Texnik ekinlarni zararli xashoratlari. Pushti rang ko`sak qurti (g`o`za kuyasi) Pectinophora gossypiella Saund


Download 61.5 Kb.
bet4/4
Sana17.03.2023
Hajmi61.5 Kb.
#1279650
1   2   3   4
Bog'liq
Texnik ekinlarni zararli xashoratlari. Pushti rang ko`sak qurti (g`o`za kuyasi) Pectinophora gossypiella Saund

Hayot kechirishi. Bu zararkunanda kapalaklarning bir joydan ikkinchi joyga tez ko`chish yuli bilan, paxta toylariga, ayniqsa g`umbakka aylangan holda qop-qanorlarga ilashib olib tarqaladi.
Aksari joylarda tikanli ko`sak qurti qishki uyquga kirmasdan yil bo`yi urchiy beradi; o`zi yashaydigan mintaqalar (Eron) da esa bu zararkunanda g`umbaklik yoki pillaga o`ralgan qurtlik stadiyasida qishlaydi.
Kapalaklari kechalari harakatlanib, kunduz kuni har xil pana joylarga yashirinadi. Voyaga yetgan kapalaklar bir oyga yaqin yashaydi. Gulxayrilar oilasiga mansub o`simliklarning shonalari, ko`saklari, poya, shox uchlari va boshqa qismlariga bitta-bittadan tuxum qo`yadi. Bir urg`ochi kapalak 100 tadan 230 tagacha, o`rta hisobda 140 ta tuxum qo`ya oladi.
Tuxumlarining rivojlanishi 3—12 kun davom etadi. Tuxumdan chiqqan qurtlar shona va ko`sak yoki poya va shox ichiga kirib oladi. Bu qurtlar birmuncha vaqt barglar, xususan yosh bargchalar bilan ham oziqlanishi mumkin.
` Tikanli ko`sak qurti shikastlagan shona va tugunchalarning ko`pchiligi to`kiladi. Yirik ko`saklar vaqtidan ilgari ochilib chiriydi. Poya va shox uchlari quriydi, bu qurt yosh o`simliklarga tushganida ularni nobud qiladi. Qurtlar serharakat bo`ladi va o`zlarining rivojlanish davrida oziqlanayotgan joylarini bir necha marta o`zgartirib, bir necha shona yoki ko`sakni shikastlaydi. Bu qurt teshib o`tgan joylarda chetlari ko`tarilib turgan teshikchalar hosil bo`ladi. Qurtlik stadiyasi 15—28 kun davom etadi.
Qurtlar g`umbaklanish uchun tashqariga chiqadi. O`zlari yashaydigan shimoliy mintaqalarda oxirgi bo`g`in qurtlar tuproq betidagi o`simlik qoldiqlari orasiga, kesakchalar tagiga, yoriqlarga kirib pilla o`raydi. Yozgi bo`g`in qurtlar ham tuproq betida va o`simliklarning har xil qismlarida g`umbakka aylanishi mumkin. Qurtlar ko`sak ichidan chiqishi bilanoq o`sha ko`sak devori va gulyonliklari o`rtasiga joylashib oladi. Tikanli ko`sak qurti bir yilda 4—5 marta avlod beradi.
Kurash choralari. Agrotexnika tadbirlaridan chigitni erta ekish, paxtaning tezpishar navlarini tanlash, hosilni yig`ib-terib olgandan so`ng dalalarni o`simlik qoldiqlaridan tozalash, dalalarni kuzda shudgor qilish masalalariga katta e`tibor beriladi. Shu bilan birga, bu zararkunandani jalb qilish uchun, ekin dalalari yoniga bomiya ekib, unga tushgan qurtlarni mexanik yo`l bilan yo`qotish ham tavsiya etiladi.
Nihoyat, qurtlar teshib o`tgan joylarida ularning qora dog` shaklidagi chiqindilari ravshan ko`rinib turgan poya, shox uchlari va ko`saklar yulib olinib, darhol yuq qilinadi.

Adabiyotlar:





  1. Voronkova A.V. i dr. – Karantin rasteniy. Moskva. Agropromizdat, 1986.255 str.

  2. Dementyeva M.I. – Fitopatologiya. Moskva 1985.

  3. Pospelov S.M., Shestiperova Z.I., Doljenko I.K. – Osnovы karantina rasteniy. Moskva, Agropromizdat, 1985

  4. Peresыpkin V.F.Selskoxozyaystvennaya fitopatologiya.Agrop.Moskva 1989.

  5. Jumaniyozov M., Safarov M.D., Sangis F.T., Sichev A.Sh. – Respublika o`simliklar karantini davlat bosh inspeksiyasi

  6. O`zbekiston respublika hududini karantindan zararkunandalar, o`simlik kasalliklari va begona o`tlardan muhofaza qilishga doir qonun hujjatlari. 2000

  7. I.A.Karimov. “O`zbekiston XXI asrga intilmoqda”. Toshkent 2000 y.

  8. I.A.Karimov. “Milliy davlatchilik istiqlol mafkurasi va huquqiy madaniyat to`g`risida”. Toshkent 1999 y.

  9. I.A.Karimov. “Barkamol avlod – O`zbekiston taraqqiyotining poydevori”. Toshkent 1997 y.

  10. Karimov I.A. “Qishloq xo`jalik taraqqiyoti to`kin hayot manbai”. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining X sessiyasida so`zlagan nutqi. 1997 yil 25-dekabr.

  11. Qishloq xo`jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturi 1998-2000 y. T. O`zbekiston 1998

Download 61.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling