Texnik tizimlarda axborot texnologiylari
Download 4.65 Mb.
|
atjmm
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ifodalar va amallar Arifmetik amallar. Qiymat berish operatori.
- Inkrement va dekrement amallari.
- Taqqoslash amallari C++ tilida qiymatlarni solishtirish uchun taqqoslash amallaridan foydalaniladi. Shart operatori Shart
Ifodalar va amallar Arifmetik amallar. Qiymat berish operatori. Amal – bu qandaydir harakat bo’lib, u unar (bitta) yoki binar (ikkita) operandlar ustida bajariladi. Tayanch arifmetik amallarga qo’shish (+), ayirish (-), ko’paytirish (*) , bo’lish (/) va bo’lish qoldig’ini olish (%) amallarini keltirish mumkin. Amallar qaytaradigan qiymatlarni o’zlashtirish uchun qiymat berish amali (=) va uning turli modifakatsiyalari ishlatiladi. Ifoda. C++ tilida ifoda – amallar, oerandlar va punktuatsiya belgilarining ketma-ketligi bo’lib, kompilyator tomonidan berilganlar ustida ma’lum bir amallarni bajarishga ko’rsatma deb qabul qilinadi. Har qanday “;” belgisi bilan tugaydigan ifodaga til ko’rsatmasi deyiladi. Masalan: x=3*(y-2.45) ; y=summa(a, 9, c); Inkrement va dekrement amallari. C++ tilida operand qiymatini bittaga oshirish va kamaytirishning samarali vositalari mavjud. Bular inkrement (++) va decrement (--) unar amallaridir. Operandga nisbatan bu amallarning prefiks va postfiks ko’rinishlari mavjud. Prefiks ko’rinishda amal til ko’rsatasidan avval bajariladi. Postfiksda esa aksincha. x=++y ; x=y++; Taqqoslash amallari C++ tilida qiymatlarni solishtirish uchun taqqoslash amallaridan foydalaniladi. Shart operatori Shart operatori. Dastur tuzish jarayonida aksariyat hollarda turli shartlarga mos ravishda qaror qabul qilishga to’g’ri keladi. C++ dasturlash tili dasturning alohida bo’laklarining bajarilishini bajarilish tartibini boshqarishga imkon beruvchi vositalarning yetarlicha kata majmuasiga ega. Masalan dastur bajarilishining biron qadamida qandaydir shartni tekshirish natijasiga ko’ra boshqaruvni dastruning u yoki bu bo’lagiga uzatish mumkin. Tarmoqlanishni amalga oshirish uchun shart operatorlaridan foydalaniladi if operatori. if operatori qandaydir shartni rostlikka tekshirish natijasiga ko’ra dasturda tarmoqlanishni amalga oshiradi. Uning yozilishi quyidagicha: if ( Bu yerda C++ tilida operatorlar blok (to’plam) shaklida berilishi mumkin. Blok - “{“ va “}” belgi oralig’iga olingan operatorlar ketma-ketligi bo’lib, u kompilyator tomonidan yahlit bir operator deb qabul qilinadi. Blok ichida e’lon operatorlari ham bo’lishi va ularda e’lon qilingan o’zgaruvchilar faqat shu blok ichida ko’rinadi. Blokdan keyin “ ; ” belgisi qo’yilmasligi mumkin, lekin blok ichidagi har bir ifoda “ ; ” belgisi bilan tugashi shart. Quyida if operatoridan foydalanishga misol keltirilgan: #include int main() { int a; cin>>a; if (a>0) cout<<“a musbat son”; } Download 4.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling