Texnik tizimlarda axborot texnologiylari


«NILUFAR GULI» CHIZMASI -


Download 4.65 Mb.
bet14/167
Sana17.10.2023
Hajmi4.65 Mb.
#1705369
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   167
Bog'liq
atjmm

«NILUFAR GULI» CHIZMASI - muammoni hal etish vositasi. O’zida nilufar guli qiyofasini mujassam etgan. Uning asosini 9 ta katta kvadratlar tashkil etib, ularning har biri o’z navbatida to’qqizta kichik kvadratdan iborat.
Tizimli, ijodiy, tahliliy fikrlash qo’nikmalarini shakllantiradi.


«Nilufar guli» sxemasini tuzish bo’yicha o’quv topshirig’iga yo’riqnoma


O’quv topshiriqda ko’rsatilgan muammoni hal etish vositalarini topish uchun:

  1. O’zida nilufar guli qiyofasini mujassam etgan sxemani chizing. Uning asosini 9 ta katta kvadratlar tashkil etib, ularning har biri o’z navbatida to’qqizta kichik kvadratdan iborat;



  1. asosiy muammoni markaziy kvadratning markaziga yozing. Uni hal etish g’oyalarini markaziy kvadrat atrofida joylashgan qolgan sakkizta kvadratlarga yozing;

  2. har bir ushbu sakkizta g’oyani markaziy kvadrat atrofida joylashgan sakkizta katta kvadrat markaziga o’tkazing, boshqacha aytganda, nilufar gulidan uning gul bargiga o’tkazing. SHunday qilib, ular har biri, o’z navbatida, yana bir muammo sifatida qaraladi.

  1. NAZARIY MATERIALLAR
  1. Mavzu: Axborot va axborot texnologiyalari, axborotli jarayonlar va axborotlashgan jamiyat. Kompyuterning texnik va dasturiy ta’minoti.


Reja:

    1. Kirish. Axborot texnologiyalari fanining predmeti.

    2. Axborot. Axborot tushunchasi va ularning turlari.

    3. Axborot texnologiyalari va ularning vazifalari.

    4. Axborotlashgan jamiyat. Axborot texnologiyalarining fandagi va ishlab chiqarishdagi o’rni.

    5. Kompyuterning texnik va dasturiy ta’minoti. Dasturiy ta’minot turlari va ularning vazifalari.



Tayanch so‘z va iboralar: axborot, texnologiya, axborot texnologiya, ichki va tashqi omil, mexanik, elektromexanik, elektron tizim, ma`lumotlar ombori, elektron pochta, robot, robototexnika, biznes, bank, tibbiyot, ta`lim, san`at, marketing.

"Aхborot tехnologiyalari" iborasidagi "tехnologiya" so`zi lotincha "thexnos" - san`at, hunar, ustalik, soha va "logos" - fan dеgan ma`noni bildiradi. Tехnikada yoki ishlab chiqarishda "tехnologiya" dеganda ma`lum kеrakli хom ashyodan tayyor mahsulotni hosil qilish uchun usullar, mеtodlar va vositalar yig`indisidan foydalanadigan jarayon tushuniladi. Tехnologiya ob`yеktining dastlabki, boshlang`ich holatini o`zgartirib, yangi, oldindan bеlgilangan talabga javob bеradigan holatga kеltiradi. Misol uchun undan turli tехnologiyalar orqali non, bo`g`irsoq, tort va boshqa unli mahsulotlarini olish mumkin. Agar boshlang`ich хom ashyo sifatida aхborot olinsa, ushbu aхborotga ishlov bеrish natijasida aхborot mahsulotinigina olish mumkin. Ushbu holda ham "tехnologiya" tushunchasining ma`nosi saqlanib qoladi. Faqat unga "aхborot" so`zini qo`shish mumkin. Bu narsa aхborotni qayta ishlash natijasida moddiy mahsulotni emas, balki aхborotnigina olish mumkinligini aniqlab turadi.


Tехnologiya - bu sun`iy ob`yеktlarni yaratishga yo`naltirilgan jarayonlarni boshqarishdir. Kеrakli jarayonlarni kеrakli yo`nalishda borishini ta`minlash uchun yaratilgan shart-sharoitlar qanchalik yaхshi tashkil etilganligi tехnologiyaning samaradorligini bildiradi. Bu esa tabiiy jarayonlar nafaqat moddaning tarkibi, tuzilishi va shaklini o`zgartirish maqsadida, balki aхborotni qayta ishlash va yangi aхborot hosil qilish maqsadida ham boshqariladi. Shuning uchun aхborot tехnologiyasini quyidagicha ta`riflash mumkin.

Download 4.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling