Texnik modellar klassifikatsiyasi


Diapozitivlar seriyasini yaratish texnologiyasi


Download 164.5 Kb.
bet6/8
Sana14.12.2022
Hajmi164.5 Kb.
#1001201
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
XALIKOVA SITORA2 MAVZU

Diapozitivlar seriyasini yaratish texnologiyasi
O’quv jarayonida maxsus fabrikalarda tayyorlangan diapozitiv va diafilmlardan foydalanishdan tashqari, fotografiya vositalaridan foydalanib, o’quv yurtlari laboratoriyalarida diafilm va diapozitivlarni tayyorlash mumkin. Bu ikki fotografik usulda bajariladi.
Birinchi usul - oddiy negotiv-pozitiv jarayon bo’lib, bunda negotiv tasvirdan kontakt yoki proektsion nusxa ko’chirish usulida diapozitivlar hosil qilinadi. Bu usul diapozitivlarni ko’plab ishlab chiqarishda qo’llaniladi.
Ikkkinchi usul - qaytarish jarayoni bo’lib, unda tasvir maxsus fotomateriallarga tushiriladi. Ochirish paytida darhol tayyor pozitiv tasvir hosil bo’ladi. Bu usulda diapozitiv bir nusxada olinadi. Uni kadrlash yoki masshtabini o’zgartirish yo’li bilan tuzatish mumkin emas, shuning uchun suratga olish nuqtasini yaxshi tanlash, plyonkaga ishlov berganda esa juda ehtiyot bo’lish kerak. Agar surat olingan plyonkadan diafilm sifatida foydalanilsa, uning kadrlari oldindan tuzilgan stsenariyga mos tushishi kerak, chunki suratga olingan diafilmda kadrlar tartibi o’zgarmaydi.
Qaytarish jarayoni diapozitiv olishni ancha tezlashtiradi. SHunday usulda rangli diapozitivlarni hosil qilish rangli negotiv-pozitiv usulida hosil qilishga qaraganda ancha oson. Rangli qaytuvchi plyonkada ranglarning sifati rangli negotivdan nusxa ko’chirishdagiga qaraganda ancha sifatli chiqadi.
Laboratoriyada diapozitiv yoki diafilmlar seriyasini yaratish uchun dastlabki tasviriy materialni tayyorlash va tushuntirish matnini yozish kerak.
Diapozitivlar seriyasi ustida ishlash diafilmlar ustida ishlashdagiga qaraganda osonroq, chunki diapozitivlarda qisqagina yozuvlar berish kifoya. Bu yozuvlar ko’pincha nima tasvirlanganligini aytishdan iborat bo’ladi. Syujetli seriya matni ancha murakkab, chunki u diapozitivlarni yagona syujet bilan bir-biriga bog’laydi.
Diafilmda kadrlar matn bilan yanada chuqurroq bog’liq bo’lgani uchun oldindan stsenariy ishlab chiqiladi. Unda har bir kadrga oid matn beriladi.
Tasviriy materialni mavjud fotografiyalar, rasmlar, kitoblardan olingan sxemalardan tanlanadi. Ularning o’lchami 24x36 yoki 18x24 sm bo’lishi lozim. Tasvirlarning tagiga rasmlarning mazmunini bildiruvchi so’zlar yoziladi. So’ng reproduktsion qurilma yordamida rasmlar ketma-ket fotoapparatga tushiriladi. Fotoplyonkaga kimyoviy ishlov berilgandan so’ng negativ tasvirli diafilm yoki diapozitivlar hosil bo’ladi.
Diapozitiv va diafilmlar kontakt usulida negotivdan pozitivga ko’chadi.

Download 164.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling