Texnik jihatdan tartibga solish
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi
Download 219.59 Kb.
|
METROLIGIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi
- O’lchash vositalari va ularni turlari
- О’lchash deb
- о’lchash obyekti
- О’lchash
- О’lchash jarayoni
- О’lchash usuli esa
- X=n[x]
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning xavfsizligiga doir, ularda inson hayoti va sog’lig’i uchun zararli bo’lgan moddalar, kasallik tug’diruvchi organizmlarning mavjudligi, kasallik tashuvchilarning kirib kelishi yoki tarqalishining oldini olish, tibbiyot uchun mo’ljallangan buyumlar, tibbiy texnika va dori vositalarini ishlab chiqarish hamda qo’llash bo’yicha majburiy talablarga taalluqli ishlarning bajarilishini tashkil etadi va ta’minlaydi.
O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi shaharsozlik faoliyatida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarga taalluqli ishlarning bajarilishini tashkil etadi va ta’minlaydi. O’lchash vositalari va ularni turlari Kattalikning sonli qiymatini odatda о’lchash amali bilangina topish mumkin, ya’ni bunda ushbu kattalik miqdori birga teng deb qabul qilingan shu turdagi kattalikdan necha marta katta yoki kichik ekanligi aniqlanadi. О’lchash deb, shunday solishtirish, anglash, aniqlash jarayoniga aytiladiki. unda о’lchanadigan kattalik fizik eksperiment yordamida, xuddi shu turdagi, birlik sifatida qabul qilingan, miqdori bilan о’zaro solishtiriladi. Bu ta’rifdan shunday xulosaga kelish mumkinki: birinchidan, о’lchash buhar xil kattaliklar tо’g’risida informatsiya hosil qilishdir; ikkinchidan, bu fizikeksperimentdir; uchinchidan о’lchash jarayonida о’lchanadigan kattalikningо’lchov birligi ishlatilishidir. Demak, о’lchashdan maqsad, о’lchanadigan kattalik bilan uning о’lchov birligi sifatida qabul qilingan miqdori orasidagi (tafovutni) nisbatni topishdir. YA’ni, о’lchash jarayonida о’lchashdan kо’zda tutiladigan maqsad, ya’ni izlanuvchi kattalik, bu shunday asosiy kattalikki, uni aniqlash butunizlanishni, tekshirishni vazifasi, maksadi xisoblanadi va о’lchash obyekti ishtirok etadi. О’lchash obyekti (о’lchanadigan kattalik) shunday yordamchi kattalikki, Uning yordamida asosiy izlanuvchi kattalik aniqlanadi, yoki bu shunday qurilmaki, uning yordamida о’lchanadigan kattalik solishtiriladi. Shunday qilib, uchta tushunchani bir-biridan ajrata bilish kerak; о’lchash, о’lchash jarayoni va о’lchash usuli. О’lchash - bu umuman har xil kattaliklar tо’g’risida informatsiya qabul qilish, о’zgartirish demakdir. Bundan maqsad izlanayotgan kattalikni son qiymatini qо’llash, ishlatish uchun qulay formada aniqlashdir. О’lchash jarayoni - bu solishtirish eksperimentini о’tkazish jarayonidir (solishtirish qanday usulda bо’lmasin). О’lchash usuli esa - bu fizik eksperimentning aniq ma’lum struktura yordamida, о’lchash vositalari yordamida va eksperiment о’tkazishning aniq yо’li, algoritmi yordamida bajarilishi, amalga oshirilishi usulidir. О’lchash odatda о’lchashdan kо’zlangan maqsadni (izlanayotgan kattalikni) aniqlashdan boshlanadi, keyin esa shu kattalikning xarakterini analizqilish asosida bevosita о’lchash obyekti (о’lchanadigan kattalik) aniqlanadi. О’lchash jarayoni yordamida esa shu о’lchash obyekti tо’g’risida informatsiya hosil qilinadi va nihoyat ba’zi matematik kayta ishlash yо’li bilan о’lchash maqsadi haqida yoki izlanayotgan kattalik haqida informatsiya (о’lchash natijasi) olinadi. О’lchash natijasi - о’lchanayotgan kattalikning son qiymatini о’lchash birligiga kо’paytmasi tariqasida ifodalanadi. X=n[x], bu yerda X — о’lchanadigan kattalik n — о’lchanayotgan kattalikning kabul kilingan о’lchov birligidagi son kiymati; [x] о’lchash birligi О’lchash jarayonini avtomatlashtirish munosabati bilan о’lchash natijalari о’tkazmasdan tо’g’ridan tо’g’ri elektron hisoblash mashinalariga yoki avtomatik boshqarish tizimlariga berilishi mumkin. Shuning uchun, keyingi paytlarda,ayniqsa, kibernetika sohasidagi mutaxassislarda о’lchash haqidagi tushuncha quyidagicha ta’riflanadi. О’lchash — bu izlanayotgan kattalik haqida informatsiya qabul qilish va о’zgartirish jarayonidir. Bundan kо’zda tutilgan maqsad shu о’lchanay kattalikning ishlatish, о’zgartirish, uzatish yoki qayta ishlashlar uchun qulay formadagi ifodasini ishlab chiqishdir. О’lchash fan va texnikaning qaysi sohasida ishlatilishiga qarab u aniq nomi bilan yuritiladi: elektrik, mexaniq, issiqlik, akustik va x.k. О’lchanayotgan kattalikning sonli qiymatini topishning bir necha xil turlari (yо’llari) mavjuddir. Quyida shu yо’llar bilan tanishib chiqamiz. Download 219.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling