Texnik ijodkorlik va dizayn fanidan


Ijodkorlik masalalarini tadqiq qilish uslublari


Download 0.56 Mb.
bet44/47
Sana23.12.2022
Hajmi0.56 Mb.
#1046218
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
Bog'liq
1.15.2020Техник ижод. ва диз.

3. Ijodkorlik masalalarini tadqiq qilish uslublari
Intuitiv fikrlashga asoslangan ijodkorlik masalalarini tadqiq qilish uslubi evristik uslublar guruhi deb ataladi. Ixtirochilik masalalarini yechish uslublari G.S.Altshuller, L.V.Aleksandrov va boshqalar tomonidan o‘rganilgan bo‘lib, ular o‘z tadqiqotlarida evristik hamda tahliliy uslublar guruhini ajratib ko‘rsatadilar. Evristik uslub vositasida ijodkorlik masalalarini yechishga anhanaviy yondashish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: muammodan kelib chiquvchi masala shartlarini aniqlash; xususiy xol uchun muammoni tahlil qilish va maqsadni shakllantirish; masalani hal qilish rejasini tuzish; rejani amalga oshirish va masalani qisman hal qilish; topilgan yechimlarni maqsadga muvofiqligini tadqiq qilish va maqbulini tanlash. ijodkorlik masalalarini yechishning tahliliy uslubida muammo yechimini topish uchun uning matematik modelini qurish ko‘zda tutiladi. Bu uslubda yechim aniqligi obhekt yoki jarayon ko‘rsat-gichlarining uni o‘rganish uchun ishlab chiqilgan model ko‘rsatgichlariga mutanosiblik darajasi bilan belgilanadi, ijodkorlik masalalarini tadqiq qilishning keltirilgan uslublarini talabalar faoliyatiga moslash uchun ularni amalga oshirish qadamlarini birmuncha soddalashtirish hamda subhektiv ixtirolardan foydalanish uchun qo‘llashda ikkala guruhga tegishli uslublardan iborat umumiy majmua ishlab chiqish talab etiladi.
Test
1. Ijodkorlikka bo‘lgan ehtiyoj psixofiziologik jihatdan qaralganda qanday ketma-ketlikda amalga oshadi?
A. Muammoning qo‘yilishi. 2 Muammoni yechimini topish. 3. Muammo va yechimni bog‘lash. 4. Yechimni tekshirish
V. *1.Xavas. 2. Xoxish. 3. qiziqish
S. Texnik yechim mazmunini shakllantirish. 2. Yechimning ekspert bahosi
D. Tanlov bosqichi. 2. Bilimlarni shakllantirish. 3. Ijodkorlikka o‘rgatish. 4 Amaliy mashg‘ulotlar. 5. Natijalarni baholash
2. Ilmiy ijodkorlik jarayonida tafakkurning xarakterda bo‘lishi mumkin?

  1. *To‘g‘ri va induktiv

  2. To‘g‘ri va teskari yo‘nalishda

  3. Produktiv va reproduktiv

  4. Mahsulli va mahsulsiz




Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling