Texnik topshiriq
Download 18.02 Kb.
|
TODO
Texnik topshiriq 2 turdagi foydalanuvchi mavjud 1.user 2.admin User – bot orqali qarzdorlik haqida ma’lumot olish imkoniyati bo’ladi Admin -Qarzdorlar qo’shish, qarzni uzish, muddatini uzaytirish , eslatma xabarlar jo’natish imkoniga ega bo’ladi. Telegram-botning imkoniyatlari: User:
Admin:
Qarzdorlar tugmasi bosilganda “qarz berish ” “qarzni uzish” tugmalari aks etadi. Qarz berish tugmasi bosilganda telefon raqamini kiritish so’raladi. Telefon raqam kiritilgach agar ushbu raqam egasinig qarzi mavjud bo’lsa : Ma’lumot aks etadi. Masalan “Falonchi qarzi jami: 17 000 so’m” . Yozuv ostida qarz berish tugmasi bo’ladi , u bosilganda qarz miqdorini kiritish so’raladi , keyin izoh kiritish so’raladi, qarz berilgan sana avtomatik yozib olinadi, keyin qaytarish sanasi kiritiladi , Agar “kutilayotgan qaytarish muddati” mavjud bo’lmasa shu sanani “kutilayotgan qaytarish muddati” sifatida belgilanadi (TODO) Ushbu amaliyotdan so’ng joriy raqam egasiga ushbu qarz yozib qo’yiladi va Qarzdorlar menyusiga qaytiladi. Aks xolda Ism kiritish so’raladi, keyin qarz miqdorini kiritish so’raladi,izoh kiritish so’raladi, qarz berilgan sana avtomatik yozib olinadi, keyin qaytarish sanasi kiritiladi , “kutilayotgan qaytarish muddati “ sifatida joriy sana yozib olinadi. Ushbu amaliyotdan so’ng joriy raqam egasiga ushbu qarz yozib qo’yiladi va Qarzdorlar menyusiga qaytiladi. Qarzni uzish tugmasi bosilganda telefon raqami so’raladi, kiritilgach joriy raqam egasinig qancha miqdorda qarzi borligi ask etadi ( ostida hisobot tugmasi bo’ladi , u bosilganda joriy raqam egasi qaysi sanada qancha miqdorda qarz olgani va izohlar bilan birga aks ettiriladi) to’lanayotgan qarz miqdori kiritladi, kiritlgan miqdor joriy raqam egasidan ayirib tashlanad. Agar joriy raqam egasining barcha qarzlari to’langan bo’lsa Ma’lumotlar Bazasi dan ushbu raqam bilan bajarilgan amaliyotlar o’chirib tashlanadi. Qarzdorlar menyusiga qaytiladi. Qarzdorni izlash tugmasi orqali kiritlgan ismdagi mavjud qarzdorlar chiqariladi, ular ustida amallar bajarish mumkin bo’ladi(qarz berish, uzish, sanani uzaytirish) Har kuni ma’lum bir soatda shu kuni qarzini berishi kerak bo’lgan raqam egalariga sms xabar boradi. Agar shu kuni olib kelmagan taqdirda qarzni to’lamaganlar ro’yhatida turadi, admin o’z ixtiyori bilan ularga qayta sms jo’natishi mumkin bo’ladi Har kuni tunda bugungi berilgan qazlar va qaytarilgan qarzlar haqida hisobot yuritiladi va pdf yoki word fayl shaklida botdan habar keladi. Xarajatlar: SMS uchun Eskizuz bilan shartnoma (300 000), O’z sms lari uchun nom sotib olish(300 000) Hosting uchun to’lov (oyiga 12 000 ) Dasturchi uchun to’lov.(1 500 000) Download 18.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling