Texnik o‘lchashlar asoslari


Download 0.88 Mb.
bet70/137
Sana20.09.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1682060
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   137
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti mashinasozlik texnologiyasi kafe-hozir.org

Hisobot tarkibi:
  1. Mоddаlаr sаthi tushunchаsini izоhlаng.


  2. Gidrоstаtik sath o’lchаgichlаr ishlаsh prinsipi.


  3. Qаlqоvuchli sath o’lchаgichlаr ishlаsh prinsipi.


  4. Elеktr sath o’lchаgichlаr ishlаsh prinsipi.


  5. Sоchiluvchаn mоddаlаr sathini o’lchаsh ishlаsh prinsipi.




AMALIY MASHG’ULOT № 6


Mavzu: ХRОMАTОGRАFIK GАZ АNАLIZАTОRLАRI


Ishdan maqsad: Хrоmаtоgrаfik gаz аnаlizаtоrlаri tog’risida ma’lumotlarni va ishlashini o’rganish.


ASOSIY MA’LUMOTLAR
Xromatografik gaz analizatorlari (xromatograflar) ulardan farqli ravishda gaz aralashmasini to'la tahlil qilishga, ya'ni bu aralashmani tashkil etuvchi hamma gazlarning konsentratsiyasini aniqlashga imkon beradi.
O'lchash jarayoni xromatografda ikki bosqichda o'tadi: oldin aralashma alohida komponentlarga ajratiladi, so'ngra aralashmadagi har qaysi komponentning miqdori o'lchanadi. Gaz aralashmasini ajratish kolonkasi 2 da sodir bo'ladi.
Bu kolonka yupqa naychadan iborat bo'lib, o'z sirtidagi gazlarni ushlab olish va tutib turish xususiyatiga ega bo'lgan modda — sorbent bilan to'ldirilgan bo'ladi. Tahlil qilinayotgan gazning dozator 1 da o'lchab olingan porsiyasi davriy ravishda eltuvchi gaz deb ataladigan yordamchi gazning uzluksiz oqimiga berib turiladi. Kolonka orqali aralashma porsiyasi haydalganida tegishli komponentlarga ajraladi. Ajralish gazlarning turlicha absorbsiyalanishi tufayli yuz beradi. Absorbsiyalanish qancha yuqori bo'lsa, eltuvchi gaz molekulalarini sorbent sirtidan shuncha qiyinlik bilan ajratib oladi. Shuning uchun eltuvchi gaz kolonkaga to'xtovsiz kirib turib, undan kompo- nentlarni navbati bilan siqib chi­qaradi: oldin aralashmaning kuchsiz absorbsiyalanadigan komponenti, so'ngra qolganlarini. Shunday qilib, kolonkadan haqiqatan olganda binar aralashma chiqadi, uning kompo- nentlaridan biri eltuvchi bo'lib, boshqasi tahlil qilinayotgan aralash­ma bo'ladi. Binar aralashmalar detektor 3 yordamida tahlil qilinadi.

Detektorlarning eng ko'p tarqalgan turlaridan biri termokonduktometrik gaz analizatorlaridir. Detektorning chiqish signali qayd etuvchi asbob 4 ga beriladi.


Gazlarni tahlil qilish uchun gaz absorbsion va gaz taqsimlash xromatografiya usullari eng ko'p tarqalgan. Bularning birinchisida harakatchan faza — gaz va qo'zg'almas faza — maydalangan qattiq modda bo'ladi. Ikkinchi xil asboblarda harakatchan faza — gaz va qo'zg'almas faza — g'ovak asosga surtilgan suyuqlik bo'ladi. Gaz-absorbsion xromatograflarda komponentlarning ajralishiga ularning qo'zg'almas qattiq faza sirtiga turlicha absorbsiyalanishi, gaz taqsimlash xromatograflarda esa qo'zg'almas suyuq fazada turlicha erishi sabab bo'ladi.
6.14-rasmda gazlar aralashmasining komponentlarga gaz absorbsion usulda xromatografik ajralishining prinsipial sxemasi ko'rsatilgan. Gaz aralashmasining uchta А, V va S eltuvchi gaz yordamida uzun yupqa naycha — ajratish kolonkasi komponentlaridan tarkib topgan namunasi (6.14-rasm, a) orqali siqib chiqariladi, naycha spiral tarzida bukilgan va absorbent bilan to'ldirilgan bo'ladi.
Aralashma komponentlari turlicha absorbsiyalangani sababli ularning kolonkada harakatlanishi turlicha sekinlashadi. Ayni komponent molekulalari qancha ko'p adsorbsiyalansa, ularning kechikishi shuncha katta bo'ladi va aksincha. Uning uchun aralashmaning ayrim komponentlari kolonkada turlicha tezlikda harakatlanadi. Ma'lum vaqtdan keyin (6.4- rasm, b) birinchi bo'lib kam absorbsiyalangan S komponent, undan keyin komponent V va nihoyat, eng ko'p absorbsiyalangan va shu sababli boshqalariga qaraganda sekinroq harakatlanadigan A komponent ketadi.
Keyingi vaqt oraliqlarida komponentlarning harakatlanish tezligi turlicha bo'lganligi tufayli komponentlar to'la ajraydi (6.14-rasm, c) va xromatografik kolonkadan ketma-ket yo eltuvchi gaz yoki eltuvchi gaz — komponentdan iborat binar aralashma chiqadi.
Ko'p komponentli gazni tahlil qilishda kom­ponentlar kolonkadan ularning molekular mas- salari ortib borishi tartibida chiqadi. Komponentlar ajralishining ma'lum o'zgarmas sharoitlarida (ha­rorat, eltuvchi gaz sarfi, absorbentning xossalari va h.k.) har qaysi komponentning ayni xromatografik kolonkadan o'tish vaqti, binobarin, uning chiqish vaqti o'zgarmaydi.
Shuning uchun har qaysi komponentning chi­qish vaqti xromatografik tahlilning sifat ko'rsatkichi hisoblanadi.
Gaz-absorbsion xromatografiyada eltuvchi gaz sifatida azot, geliy, havo va boshqa gazlardan foydalaniladi: absorbent sifatida esa aktiv ko'mir, silikagel, alumogel, magniy oksid va boshqalardan foydalaniladi. Tahlil natijalarini ikkilamchi asbob qayd etadi.
6.15-rasmda uch kompo­nentli aralashmani tahlil qilish natijalarining lentali diagrammaga yozilishi ko'rsatilgan. Tahlil qilinayotgan aralashmaning xromatogrammasi bir nechta cho'qqi nuqtalari bo'lgan egri chiziqdan iborat. Sikl boshlangandan keyin cho'qqilarning paydo bo'lish vaqti aralashma komponentining turini, cho'qqining barcha cho'qqilar yig'indi yuziga keltirilgan yuzi esa ayni komponentning konsentratsiyasini belgilaydi.

Sanoatda ishlatiladigan XP-499 xromatografi gazsimon mahsulotlar — nouglevodorodli gazlar va ularning izomerlarini tahlil qilish uchun mo'ljal­langan. Xromatograf texnologik oqimlardan olingan gazlarni tahlil qilishga imkon beradi, tahlil natijalarini uzluksiz qayd etishni ta'minlaydi, shu­ningdek, standart elektr va pnevmatik chiqish signallari olishni ta'minlaydi va boshqarish tizimida foydalanishi mumkin. Konsentratsiya bo'yicha o'lchash chegarasi 0,05—100 %, asosiy xatoligi + 1 %. Xromatograf portlashdan himoyalangan tarzda chiqariladi.


Sanoatda ishlatiladigan „Neftexim-SKEP" xromatografi ko'p kom­ponentli gaz aralashmalari, bug'lar va suyuqliklarning tarkibini ajratish kolonkalarining harorati 200 °C gacha bo'lgan sharoitda aniqlashga imkon beradi. Uzluksiz rejimda ishlaydi va boshqarish tizimlarida datchik sifatida foydalanish mumkin. Konsentratsiya bo'yicha o'lchash chegarasi 0—100 %, chiqish signallari 0—5 mA; 0—10 V; 0,02—0,1 mPa. Portlashdan himo­yalangan tarzda chiqariladi.



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling