Texnik jihatdan tartibga solish to‘G‘risida


-modda. Texnik reglamentlar to‘g‘risidagi axborot


Download 34.26 Kb.
bet7/11
Sana27.01.2023
Hajmi34.26 Kb.
#1133370
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

14-modda. Texnik reglamentlar to‘g‘risidagi axborot
Amaldagi, ishlab chiqilayotgan va qabul qilingan texnik reglamentlar to‘g‘risidagi axborot yuridik va jismoniy shaxslar erkin foydalana oladigan bo‘lishi kerak. Davlat sirlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar tarqatilmasligi kerak.
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi yuridik va jismoniy shaxslarning so‘rovlariga ko‘ra:
amaldagi, ishlab chiqilayotgan va qabul qilingan texnik reglamentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
Oldingi tahrirga qarang.
mahsulotlar va xizmatlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash tartib-taomili to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
(14-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
O‘zbekiston Respublikasining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi xalqaro tashkilotlarga a’zoligi va xalqaro shartnomalardagi ishtiroki to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
ishlab chiqilayotgan, qabul qilingan texnik reglamentlarni va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlarni e’lon qilishning rasmiy manbalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadi.
3-bob. Texnik reglamentlar
15-modda. Texnik reglamentlarning turlari
O‘zbekiston Respublikasida texnik reglamentlarning quyidagi turlari qo‘llaniladi:
umumiy texnik reglamentlar;
maxsus texnik reglamentlar.
Oldingi tahrirga qarang.
16-modda. Texnik reglamentlarda mahsulotlar va xizmatlar xavfsizligini ta’minlashga doir talablar
(16-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Texnik reglamentlarda mahsulotlar va xizmatlar xavfsizligini ta’minlashga doir talablar quyidagilar bo‘yicha belgilanishi mumkin:
(16-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
biologik xavfsizlik;
mexanik xavfsizlik;
kimyoviy xavfsizlik;
yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlik;
yong‘in xavfsizligi;
elektr xavfsizligi;
mashina va uskunalarni ishlatish (ulardan foydalanish) hamda utilizatsiya qilish xavfsizligi;
elektromagnit mosligi;
qurilish ishlari xavfsizligi;
binolar, inshootlardan va ularga tutash hududdan foydalanish xavfsizligi;
ekologik xavfsizlik;
veterinariya xavfsizligi;
sanoat va ishlab chiqarish xavfsizligi;
portlash xavfsizligi;
axborot xavfsizligi;
o‘lchovlarning va sinovlar usullarining bir xilligini ta’minlash.
Oldingi tahrirga qarang.
Texnik reglamentlarda mahsulotlar va xizmatlar xavfsizligini ta’minlashga doir boshqa talablar ham belgilab qo‘yilishi mumkin.
(16-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)

Download 34.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling