Texnik ijodkorlik va dizayn fanidan


Test 1. Texnik modellarning metall srti qanday usullarda pardozlanadi?


Download 0.56 Mb.
bet35/47
Sana23.12.2022
Hajmi0.56 Mb.
#1046218
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   47
Bog'liq
1.15.2020Техник ижод. ва диз.

Test
1. Texnik modellarning metall srti qanday usullarda pardozlanadi?

  1. Randalanadi va loklanadi

  2. *Silliqlanadi va polirovkalanadi

  3. Yaxshilab qirib tashlanib, aliflanadi

  4. Yo‘niladi va pardozlanadi

2. Texnik ijodkorligini amalga oshirishda o‘quv ustaxonasining maydoni qanday hajmda bo‘lishi kerak?

  1. 60-80 m2

  2. 76-94 m2

  3. *80-90 m2

  4. 100-150 m2



Mavzuni mustahkamlash uchun savollar

  1. Texnikada ishlatiladigan modellar necha tipga bo‘linadi ?

  2. Konstruktorlik xujjatlari deganda nimani tushunasiz?

  3. Ishlab chiqarish sharoitlarida yangi mashinalarni yaratish jarayonini ham, o‘quv ustaxonalarida texnik modellarni yasash jarayoni qanday jihatlarni qamrab oladi?

16-17-mavzu. Texnik ijodkorlikda dizayn yechimlarining o‘ziga xos xususiyatlari (4 soat )


Reja:
1. yoshlar mustaqil–ijodiy fikrlashini faollashtirish yo‘nalishlari.
2. O‘quvchilarning texnik ijodkorligini tashkiliy sistemasi.
3. O‘quvchilar texnik ijodkorligi mazmunini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari.
4. Ijodkorlik darslarini tashkillashtirish tamoyillari.
5. Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish texnologiyasi.
1. yoshlar mustaqil–ijodiy fikrlashini faollashtirish yo‘nalishlari.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ning bosh maqsadi barkamol shaxsni shakllantirishdan iboratdir. «Barkamol inson» deganda ham aqliy, ham axloqiy, amaliy va jismoniy kamol topgan shaxs tushuniladi. Milliy o‘zlikni anglashga e’tibor kuchaygan hozirgi sharoitda mustaqil fikrlash hamda ijodkorlik sifatlari barkamollikning aosiy belgilari sifatida qaror topmoqda. Insonning o‘z-o‘zini anglashida hayotida tutgan o‘rnini belgilashda, hayotning mohiyatini tushunishga nisbatan munosabat o‘zgarmoqda. Zero, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ta’kidlanganidek: «Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovonligi shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va tasirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o‘zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir».
Mustaqillik sharoitida shaxsni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishi mustaqil fikrlash va ijodkorlik sifatlarini shakllantirish, shaxsiy va ijtimoiy faolligini oshirish, tanqidiy fikrlash, shaxsiy g‘urur va o‘z intellektual imkoniyatlariga ishonch hissini tarbiyalashdan iborat bo‘lmoqda. Ushbu jarayonlarning barchasi bugungi kunda rivoj topayotgan xalqaro globallashuv sharoitida alohida dolzarblik kasb etmoqda.
Respublikamizda shaxs sifatlarini shakllantirish muammosining yechimini topishga qaratilgan aksariyat tadqiqotlarda mustaqil fikr yuritish shaxsning mustaqil ta’lim olishi bilan bog‘liq holda qaraladi, ijodkorlik faoliyati esa asosan moddiy buyumlar yaratishni va takomillashtirish bilan bog‘liq yaratuvchilik jarayoni sifatida o‘rganilgan. Ushbu tadqiqotlarda mustaqil-ijodiy fikrlash sifatlarining o‘quvchilar xulqida, ularning boshqalar bilan muloqotida, amalga oshiradigan kasbiy faoliyatida barqaror aks ettirilish masalalari yetarlicha hal etib berilmagan.
Bugun biz insoniyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ko‘z oldimizga keltiradigan bo‘lsak, xalqaro globallashuv bu jarayonning eng yaqqol namoyon bo‘luvchi xususiyati ekanligini ko‘ramiz. Hozirda xalqaro globallashuv iqtisod, siyosat va shu kabi ijtimoiy hayotning barcha muhim sohalari qatorida ta’lim tizimini ham o‘z ta’sir doirasiga olgan. Shunday ekan, jahonda o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lib borayotgan respublikamiz ta’lim tizimiga tadbiqan shaxs sifatlarining muhim qirralari bo‘lgan mustaqil hamda ijodiy fikrlash sifatlarini faollashtirishning metodologik asoslarini tadqiq qilish muhim zamonaviy muammo hisoblanadi.
Barcha mamlakatlarda, shu jumladan O‘zbekistonda ham shaxsni tarbiyalash unda axloqiy va intellektual sifatlarni rivojlantirish orqali amalga oshiriladi. Respublikamizda joriy etilayotgan va jahon miqyosida tan olingan kadrlar tayyorlash milliy modelining bosh sub’ekti va ob’ekti sifatida o‘quvchi shaxsining olinganligi bu boradagi muammolarning muvaffaqiyatli hal etilishi uchun zamin yaratib bergan.
Respublikamizda yoshlar mustaqil – ijodiy fikrlashini faollashtirish masalalarining dolzarbligi quyidagi muammolarni hal etish zarurati bilan belgilanadi:

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling