Texnik tizimlarda axborot texnologiylari


Download 4.65 Mb.
bet45/167
Sana17.10.2023
Hajmi4.65 Mb.
#1705369
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   167
Bog'liq
atjmm

Tarmoq xizmati
Tarmoqda bir necha xil serverlar bo'lishi mumkin. Kompyuter tarmog'i o'z mijozlariga qanday xizmatlar turkumini taklif etishi, ulaming xizmati qanday bo'lishi juda muhimdir. Ular bilan tanishamiz: - fayl - server - mijozga axborot saqlash qurilmalarida saqla-nuvchi fayllardan foydalanish imkonini beradi. Server barcha ishchi stansiyalardan fayllaiga kirish imkonini berishi zarur. Bunda bir vaqtning o'zida turli stansiyalardan bir xil so'rov kelganda, axborotlami himoya qila olish vazifasi ijobiy hal etiladi;

  • print-server umumiy holda ko'pgina mijozlarga bir nechta printer orqali xizmat ko'rsatishni ta’minlaydi. Bunda server chop etiluvchi axborotlami qabul qila olishi va ularni navbati bilan chop etishga chiqarishi kerak;

  • faks-server - mijozlarga faks-modem telefon tarmoqlari bilan mujassam tarmoqli xizmat ko'rsatishni ta’minlaydi. Bu go'yo axborot chiqarishga o'xshaydi (printer kabi). Faks-server olgan faksimil xabarlar alohida tarmoqda qayta ishlanadi. Bundan tashqari, tarmoqda quyidagi xizmatlar bo'lishi mumkin:

  • elektron pochta (E-mail) - mijozlar o'rtasida, ular bir-birlaridan qancha uzoqlikda joylashgariligidan qat'i nazar, axborot almashishni ta’minlaydi. Bu yerda jarayon xuddi oddiy pochta kabi kechadi. Elektron xat o‘z adresiga ega. Uni jo'natuvchi desak, qabul qiluvchi ham o'z adresiga ega. «Xat» pochta qutisi (ya’ni pochta serveri)ga tashlanadi va pochta serverlar sistemasi yordamida qabul qiluvchi pochta qutisiga yetkaziladi, ya’ni bu yerda uzatuvchi va qabul qiluvchining maxsus kataloglari mijozga xizmat qiluvchi kompyuterda joylashtirilgan bo'ladi. Shu tariqa xatlar fayllar sifatida uzatiladi. Ohang, tovush kartalari yoki ovozli modemlar hatto tovushlarni ham uzatish imkonini beradi;

  • bevosita muloqot (Chat), bunda aniq vaqtda maxsus dastur ta’minoti yordamida ikki yoki undan ortiq mijozlar o'zaro axborot almashinishi tushuniladi, ya’ni bir kompyuter klaviaturasida terilgan axborotlar ayni vaqtning o'zida boshqa kompyuter ekranida paydo bo'laveradi. Raqamli videokameralar, tovushli kartalar, mikrofonlar, multimedia vositalarini qo'llaganda videokonferensiyalar o'tkazish imkoniyati tug'iladi. Bunday holatlarda kompyuterlar yuksak unum-dor va tarmoqning o'tkazish qobiliyati kuchli bo'lishi lozim.

Internet
Abonent tizimlarining hududiy joylashuviga qarab kompyuter tarmoqlari (KT) ni 3 turkumga ajratish mumkin:
Lokal tarmoqlar (LAN - Local Area Network) - bir xonadagi, binodagi, uncha katta bo'lmagan hududdagi kompyuter tarmoqlari (2,5 km gacha bo'lgan masofada birlashtirilgankompyuterlar); mintaqaviy kompyuter tarmog'i - bir-biridan ancha uzoqda joy­ lashgan kompyuterlar va lokal tarmoqlami o'zaro bog’laydi. U katta shahar, iqtisodiy mintaqa va alohida mamlakat doirasidagi abonent-lami o'z ichiga olishi mumkin;
global tarmoqlar turli mamlakatlar yoki qit'alarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi.
Global, mintaqaviy va lokal kompyuter tarmoqlarining birlashuvi ko’ptarmoqli iyerarxiyani tashkil etib, umumjahon axborot resurslarini birlashtirish va ulardan kollektiv ravishda foydalanish imkoniyatlarini yaratadi.
Hozirgi kunda dunyoda ko'plab kompyuter tarmoqlari ishlab turibdi. Dastlabki kompyuter tarmog'i -ARPANET (Advenced Researsh Projects Agency Network) - AQSHning mudofaa vazirligi tomoni­ dan 1969-yili ishlab chiqilgan. U keyinchalik boshqa KTlar bilan birlashtirilib, INTERNETning bir qismi sifatida ishlatila boshlandi. INTERNET - international network - yagona standart asosida faoliyat ko'rsatuvchi jahon global kompyuter tarmog'i. Internetxiz-mati
«internet provayderlari» yordamida aloqa kanallari - telefon tarmog'i, kabelli kanallar, radio va kosmos aloqa tizimlaridan foydalanish orqali amalga oshiriladi. Hozir Intemetga dunyoning 150 dan ortiq mamlakatlaridagi milhonlab kompyuterlar ulangan. Har oyda tarmoq miqdori 7-10% ga ortib bormoqda. Intemetdan foydalanuvchilaming soni 2002-yil sentabriga kelib 605,6 mln.ga yetdi. Eng ko'p foydalanuvchilar Yevropada - 190,91 mln.kishi. Lekin so‘nggi paytda Osiyo - Tinch okean regioni mamlakatlarida foydalanuvchilar soni tez o‘sib bormoqda. Hozir ular
187,24 mln. kishini tashkil qiladi. Bugungi kunda Internet 50000 dan ortiq alohida tarmoqlami bog'laydi.
Intranet - internet texnologiyasi, dasturiy ta’minoti va protokol-lari asosida tashkil etilganhamda ma’lumotlar bazasi va elektron hujjatlar bilan kollektiv ravishda ishlash imkonini beruvchi, korxona yoki konsem miqyosidagi yagona informatsion muhitni tashkil etuvchi kompyuter tarmog'i.
Internet xizmatlari deganda tarmoqdagi xizmatlar tushuniladi. Ular quyidagilardan iborat:
WWW - grafik, audio va video materiallarni o'z ichiga olgan gipermatnli hujjatlarni ko'rish va topish;
telnet - kompyuterga uzoqdan bog'lanish; ftp - fayllarni uzatish;e-mail - xabarlami uzatish; usenet - elektron e’lonlar taxtasi, telekonferensiyalar; gopher - matnli hujjatlarni ko'rish va topish.
WWW - Intemetning eng ommabop xizmat turi. Unga ulamsh uchun kompyuter bilan modem yetarlidir. Shu tufayli Butun dunyo tarmog'i butun olam axborotlar ombori - kutubxonaga aylanib qoldi va u dunyoga yoyildi. WWW da ma’lumotlar sahifalarda joylanadi. WWW sahifalari soni so'nggi 3 yilda yuz milliondan oshib ketdi. Bu sahifalar egasi kim? Ular yirik korporatsiyalar yoki kichik korxonalar, universitet va maktablar, tashkilotlar, jumal va ro‘znomalar yoki oddiy shaxslardir. Bu sahifalarda turli-tuman ma’lumotlar joylanadi. Hozirgi kunda WWW axborot olishning va tarqatishning eng qulay usulidir.
World Wide Web xizmati (WWW). Bu xizmatni, odatda, Internet bilan tenglashtiradilar. Aslida WWW xizmati - bu Intemetning ko‘p tarmoqli xizmatlaridan biridir.
World Wide Web - Web-serverlarda saqlanayotgan va o‘zaro bog‘langan millionlab elektron hujjatlaming yagona ma’lumotlar fazosi. Web-fazolar (пространство Web) ning alohida olingan hujjatlari Web-sahifalar (Web-страницы) deb yuritiladi. Web-sahifalaming ma’lum mavzuga birlashtirilgan'guruhlarini Web-tugunlar (Web-узел) yoki Web-sayt yoxud oddiy sayt deb yuritiladi. Bitta Web-server yetarli darajada ko'p saytlami o‘zida mujassamlashtirishi mumkin. Ulaming har biriga, odatda, serveming qattiq diskida alohida katalog ajratiladi. Terminalli rejim. Tarixan kompyutemi masofadan turib boshqa­ rish xizmati Telnet bilan bog'liq. Masofadagi kompyuter ishini kerakli protokol xizmati orqali boshqarish
«konsolli» yoki «terminalli» boshqarish deb yuritiladi. Intemetda Telnet dan texnik obyektlami, masalan, «teleskop», «videokamera», sanoatdagi robotlami masofadan turib boshqarishda foydalaniladi.
Elektron pochta (E-mail). Bu xizmat turi ham dastlabki elektron xizmatlardan hisoblanadi. Internetda uni ta’minlash uchun maxsus pochtali serverlar ishlatiladi. Shu narsaga e’tibomi qaratmoq kerakki, «server» deganda maxsus ajratilgan kompyuter tushunilmaydi. Bu yerda va bundan keyin «server» sifatida dasturiy ta’minot ham tushunilishi mumkin. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, Internetda bitta kompyuter bir nechta server va har xil xizmatlar vazifasini bajarishi mumkin.
Telekonferensiya xizmati elektron pochta xizmatining har tomonga tarqatish xizmatiga o'xshab ketadi. Telekonferensiya xizmatida xabar bitta muxbirga yuborilmay, balki bir guruh muxbirlarga uzatiladi (bunday guruhlar telekonferensiyalar yoki yangiliklar guruhi deb ataladi). Yangiliklar guruhi uzatilayotgan serverdan boshqa hamma serverlarga jo'natiladi. Bu jarayon vaqti-vaqti bilan takrorlanib turadi. Har bir serverga tushgan xabar chegaralangan vaqt mobaynida (odatda, bir hafta) saqlanadi. Ushbu davr mobaynida xohlovchilar xabarlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Bir sutka ichida hamma tomonga tarqatilgan xabarlar butun yer shariga tarqaladi. Keyinchalik bu xabarlar asta-sekin o'chiriladi, chunki serverga ushbu xabarlar qaytajo'natilmaydi. Har kuni dunyo miqyosida millionga yaqin xabarlar tarqatiladi. Ularning orasidan kerakli xabarlarni topib olish amaliy jihatdan mumkin emas. Shuning uchun, telekonferensiya tizimi mavzular guruhiga bo'lingan.
Fayllarni uzatish xizmati (FTP). Internet xizmatlari orasida fayllami qabul qilish vauzatish ancha katta foizni tashkil etadi. Dastur fayllarini, katta hajmdagi hujjatlarni (masalan, kitoblami) hamda arxiv ma’lu-motlarini fayllar ko'rinishida uzatishga zaruriyat tug'iladi.
FTP xizmati dunyo tarmog'ida o'z serverlariga ega bo'lib, unda arxiv ko'rinishidagi ma’lumotlar saqlanadi.
FTP protokoli server va mijozlar o'rtasidagi ikkita TCP qo'shilmalar (соединения) bilan bir vaqtda ishlaydi. Birinchi qo'shilma bilan ma’lumotlar uzatiladi. Ikkinchi qo'shilmadan ma’lumotlami boshqarishda foydalaniladi. FTP protokol serverga murojaat qilgan mijozning qayd etish vositasini ham taklif qiladi. Bu usul bilan, odatda, kommersiyali serverlar va chegaralangan serverlar o'zlarida qayd etilgan kliyentlarga foydalanuvchining ismini va u bilan bogiiq parolni kiritishni talab qiladi. Ammo o'n minglab FTP serverlar mavjudki, ular anonim ko'rinishda o'zlarining xizmatini taklif etadi. Bu holda foydalanuvchilar ism sifatida anonymous so'zini va parol sifatida elektron aloqa xizmatini kiritishlari kifoya. Ko'p holatlarda FTP xizmati buni avtomatik ravishda bajaradi.
IRC xizmati (Internet Relay Chat). Bu xizmat real vaqt mobay­ nida bir nechta kishilami o'zaro to'g'ridan to'g'ri muloqot qilish imkoniyati bilan ta’minlaydi. Ayrim hollarda IRC xizmatini chat-konferensiya yoki oddiy chat deb ham aytadilar. Telekoferensiyalardan farqli o'laroq, chat- konferensiyalarda muloqot bitta aloqa kanali doirasida amalga oshirilib, unda bir nechta odam ishtirok etishi mumkin. IRC xizmatini qoilab-quwatlaydigan serverlar va tarmoqlar bilan ishlay­ digan bir qancha imtiyozli mijozli dasturlar mavjud. Ulardan eng imtiyozlilaridan biri - mIRC.exe dasturidir.
ICQ xizmati. Bu xizmat intemetga (ayni vaqtda) ulangan kishi­ ning IP-tarmoqdagiadresini izlab topishga mo'ljallangan. Ko'pgina foydalanuvchilar doimiy IP-adresga ega emaslar. Shuning uchun ushbu xizmatga zaruriyat tug'ilgan. Bu xizmatdan foydalanish uchun uning markaziy serverida qayd qilinish (http://www.icq.com) va shaxsiy nomer UIN (Universal Internet Number) olish kerak. Bu nomemi hamkorga uzatish mumkin. Bu holda ICQ xizmat Intemet- peyjer ko'rinishidagi xizmat turini bajaradi. UIN nomemi bilgan holda uning IP-adresini bilmasangiz ham, uning markaziy server xizmati orqali hamkor bilan ulanish uchun xohish borligi haqidagi xabami jo'na-tish mumkin.



Download 4.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling