Texnik tizimlarda axborot texnologiylari


while takrorlash operatori


Download 4.65 Mb.
bet94/167
Sana17.10.2023
Hajmi4.65 Mb.
#1705369
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   167
Bog'liq
atjmm

while takrorlash operatori.
while takrorlash operatori operator yoki blokni takrorlash sharti yolg’on (false yoki 0) bo’lguncha takror bajaradi. U quyidagi sintaksisga ega:
while () ;
Agar ifoda rost qiymatli o’zgarmas bo’lsa, takrorlash cheksiz bo’ladi. Xuddi shu kabi shart takrorlash boshida rost bo’lib, uning qiymatiga takrorlash tanasida ta’sir qilinmasa ham takrorlash cheksiz bo’ladi.
while operatori shartni oldindan tekshiruvchi takrorlash operatori hisoblanadi. Agar takrorlash boshida shart yo’gon bo’lsa, while operator tarkibidagi qismi bajarilmasdan chetlab o’tiladi.
Agar shart ifodaning qiymati 0 dan farqli son bo’lsa takrorlash cheksiz amalga oshiriladi. 1 dan 20 gacha bo’lgan sonlar ko’paytmasini hisoblash
#include using namespace std; int main()
{
int p = 1; int i=1;
while (i<=10)
{
p = p * i ; i++;
}
cout<<“P = “ << p; return 0;
}
Dastur o’z ishini p va i o’zgaruvchiga 1 qiymat berishdan (int p=1; int i=1;) boshlaydi. Keyin while operatoriga kirib, shart tekshiriladi. O’zgaruvchi qiymati (ya’ni 1) 10 kichik bo’lgani uchun p ning qiymati i ga ko’paytirilib, p ning yangi qiymati shu ko’paytmaga tenglab qo’yiladi. Keyin I ning qiymati bittaga oshiriladi (i++). Yana shart tekshiriladi va x.k. Bu jarayon I ning qiymati 11 bo’lguncha bajariladi. Shundan so’ng p ning qiymati chiqariladi.


do-while takrorlash operatori.
do-while takrorlash operatori while operatoridan farqli ravishda operator yoki blokni kamida bir marta bajarib olib, keyin shartni tekshiradi. U ham takrorlash sharti yolg’on (false yoki 0) bo’lguncha operator yoki blokni takror bajaradi. U quyidagi sintaksisga ega:
do ; while ()
Bu operatordan odatda takrorashni boshlamasdan avval shartni tekshirib bo’maydigan holatlarda foydalaniladi. Masalan biror jarayonni davom ettirish yoki to’xtatish haqidagi so’rovga javob olish va uni tekshirish zarur bo’lsin. Ko’rinib turibdiki, jarayonni boshlamasdan avval bu savolni berishning ma’nosi yo’q.
“N” kiritilmaguncha “Jarayonni to’xtatish (N) so’zini chiqarish #include
using namespace std; int main()
{
char javob; do
{
cout<<"Jarayonni to'xtatish (N): "; cin>>javob;
} while (javob != 'N');

return 0;


}
Dastur o’z ishini "Jarayonni to'xtatish (N): “ matnini chiqarishdan boshlaydi. Keyin foydalanuvchi kiritgan harf javob o’zgaruvchisiga o’zlashtiriladi. Keyin javobning qiymati tekshiriladi. Agar uning qiymati “N” ga teng bo’lmasa, jarayon takrorlanadi.

Download 4.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling