1. Umumiy ma’lumotlar
1.1. ATning to‘liq nomi va uning shartli belgilanishi
To’liq nomlanishi Atmosfera havosini ifloslantiruvchi doimiy manbalarni avtomatik nazorat tizimlari
Shartli belgilanishi: Atmosfera.
Ushbu hujjatda keyinchalik yaratilayotgan tizimga quyidagi nomlar ham qo’llaniladi: atrof tabiiy muhit davlat monitoringi tizimining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasi.
1.2. AT buyurtmachisi va ishlab chiquvchi tashkilotlarining nomi
Buyurtmachi: Ilmiy-tadqiqot instituti 100125, Toshkent sh., Bo‘z-2, 53
Tel: .+998 71-253-41-98
e-mail: info@bbiri.uz
Bajaruvchi: MChJ “Integrator”
100011, Toshkent sh, Usta, 33
E-mail: info@uzpp.uz
1.3. AT yaratishga asos bo‘ladigan hujjatlar ro‘yxati
O‘zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyundagi PF-6240-son “Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-sentabrdagi 737-son “O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan
1.4. Ishlarni boshlash va tugatishning reja bo‘yicha muddatlari
Boshlash: 04.01.2022
Tugatish: 05.05.2023
1.5 АТни яратиш ишларининг натижаларини расмийлаштириш ва буюртмачига тақдим этиш тартиби.
АТни яратиш ишлари босқичма-босқич бажарилади ва қабул қилинади. Ишнинг ҳар бир босқичи тугаганидан кейин ишлаб чиқувчи буюртмачига босқич бўйича ҳужжатларни ва ишлаб чиқувчи томонидан имзоланган ишларни қабул қилиш-топшириш далолатномасини тақдим этади.
2. AT vazifasi va yaratish maqsadlari
2.1. AT vazifasi
Mazkur davlat standarti atmosfera havosini ifloslantiruvchi doimiy manbalarni va ifloslantiruvchi moddalar ko‘rsatkichlari hisobini uzluksiz ravishda instrumental nazorat qilib borishga mo‘ljallangan avtomatik nazorat tizimlariga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.
Mazkur davlat standarti xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tutash bo‘lgan aholi punktlarida o‘rnatilgan ifloslantiruvchi moddalar hisobini yuritishga mo‘ljallangan statsionar kuzatish punktlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |