Texnika universiteti olmaliq filiali
AMMONIYLI SELITRA ISHLAB-CHIQARISH
Download 114.88 Kb.
|
Ammiakli selitra ishlab chiqarishdagi NIF apparitining
AMMONIYLI SELITRA ISHLAB-CHIQARISHQishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan mineral o‘g‘itlar ichida azotli o‘g‘itlar o‘simliklarni rivojlanishida katta o‘rin tutadi. Azotli o‘g‘itlarga, ammoniy nitrat (NH4NO3), karbamid (CO(NH2)2), ammoniy sulfat ((NN4)2SO4), ammoniy gidroksidi (NH4OH) misol bo‘la oladi. Bug‘latish qurilmasi. Po‘latdan tayyorlangan 08X22N6T. Apparatning umumiy balandligi 16 m. Vertikal holatda joylashgan (D=2,8 m, N=6,4m) g‘ilofsimon trubali qismi ammoniyli selitrani bug‘latishga hizmat qiladi. Bu yerda issiqlik omili bo‘lib, 1,3 - 1,5 MPa bosimli bug‘ hisoblanadi. U eritmaga qarama - qarshi yo‘nalishda trubalar orasidan (180 0C) havo bilan beriladi. Havo pastki konsentrasion qismidan (D=2,8 m, N=6 m) beriladi. Beshta tarelkalar qatoridan o‘tayotgan havo uchta zmeyeviklar orasidan o‘tadi, u yerda qo‘shimcha issiqlik olinadi. Qovushqoqligi katta bo‘lgan eritmalarni bug‘latish uchun pastga yo‘naluvchi plyonkali bug‘latish qurilmalari ishlatiladi. Bu qurilmalarda dastlabki eritma isitish kamerasining yuqori qismidan beriladi. Eritma isitish trubalari yuzasi bo‘ylab yupqa plyonka holida og‘irlik kuch ta’sirida pastga qarab harakatlanadi. Bug‘ - suyuqlik aralashmasi va ikkilamchi bug‘ qurilmaning pastki qismidagi separatorda ajratiladi. Plyonkali bug‘latish qurilmalarining isitish kamerasida bug‘lanayotgan eritma berilayotgan bug‘ bilan kam kontaktda bo‘lgani uchun u yuqori issiqlik o‘tkazish koeffisientiga ega. Bu qurilmalarning isitish trubalari uzun bo‘lganligi uchun foydali haroratlar farqi gidrostatik bosim hisobiga kamayadi. Kamchiliklari: isitish trubalari uzun bo‘lganligi uchun ularni tozalash va bir xil unumdorlikka erishish qiyin, isituvchi bug‘ bosimi va eritmaning boshlang‘ich konsentratsiyasi o‘zgargan paytda bug‘latish jarayonini boshqarish qiyinlashadi, kristallanuvchi eritmalarni bug‘latish mumkin emas. Download 114.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling