Texnik ishlatish umumiy masalalari


Download 455.24 Kb.
bet2/4
Sana18.11.2023
Hajmi455.24 Kb.
#1785423
1   2   3   4
Bog'liq
TEXNIK ISHLATISH UMUMIY MASALALARI

Elektr mashinalari tashish va saqlash davrida korroziyadan asrash uchun konservatsiya qilinadi. Qora va rangli metallardan yasalgan mahsulotlar yuzalari, hamda bolt va shtiftlari echib olingan rezьba va shtiftli teshiklar konservatsiyalanadi. Himoya qilinishi zarur bo‘lgan yuzalarning materiallari va shakliga bog‘liq ravishda, konservatsiya qilish uchun plastik va suyuq moylar, engil artish imkoni bo‘lgan lak-bo‘yoq qoplamalar, parafin to‘ydirilgan qog‘ozlar, sintetik qatlamlar va boshqalar qo‘llanishi mumkin.
Tashish va saqlash shartlariga ko‘ra, elektr mashinalarni shartli ravishda ikki konstruktiv guruhlarga ajratish mumkin: shchitli va ustun shakldagi podshipnikli mashinalar.
Birinchi guruhdagi mashinalar podshipnik qismlari (6.1-rasm) mashinaning korpusiga kiritilgan va u yig‘ilgan holatda tashilishi mumkin.
Aksariyat, bunday holatda yumalash podshipniki ishlatiladi. Ikkinchi turdagi mashinalarda podshipniklari mashina korpusidan tashqarida bo‘lib, podshipniklar o‘zlarining xos korpuslarida joylashadilar (6.2-rasm). Aksariyat, bunday vaziyatlarda sirpanish podshipniklari qo‘llaniladi.
Birinchi guruh mashinalari, aksariyat yig‘ilgan holatda tashiladi va saqlanadi, ikkinchi guruh mashinalari – alohida qismlarga ajratilib tashiladi va saqlanadi.
Mashinani tashishda (ayniqsa uzoq masofalarga) yumalash podshipniklariga alohida e’tibor berish zarur bo‘ladi, chunki vibratsiya va urilishlar sababli podshipnikning yumalash yo‘laklarida chuqurchalar va shikastlar paydo bo‘ladi. Shu sababli, temir yo‘l transportidan foydalanganda elektr mashinalarni platformaga ko‘ndalang joylashtirish tavsiya etiladi.







4.1-rasm. Qisqa tutashgan rotorli asinxron mashina tuzilishi: 1-val; 2,6- podshipniklar; 3,7-podshipnik qalqonlari; 4-chiqish klemmalari; 5-ventilyator; 8-ventilyator qopqog‘i; 9,10-rotor va stator magnit tizimlari;
11-korpus; 12-qotirgichlar.

Sinxron mashinalar va faza rotorli asinxron motorlar mo‘tadil iqlimli hududlarda yig‘ilgan holatda LC guruhli omborlarda, tropik iqlimli xududlarda esa SC3 guruhli omborlarda saqlanadi. Qisqa tutashgan rotorli asinxron motorlar yig‘ilgan holatda SAL va SC3 omborda, o‘zgarmas tok mashinalari - yig‘ilgan holatda LC v SC3 guruhli omborlarda saqlanadi.
O‘zgaruvchan tokli yirik quvvatli mashinalarning statorlari, yirik quvvatli o‘zgarmas tok mashinalari magnit tizimlari, staninalari va boshqa qismlari SAL va SC3 guruh omborida, sirpanish podshipniklari, yirik quvvatli mashinalar rotorlari, apparatlar va boshqarish shchitlari - LC va SC3 omborlarda, fundament plitalari - SC2 va PHC2 guruh omborlarida saqlanadi.
Moyli transformatorlar va moy to‘ldirilgan elektr apparatlari ishlab chiqargan korxona tomonidan to‘liq yig‘ilgan va moy solib to‘ldirilgan holatda jo‘natiladi. Yirik quvvatli yuqori kuchlanishli transformatorlar qisman demontaj qilingan (kengaytirgichsiz va katta kuchlanishli izolyatorlari olingan) holatda, qopqog‘idan
pastroq sathgacha to‘ldirilgan moy bilan jo‘natiladi. Bakning ichidagi moydan yuqori bo‘shliq qismi inert gaz yoki quruq havo bilan to‘ldiriladi.
Moyli transformatorlar hamda ularni tashish jarayonida demontaj qilingan yirik qismlari va detallari (kengaytirgich, chiqarish quvuri, moy tozalovchi va termosifon filtrlar va h.k.) temir yo‘l ochiq platformalarida himoyaviy o‘ramlarsiz tashiladi.




4.2–rasm. Sinxron generator (tashqi muhit ta’siridan himoyalanish darajasi IP44, sovutish usuli IC01, konstruktiv bajarilishi IM735):
1– val; 2 va 3 – podshipnik boshi va asosi; 4 – kojux; 5– qoplama; 6 va 8– stator o‘zagi va chulg‘ami; 7 – shpilka; 9 – qutb; 3 – ventilyator qanoti; 4
– rotor krestovinasi; 5 – kontakt xalqa; 13 – klinremenli uzatish; 14 –
qo‘zg‘atkich

Ular mo‘ljallangan joyida montaj qilingunga qadar bo‘lgan tashishning barcha bosqichlarida namlik tushishidan ishonchli himoyalangan bo‘lishi shart. Kuchlanishi 35 kV gacha bo‘lgan kiritish izolyatorlari, komplektlanuvchi apparatlar va asboblar, sovutish tizimlari, mahkamlovchi detallar va ehtiyot qismlar qutilarga joylashtirilib, transformator bilan birga jo‘natiladi. Kuchlanish bo‘yicha turlari 66-500 kV li bo‘lgan izolyatorlar moy bilan to‘ldirilib, transformator o‘rnatilishi lozim bo‘lgan joygacha ishlab chiqargan zavodning himoyalab o‘ralgan qutilariga joylashtirilib transportda tashiladi.
Quruq transformatorlar va elektr apparatlarini tashish va saqlashdagi mexanik shikastlanish va namlikning bevosita ta’siridan kafolatli saqlashni ta’minlaydigan xos o‘ramlarda bajariladi.
Moyli transformatorni saqlash joyiga yetkazilgandan so‘ng (10 kundan oshirmasdan) transformator izolyatsiyasining holati tekshiriladi va uni montaj qilish yoki uzoq muddatga saqlash uchun tayyorlanadi. Transformatorning aktiv qismi uzoq muddat moysiz qoldirilsa, izolyasiyaning holati yomonlashadi, uning tavsiflarini tiklash uchun esa uzoq muddatli vaqt va katta moliyaviy sarf harajatlar talab etiladi.
Moy bilan to‘ldirilgan holatda tashilayotgan transformator kengaytirgichidagi moyning sathi moy ko‘rsatkich bo‘yicha lozim bo‘lgan sath atrofida bo‘lishi lozim. Transformator bokidagi TK turkumdagi moyning 700S dagi haroratida teshilish kuchlanishi 50 kV/mm dan kichik bo‘lmasligi, isroflar burchagining tangensi esa (tgδ) 0,02 dan katta bo‘lmasligi shart. Yuk ostida kuchlanishni rostlovchi qurilmaning (YUKR) kontaktori bokidagi moyning teshilish kuchlanishi 45 kV/mm dan kichik bo‘lmasligi, namlik mavjudligi 0,0025% dan katta bo‘lmasligi shart. Moyning sifatlarini tekshirishning natijalari qoniqarli bo‘lsa, montaj boshlangunga qadar cheklanmagan muddatga saqlash uchun ruxsat etiladi.
Moy bilan oxirigacha to‘ldirilmagan transformatorlarda, moydan yuqori bo‘lgan muhitning germetikligi, teshilish kuchlanishi, tgδ va moydagi namlik miqdori, hamda YUKR qurilmasining kontaktori bokidagi moyning parametrlari tekshiriladi. Moyning tavsiflari yuqorida keltirilgan talablarga mos bo‘lishi shart. Bokda ortiqcha bosim yoki vakuum mavjud bo‘lmasa, bok moyi yuqorisidagi muhit germetikligi tekshiriladi, zarur bo‘lganda ular tiklanadi.
Agar tekshirishda me’yorlardan cheklanish mavjud bo‘lsa, izolyatsiya holatining buzilishiga olib kelgan sabablar bartaraf etiladi va transformatorning montaji tezlashtiriladi.
Kuchli transformatorlar hamda tok transformatorlari ayvon (PHC4 guruhi) ostida germetik berk bo‘lgan va moy bilan to‘ldirilgan xos g‘iloflar saqlanishi shart. Komplektlovchi apparatlar, mahkamlagichlar, maxsus asboblar, kuchlanishi 6-35 kV bo‘lgan quruq karitish izolyatorlari zavod o‘ramida berk va quruq omborda (SC3 guruh) saqlanishi shart. Moy to‘ldirilgan kirish izolyatorlari vertikal holatda saqlanadi va ulardan moy oqishi bo‘lmasligi va moy sathi ko‘rsatkichining normal holatda bo‘lishi tekshirib turiladi.
Moy sovutish jihozlari aksariyat ayvon (PHC4 guruhi) ostidagi ochiq havoda saqlanadi, bunda sovutkichlar va termosifon filьtrlarning yon tomonida tiqinlari bo‘lishi lozim. Ventilyatorlar va elektr motorlari qutilarda konservatsiyalangan holatda bo‘lishi shart.
Jihozlarni saqlash muddati minimumga keltirilishi zarur, chunki saqlash muddati ortishi narhning ortishiga sabab bo‘ladi va kafolat muddatiga kiradi. Ideal holat
«g‘ildirak-montaj» varianti hisoblanib, bunda jihozlar saqlash davrini chetlab o‘tib,
ishlab chiqaruvchi korxonadan to‘g‘ri montaj qilish maydonchasiga tushiriladi.

    1. Download 455.24 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling