Texnik tizimlarda axborot texnologiylari
C++ tili alfaviti va leksemalari
Download 4.65 Mb.
|
atjmm
- Bu sahifa navigatsiya:
- Identifikatorlar
- Kalit so’zlar.
- C++ tilida berilganlar turlari O’zgarmaslar
C++ tili alfaviti va leksemalari.
C++ dasturlar tili alfaviti va leksemalariga quyidagilar kiradi: Katta va kichik lotin alfaviti harflari; Raqamlar – 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9; Maxsus belgilar – { } | [ ] ( ) + - / % \ ; ‘ : ? < = > _ ! & ~ # ^ . * Alfavit belgilaridan tilning leksemalari shakllantiriladi: identifikatorlar, kalit so’zlar, o’zgarmaslar, amallar belgilanishi, ajratuvchilar. Identifikatorlar Dasturlash tilining tayanch tushunchalaridan biri – identifikatordir. Identifikator deganda kata va kichik lotin harflari, raqamlar va tag chiziq (‘_’) belgisidan tashkil topgan va raqamdan boshlanmaydigan belgilar ketma-ketligi. Identifikatorlarida harflarning registrlari (kata yoki kichikligi) hisobga olinadi. Identifikator uzunligiga chegara qo’yilmagan, lekin kompilyator ularning boshidagi 32 ta belgidan farqlab oladi. Identifikatorlar kalit so’zlar, o’zgaruvchilar, funksiyalar, nishonlar va boshqa obyektlarni nomlashda ishlatiladi. Kalit so’zlar. “ ” (ikkita ost chiziq) belgisidan boshlangan identifikatorlar kutubxonalar nomi uchun zaxiralangan. Shuning uchun “_” va “ ” belgilaridan identifikatorning birinchi belgisi sifatida foydalanmagan ma’qul. Identifikatorlar bir necha so’zdan iborat bo’lgan holda ularni quyidagiga ifodalash mumkin: silindr_radiusi, silindrRadiusi C++ tilida berilganlar turlari O’zgarmaslar O’zgarmas (literal) – bu firsirlangan son, satr yoki belgi. O’zgarmaslar beshta turga bo’linadi: butun, haqiqiy, sanab o’tiluvchi, belgi (liter), satr (string, literli satr). kompilyator o’zgarmasni leksema sifatida aniqlaydi, unga xotiradan joy ajratadi, ko’rinishi va qiymatiga qarab mos guruhlarga bo’ladi. O’zgaruvchilar Dastur bajarilishi davomida berilganlarni saqlab turish uchun o’zgarmas (konstanta) va o’zgaruvchilardan foydalaniladi. O’zgaruvchi - dastur obyekti bo’lib, xotiradagi nechta yacheykani egallaydi va berilganlarni saqlash uchun xizmat qiladi. O’zgaruvchi nom, o’lcham, ko’rinish sohasi, amal qilish vaqti kabi hususiyatlarga ega bo’ladi. O’zgaruvchilarni ishlatishdan avval ularni e’lon qilish lozim. Natijada u uchun xotiradan joy ajratiladi. Joyning xajmi o’zgaruvchi turiga bo’liq ravish aniqlanadi va bir turga oid o’zgaruvchi uchun turli platformalarda turli joy ajratilishi mumkin. O’zgaruvchilarning tayanch turlari Butun son turlari. Butun son qiymatlarni qabul qiluvchi o’zgaruvchilar int, short, va long kalit so’zlar orqali e’lon qilinadi. O’zgaruvchiga ishorasiz son sifatida qarash uchun unsigned kalit so’zidan foydalaniladi. Belgi turi. Bu tur char kalit so’zi bilan aniqlanadi va o’zida belgining ASCII kodini saqlaydi. Haqiqiy son turi. Haqiqiy sonlar float kalit so’zi bilan aniqlanadi va o’zida o’nli kasr shaklidagi qiymatlarni saqlaydi. Katta sonlar double yoki long double kalit so’zlari yordamida e’lon qilinishi mumkin. Mantiqiy tur. Bu tur bool kalit so’zi bilan e’lon qilinadi va 0 yoki 0 dan farqli qiymatlarni saqlaydi. Ushbu tur qiymatlar o’rtasidagi munosabatni ifodalaydigan mulohazalarning rost yoki yolg’on ekanini tavsiflashda qo’llaniladi.
Download 4.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling