaki, u silliq ishlaydigan sirtga muhtoj emas, shuning uchun trekbollar portativ shaxsiy kompyuterlarda keng qo'llaniladi.
Ma’lumotlarni
chiqarish qurilmalariga quyidagilar kiradi:
4. Ma’lumotlarni
chiqarish qurilmalari
1. Printer
Printerlar
Printer - bu chop etish qurilmasi bo’lib, kompyuterning xotirasidagi ma’lumotlarni qog’ozga chop etish uchun xizmat qiladi.
Printerlar quyidagi turlarga bo’linadi:
1) matritsali (ignali) printerlar;
2) purkagichli printerlar;
3) lazerli printerlar;
Ularning har biri bir biridan o’zining xarakteristikalari bilan, ya’ni ishlash holati, chop etish tezligi va sifati, rangli va rangsizligi kabilar bilan ajralib turadi.
Matritsali printer
Purkagichli printer
Lazerli printer
2. Plotter
Plotterlar
Plotterlar (plotter, grafik ko’ruvchilar) grafik axborotni (chizmalar, sxemalar, rasmlar, diagrammalar va b.) ЕHM dan qog’ozli yoki boshqacha ko’rinishdagi tashuvchiga chiqarish qurilmasidir.
5.Aloqa va telekommunikatsiya vositalari.
Aloqa va telekommunikatsiya qurilmalari
priborlar va avtomatlashtirishning boshqa vositalari bilan (interfeyslar moslashtiruvchilari, adapterlar, raqamli-analog va analog-raqamli o’zgartirgichlar va boshq.) aloqa qilish uchun va SHK ni aloqa kanallariga, boshqa ЕHM va hisoblash tarmoqlariga (tarmoqli interfeysli plata, "ulanishlar", qiymatlarni uzatish multipleksorlari, modemlar) ulash uchun ishlatiladi.
Modemlar
MODEM
MODEM (MOdulyator-DEModulyator) - bu kompyuterni oddiy telefon tarmog’iga ulash uchun mo’ljallangan qurilma. Kompyuterda ma’lumotlar raqamli signallar ko‘rinishida saqlanadi. Modem ma'lumotlarning modulyatsiyasini va demodulatsiyasini amalga oshiradi.
Signalni raqamli ko‘rinishdan analog ko‘rinishga o‘tkazuvchi qurilma modulyator, analog ko‘rinishdan raqamli ko‘rinishga o‘tkazuvchi qurilma demodulyator deb ataladi.
Modemlar bir-biridan ma’lumot uzatish tezligi (Mb/s) bilan farq qiladi. Bundan tashqari, zamonaviy modemlar ma’lumotlarni yuborishdan oldin ma’lumotlarni siqadi, bu ma’lumot uzatish vaqtini kamaytiradi. Hozirgi kunda ADSL modemlar, faks-modemlar, simsiz ishlovchi flesh modemlar va kabelli modemlar keng tarqalgan.
Modem turlari:
a) ADSL modem;
b) Faks-modem;
c) USB modem.
Modem orqali ma'lumot almashish jarayoni
Ma’lumotlarning bir kompyuterdan ikkinchi
kompyuterga uzatilish jarayoni
E'tiboringiz uchun tashakkur!
Tamom
Download 18.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling