Texnik reglamentlar va ularni ishlab chiqish


Download 99.5 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi99.5 Kb.
#1544961
  1   2   3   4
Bog'liq
TEXNIK REGLAMENTLAR VA ULARNI ISHLAB CHIQISH

TEXNIK REGLAMENTLAR VA ULARNI ISHLAB CHIQISH




Reja.

  1. Texnik jihatdan tartibga solish tushunchasi va mohiyati

  2. О‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimi

  3. Texnik reglamentlarni ishlab chiqish va qabul qilish tartibi

Texnik jihatdan tartibga solish tushunchasi va mohiyati
Asosiy tushunchalar


Texnik jihatdan tartibga solish – maxsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilash, qо‘llash va bajarish;
Mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligi – mahsulotning uni ishlab chiqarish, ishlatish (undan foydalanish), saqlash, tashish, realizatsiya qilish va utilizatsiya qilish jarayonlarining, bajariladigan ishlar, kо‘rsatiladigan xizmatlarning holati bо‘lib, bunda insonning xayotiga, sog‘ligiga, atrof-muhitga, yuridik, jismoniy shaxslarning va davlatning mol-mulkiga zarar еtkazilishi ehtimoli bilan bog‘liq yо‘l qо‘yilmaydigan xavf mavjud bо‘lmaydi;
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ xujjatlar – texnik reglamentlar, standartlashtirishga doir normativ xujjatlar, sanitariya, veterinariya - sanitariya, fitosanitariya qoidalari va normalari, shaharsozlik normalari hamda qoidalari, ekologik normalar va qoidalar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa xujjatlar;
Texnik reglament - texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilovchi normativ hujjat;
Umumiy texnik reglament - texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, bir turdagi mahsulotlar ishlar va xizmatlar guruhi xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilovchi normativ xujjat;
Maxsus texnik reglament - texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, umuiy texnik reglamentda nazarda tutilmagan mahsulotlar, ishlar va xizmatlar ayrim turining xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilovchi normativ hujjat;

Download 99.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling