Texnik tizimlarda axborot texnologiylari
Download 4.65 Mb.
|
atjmm
type(name, bases, dict)- name sinfidagi yangi ekzemplarni qaytaradi.
vars([object])- obyekt atributlarining ro`yxati. Jimlik holatida- local nomlar lug`ati. Fayllar bilan ishlash Fayllar bilan ishlash file klassi obyektini hosil qilish hamda uning read, readline va write metodlari yordamida amalga oshiriladi. Faylni o’qish yoki faylga yozish faylni ochish vaqtida ko’rsatilgan rejimga bog’liq. Fayl bilan ishlab bo’lgandan keyin close metodini chaqirish kerak bo’ladi. Bu misolda biz birinchi navbatda faylni rejim ko’rsatgan holda open funksiyasi bilan ochyapmiz. Rejim o’qish uchun («r»), yozish uchun («w») yoki fayl oxiriga yozuvni qo’shish uchun («a») bo’lishi mumkin. Faylni yana qanday holda o’qish, yozish yoki matn qo’shish holatini ham ko’rsatish mumkin: («t») tekst ko’rinishida yoki («b») binar ko’rinishida. Bizning holatda faylni yozish («w») rejimida ochyapmiz va write metodi yordamida matnni faylga yozyapmiz. Shundan so’ng faylni close metodi yordamida yopyapmiz. So’ng xuddi shu faylni o’qish rejimida ochamiz. Bu holda rejimni ko’rsatishga hojat yo’q. Sababi agar rejim ko’rsatilmasa, fayl o’qish rejimida ochiladi. Faylni qatorma-qator readline metodi yordamida, sikl ichida o’qib olamiz. Qachonki bu metod bo’sh qator qaytarsa, u holda bu biz faylning oxiriga yetib borganimizni anglatadi va break yordamida siklni to’xtatamiz. Shundan so’ng print funksiyasi yordamida o’qib olinayotgan satrlarni ekranga chop qilamiz. Oxirida close metodi yordamida faylni yopamiz. Haqiqatda dastur matnni faylga yozganligini tekshirish uchun poem.txt faylini tekshirib ko’ring. Pickle Pythonning pickle moduli yordamida har qanday obyektni faylga saqlash va keyinchalik fayldan o’qib olish mumkin. Bunday imkoniyat ob’yektlarni uzoq muddat saqlashda qo’l keladi. Bu misolda obyektni faylga yozish uchun birinchi galda faylni binar yozish (“wb”) rejimida ochilyapti, so’ng pickle modulining dump funksiyasi chaqirilyapti. Bu jarayon “konservatsiya” (“pickling”) deyiladi. Shundan so’ng obyektni fayldan o’qib olish uchun pickle modulining load funksiyasidan foydalanilyapti. Download 4.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling