Texnika xavfsizligi haqida umumiy ma’lumotlar


Download 1.95 Mb.
Sana06.07.2020
Hajmi1.95 Mb.
#123064
Bog'liq
Хасанов Мансур

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ УЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ ВАЗИРЛИГИ ТОШКЕНТ ДАВЛАТ АГРАР УНИВЕРСИТЕТИ Кишлок ху́жалик махсулотларини саклаш ва кайта ишлаш факультети 1 босқич 1-40 гурух талабаси Хасанов мансурнинг Механизатциядан УКУВ ТАНИШУВ АМАЛИЕТИ УЧУН ТАЙЕРЛАГАН ХИСОБОТИ Амалиет рахбари: Джиянов.М Тошкент - 2020

REJA

  • Texnika xavfsizligi haqida umumiy ma’lumotlar
  • TRAKTORLARNI BOSHQARISH VA NAZORAT-ORGANLARINI O‘RGANISH
  • Nazorat o‘lchov asboblari ish elektr jixozlarini ishga tushirish organlarining joylashishi
  • TUPROQQA ISHLOV BERISH AGREGATLARINI TUZILISHINI O‘RGANISH ISHGA TAYYORLASH VA ULARNING ISH UNIMINI ANIQLASH
  • Foydalanilgan adabiyotlar

Texnika xavfsizligi haqida umumiy ma’lumotlar

  • Texnika xavfsizligi deganda, ishlab chiqarish vositalari (mexanizm, mashina, uskuna, agregat, moslama, qurilma va b.)dan ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan turli xavfli va zararli omillarning kishilar sogligiga ta’sirini ҳimoyalovchi vositalardan foydalanish evaziga qisman yoki butunlay istisno qilingan ҳolatiga aytiladi.
  • Mehnat muhofazasining asosiy vazifalaridan biri ishlovchilarni xavfsiz mehnat sharoiti bilan ta’minlashdir. Zamonaviy qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi muntazam yangi texnikalar, mikrobiologik va kimyoviy moddalar etkazib berishni, chorva mollarini katta komplekslarga va mayda fermerlik xo’jaliklariga birlashtirishni, ish jarayonlarining yiriklashuvini, deҳqonchilikdagi ishlarni brigada va oilaviy pudrat asosida bajarishni, ayrim mehnat turlarini ҳamda vositalarini o’zgartirib borishni o’z ichiga oladi.
  • Ishlab chiqarish sharoitida insonga jaroҳat etkazilishi mumkin bo’lgan xavflar asosan fizikaviy, kimyoviy va biologik xavflar turlariga bo’linadi.

Fizikaviy xavfli ishlab chiqarish omillari-bu ҳarakatdagi mashinalar, uskunalarning ҳarakatdagi elementlarining to’silmaganligi, qo’zgaluvchi ustki qismining yuqori yoki past ҳaroratda bo’lishi, elektr tarmoqlarining xavfli kuchlanishi, yuqori bosimdagi ҳavo va gazning portlagandagi energiyasi va boshqalar.

  • Fizikaviy xavfli ishlab chiqarish omillari-bu ҳarakatdagi mashinalar, uskunalarning ҳarakatdagi elementlarining to’silmaganligi, qo’zgaluvchi ustki qismining yuqori yoki past ҳaroratda bo’lishi, elektr tarmoqlarining xavfli kuchlanishi, yuqori bosimdagi ҳavo va gazning portlagandagi energiyasi va boshqalar.
  • Kimyoviy xavfli ishlab chiqarish omillari - odam organizmiga o’yuvchi, zaarli va qichitadigan moddalarning ta’sir qilishi va ichki organlari yaralanishi bilan ifodalanadi. Muayyan xavfli ishlab chiqarish omillarning kelib chiqishi texnologik jarayon, uskuna konstrukstiyasi va ishni tashkil qilinganlik darajasiga bogliq bo’ladi.
  • Biologik xavfli ishlab chiqarish omillari-odam organizmiga turli yuqumli kasalliklarni bakteriyalari va viruslari yuqishi natijasida sogligi va ish qobiliyatini yo’qolishi bilan ifodalanadi. Muayyan xavfli ishlab chiqarish omillarning kelib chiqishi texnologik jarayon, ishlab chiqarishdagi muҳit va ҳimoya vositalari ҳamda kishilarni o’z vaqtida tibbiy ko’rikdan o’tishlarini tashkil qilinganlik darajasiga bogliq bo’ladi.

Ishlab chiqarishda vujudga kelayotgan va kelishi mumkin bo’lgan jaroҳat, shikastlanish va zaarlanishlarni oldini olish tadbirlari ancha murakkab masala bo’lib, buni ҳal qilishda muҳandis-texnik, tibbiy-gigienik, ekologik va boshqa soҳadagi mutaxassislar e’tiborini jalb qilinishi kerak bo’lgan muammodir.

  • Ishlab chiqarishda vujudga kelayotgan va kelishi mumkin bo’lgan jaroҳat, shikastlanish va zaarlanishlarni oldini olish tadbirlari ancha murakkab masala bo’lib, buni ҳal qilishda muҳandis-texnik, tibbiy-gigienik, ekologik va boshqa soҳadagi mutaxassislar e’tiborini jalb qilinishi kerak bo’lgan muammodir.
  • Ishlab chiqarish jarayonida kishilarni ҳayoti va salomatligiga ta’sir etadigan xavfli ishlab chiqarish omillarini ba’zan yoki davriy ravishda sodir bo’lish maydoni xavfli doira deb ataladi. Ishlovchi kishi xavf manbaiga bevosita tekkanda yoki undan ma’lum oraliqda turganida jaroxat olishi mumkin. Xavfli doiraning yana bir ta’rifi odamning xayoti va salomatligi uchun xavfli ishlab chiqarish omili doimo ta’sir etib turadigan yoki vaqti-vaqti bilan paydo bo’ladigan makon (joy) tushuniladi.
  • Xavfli doira mashina va mexanizmning ҳarakatlanuvchi, aylanuvchi qismlarida, yuk yaqinida, ko’tarib-tushiradigan transport vositalarida o’zatiladigan yuk atrofida paydo bo’lishi mumkin. Ishlovchilarning kiyim va sochlarini uskunalarning ҳarakatdagi qismlari tortib ketish imkoniyatiga ega xavfli doira xavf-xatar tugdiradi. Juda ko’p jaroҳatlar ishchilardagi osilib yotgan kiyimlarni ishloq xo’jaligi mashinalarining to’silmagan uzatmalar mexanizmi o’rab ketishi tufayli sodir bo’ladi.

Mashina va mexanizmlarning xavfli zonalari. Ishchilar xavfning manbaiga bevosita tekkanda yoki unga yo’l qo’yib bo’lmaydigan masofaga yaqinlashganda jarohatlanishi mumkin. Inson sog’ligiga va hayotiga xavf tug’diradigan xavfli ishlab chiqarish omillari doimo mavjud bo’lgan yoki vaqti-vaqti bilan namoyon bo’ladigan fazo xavfli zona hisoblanadi.

  • Mashina va mexanizmlarning xavfli zonalari. Ishchilar xavfning manbaiga bevosita tekkanda yoki unga yo’l qo’yib bo’lmaydigan masofaga yaqinlashganda jarohatlanishi mumkin. Inson sog’ligiga va hayotiga xavf tug’diradigan xavfli ishlab chiqarish omillari doimo mavjud bo’lgan yoki vaqti-vaqti bilan namoyon bo’ladigan fazo xavfli zona hisoblanadi.

TRAKTORLARNI BOSHQARISH VA NAZORAT-ORGANLARINI O‘RGANISH

  • TTZ-80.10 (11) traktori Toshkent traktor zavodida ishlab chiqarilgan, 1,4 sinfdagi tortish kuchiga ega. Dvigatel quvvati (80 o.k.) ega. Unda 6 ta oldinga va 3 ta orqaga yurish tezligi mavjud.

1- ilashish muftasi pedali polning chap tomonida joylashgan. Pedal bosilganda ilashish muftasi ajraladi; 2- uzatmlarni almashtirish chap tomon richagi. Richag sharnirli birikmada birikmada uch xil holatga keltiriladi. Bu richag birinchi bo‘lib ishga tushiriladi; 2.1- uzatmlarni almashtirish o‘ng tomon richagi. Richag sharnirli birikmada birikmada uch xil holatga keltiriladi; 3- tormoz pedali polning o‘ng yarmida joylashgan bo‘ladi. Pedal bosilganda traktorning o‘ng tormoz mexanizmi ishga tushadi va tormozlanish signali yonadi; 4- tormoz pedalini birlashtirish pedali.

  • 1- ilashish muftasi pedali polning chap tomonida joylashgan. Pedal bosilganda ilashish muftasi ajraladi; 2- uzatmlarni almashtirish chap tomon richagi. Richag sharnirli birikmada birikmada uch xil holatga keltiriladi. Bu richag birinchi bo‘lib ishga tushiriladi; 2.1- uzatmlarni almashtirish o‘ng tomon richagi. Richag sharnirli birikmada birikmada uch xil holatga keltiriladi; 3- tormoz pedali polning o‘ng yarmida joylashgan bo‘ladi. Pedal bosilganda traktorning o‘ng tormoz mexanizmi ishga tushadi va tormozlanish signali yonadi; 4- tormoz pedalini birlashtirish pedali.
  • 5- suv radiatori to‘siqlarini boshqarish chambaragi; 6- dvigatelni avariyada to‘xtatish dastagi; 7- rul ustunchasi; 8- rul ustunchasining fiksatsiya dastasi ishchi va yoyiq holatlari; 9- asboblar qutisi; 10- gidrotaqsimlagich boshqarish dastagi; 11- yonilg‘i berish dastagi (o‘ng dasta- osma tizimning asosiy silindrini, o‘rtadagi dasta – o‘ng tirkagich silindirini, chap dasta - chap tomon tirkagich silindrini boshqaradi); 12- yonilg‘i berishni boshqarish pedali. Pedal bosilganda yonilg‘i berish ortadi. Yonilg‘ining yuborilish richag 11 ning holatiga bog‘liq; 13- asboblarni boshqarish pulti; 14- tormozni boshqarish tortqisi o‘rindiqning o‘ng tomonida joylashgan. Birlashtirilgan tormoz pedallari oxirigacha qisib, tortqi yuqoriga harakatlanganda tormozlarning lukidoni ishga tushadi; 15- differensialni birlashtirish boshqarish tortqisi; 16- orqa QOV ni boqarish dastagi. Traktor yurib turganda dasta orqaga harakatlanganda orqa QOV ni 1000 ayl/min ga, betaraf holatda esa 540 ayl/min bo‘ladi; 17- orqa osma tizimni fiksatsiyalash mexanizmini boshqarish tortqisi. Tortqi yuqoriga harakatlanganda osma tizim yuqori holatda fiksatsiyalanadi. Tortqining o‘zi fiksatsiyalanganda uni 900 ga burish kerak; 18- yonilg‘i berish dastasini qotirish gaykasi.

TTZ-80.11 traktorining oldinga va orqaga xarakat yo‘nalishini o‘zgartirish richagi sxemasi

МТЗ-80х тракторининг тезликларини ва харакат йўналишини ўзгартириш қутисининг бошқариш ричагини керакли ҳолатга ўрнатиш схемаси

Nazorat o‘lchov asboblari ish elektr jixozlarini ishga tushirish organlarining joylashishi

  • . Nazorat o‘lchov asboblari ish elektr jixozlarini ishga tushirish organlarining joylashishi: 1- moy bosimini avariya signal berish fonari (qizil), 2- suv haroratini avariya signal berish fonari (qizil), 3- uzilish tugmasi avariyadan signal berish fonari, 4- moy bosimi ko‘rsatkichi, 5- asboblarni yoritish fonari, 6- tok ko‘rsatkichi, 7- nazorat elementi, 8- massani ishga tushirish, 9- o‘t oldirish qulfi, 10- suv harorati ko‘rsatkichi, 11- yonilg‘i miqdorini ko‘rsatkichi, 12- havo bosimi ko‘rsatkichi ost uyasi, 13- taxo-motohisoblagich, 14- gabarit chiroqlari va asboblarini yoritish ko‘rsatkichlarini yondirgichi, 15- yaqin va uzoq yoritish chiroqlarini o‘zgartiruvchi, 16- burilishni ko‘rsatuvchi chiroqlarni almashtirib qo‘shgich, 17, 21 – predoxranitel bloki, 18- ventilyator tasmasining uzilishi, generator va rele-regulyatorning nosozligida yonadigan nazorat chirog‘i, 19- ko‘k chiroqli burilishni ko‘rsatuvchi nazorat chirog‘i, 20- ovoz signali tugmasi, 22- orqa chiroqlarni ulagich.

TRAKTORNI BOSHQARISHNI O‘RGANISH

  • Dvigatelni yurgizishga tayyorlash va yurgizish.
  • Dvigatel yonuvchi ish aralashmaning yonishidan xosil bo’lgan kimyoviy issiqlik energiyani mexanik energiyaga aylantirib beradi va avtomobilni harakatlanishi uchun energiya sarflaydigan mashina. Ichki yonuv dvigateli tuzilishi bo’yicha: porshenli, elektr, gaz turbinali, reaktiv, rotor-porshenli, maxovik, bug’, orbital va stirinling dvigatellar bo’ladi. Zamonaviy avtotransport vositalariga asosan porshenli ichki yonuv dvigatellari o’rnatiladi. Avtomobillarga o’rnatiladigan porshenli ichki yonuv dvigatellari qo’yidagi turlarga bo’linadi: - ishlatiladigan yonilg’i turiga qarab: yengil suyuk yonilg’i - benzinda ishlaydigan yoki siqilgan suyuk gaz bilan ishlaydigan karbyuratorli dvigatellar, og’ir suyuq yonilg’ida ishlaydigan dizel dvigatellari. - yonuvchi aralashma xosil kilish usuliga qarab, silindr tashqarisida aralashma xosil qiluvchi karbyuratorli dvigatellar va silindr ichida aralashma xosil qiluvchi dizel dvigatellari. - ishchi aralashmaning alangalanish bo’yicha elektr uchkuni bilan alangalanadigan karbyuratorli dvigatellar bilan va siqish natijasida qizigan sof havoga purkalgan yonilg’i zarralari tegib o’z-o’zidan alangalanadigan dizel dvigatellari.

Ish jarayonini xosil qilish usuliga qarab: to’rt taktli va ikki taktli dvigatellar. Konstruktiv tuzilishi bo’yicha: 1,2,3,4,5,6,8,12 porshenli va ularning joylashuv tartibiga qarab (tik qatorli, yotiq qatorli yoki V-simon), gaz taqsimlash mexanizmining joylashuvi bo’yicha - klapanlari yuqorida yoki pastda joylashgan va taqsimlash valining joylashuvi bo’yicha - taqsimlash vali blok ichida joylashgan yoki blok qopqog’ida joylashgan.

  • Ish jarayonini xosil qilish usuliga qarab: to’rt taktli va ikki taktli dvigatellar. Konstruktiv tuzilishi bo’yicha: 1,2,3,4,5,6,8,12 porshenli va ularning joylashuv tartibiga qarab (tik qatorli, yotiq qatorli yoki V-simon), gaz taqsimlash mexanizmining joylashuvi bo’yicha - klapanlari yuqorida yoki pastda joylashgan va taqsimlash valining joylashuvi bo’yicha - taqsimlash vali blok ichida joylashgan yoki blok qopqog’ida joylashgan.

TUPROQQA ISHLOV BERISH AGREGATLARINI TUZILISHINI O‘RGANISH ISHGA TAYYORLASH VA ULARNING ISH UNIMINI ANIQLASH

  • Traktor va pluglarni ishga tayyorlash va sozlash
  • Traktorlarni tayyorlash va sozlash. T-4A-S4 va VT-150 zanjirli traktorlar osma pluglar bilan ishlatilganda ularning osish qurilmalari ikki nuqtali sxema bo‘yicha sozlanishi lozim. Buning uchun pastki bo‘ylama tortqilarning oldingi uchi traktor osish qurilmasining pastki ko‘ndalang o‘qidagi bitta sharnirga mahkamlanadi. Ushbu sharnirni ko‘ndalang o‘qda o‘ng tomonga surib, O1O2 tortish chizig‘ini plug og‘irlik markazining izidan o‘tishiga erishiladi. Bunday traktorlar chuqur yumshatkichlar bilan ishlatilganda ularning osish qurilmasi uch nuqtali sxema bo‘yicha sozlanadi.

"Magnum", MX-135, MXM-140 kabi g‘ildirakli traktorlarga pluglarni osishdan oldin ularni osish qurilmalarining chegaralovchi bloklari pastki tortqilarni erkin yurishiga imkon beradigan holatga o‘rnatilgan bo‘lishi (8-rasm), tortqilarning sharniri erdan 15-21 sm balandlikda yuradigan etib rostlanishi lozim. Traktorning o‘ng va chap g‘ildiraklaridagi havo bosimi doimo bir xil bo‘lishi kerak.

  • "Magnum", MX-135, MXM-140 kabi g‘ildirakli traktorlarga pluglarni osishdan oldin ularni osish qurilmalarining chegaralovchi bloklari pastki tortqilarni erkin yurishiga imkon beradigan holatga o‘rnatilgan bo‘lishi (8-rasm), tortqilarning sharniri erdan 15-21 sm balandlikda yuradigan etib rostlanishi lozim. Traktorning o‘ng va chap g‘ildiraklaridagi havo bosimi doimo bir xil bo‘lishi kerak.

. Traktorning osish qurilmasi pastki tortqilarini

erkin holatga o‘rnatish.

Pluglarni ishga tayyorlash va sozlash. Dalalarni sifatli hamda kam xarajat sarflab haydash uchun har bir plug tekis maydonchaga o‘rnatilib, ko‘rikdan o‘tkaziladi. Bunda uning barcha ish organlarining mavjudligi, lemexlar tig‘larining o‘tkirlanganligi va maydoncha yuziga paralleligi, ularning uchini maydoncha yuzasiga birdek tegib turishi, korpuslarning balandliklari, ular orasidagi masofalarning bir xil hamda dala taxtalarining harakat yo‘nalishiga parallelligi tekshirib ko‘riladi. Bunda alohida lemexning uchi maydonchadan ko‘pi bilan 10 mm ko‘tarilib turishi normal hisoblanadi.

  • Pluglarni ishga tayyorlash va sozlash. Dalalarni sifatli hamda kam xarajat sarflab haydash uchun har bir plug tekis maydonchaga o‘rnatilib, ko‘rikdan o‘tkaziladi. Bunda uning barcha ish organlarining mavjudligi, lemexlar tig‘larining o‘tkirlanganligi va maydoncha yuziga paralleligi, ularning uchini maydoncha yuzasiga birdek tegib turishi, korpuslarning balandliklari, ular orasidagi masofalarning bir xil hamda dala taxtalarining harakat yo‘nalishiga parallelligi tekshirib ko‘riladi. Bunda alohida lemexning uchi maydonchadan ko‘pi bilan 10 mm ko‘tarilib turishi normal hisoblanadi.
  • Lemexlarning shakli va o‘lchamlari andaza bilan tekshiriladi: bunda lemex tig‘ining uzunligi andaza o‘lchamlaridan 15 mm, elkasining uzunligi 10 mm va lemexning eni 5 mm gacha katta yoki kichik bo‘lishi mumkin xolos; ag‘dargich va lemexning dala tomonidagi chetlari bir vertikal tekislikda yotishi lozim. Ag‘dargich dala chetining yuqorigi nuqtasi egat tomonga ko‘pi bilan 10 mm og‘ishiga ruxsat etiladi. Lemexning ag‘dargich bilan tutashgan joyida ko‘pi bilan 1 mm tirqish bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi; shu joyda lemex ag‘dargichdan ko‘pi bilan 2 mm ko‘tarilib turilishi mumkin; ag‘dargichning lemexdan ko‘tarib turilishiga yo‘l quyilmaydi. Bu shartlar bajarilmasa korpusga tuproq yopishib, plugning tortishga qarshiligi oshadi.

Ikki yarusli pluglarda (PYA-3-35, PD-4-45, PNYA-4+1-45) ularning yuqorigi yarus korpuslari pastki yarus korpuslariga nisbatan 45-55 sm oldinga va plug ramasi bo‘ylama bruslarining chap tomoniga joylashtirilishi darkor. Haydov chuqurligi 30 sm bo‘lganda yuqorigi yarus korpuslari brusga nisbatan pastki, 30 sm dan ko‘p bo‘lsa yuqorgi holatga o‘rnatiladi .

  • Ikki yarusli pluglarda (PYA-3-35, PD-4-45, PNYA-4+1-45) ularning yuqorigi yarus korpuslari pastki yarus korpuslariga nisbatan 45-55 sm oldinga va plug ramasi bo‘ylama bruslarining chap tomoniga joylashtirilishi darkor. Haydov chuqurligi 30 sm bo‘lganda yuqorigi yarus korpuslari brusga nisbatan pastki, 30 sm dan ko‘p bo‘lsa yuqorgi holatga o‘rnatiladi .
  • Chimqirqarli pluglarda (PN-4-35, PLN-5-35, LD-100) chimqirqar asosiy korpusdan 25-30 sm oldinda turishi hamda uning haydash chuqurligi 10-12 sm oraliqda bo‘lishi kerak.
  • Yuqorida ishlar bajarilgandan keyin haydash chuqurligi sozlanadi. Tirkama pluglarda (PYA-3-35) haydash chuqurligi ularning dala mexanizmi shturvalini aylantirib, o‘rnatma pluglarda esa tayanch g‘ildiragini balandlik bo‘yicha siljitib sozlanadi.

Plug ramasining bo‘ylama va ko‘ndalang tekisliklarda og‘ishi korpuslarni tuproqqa notekis botishiga olib keladi. Bunday bo‘lmasligi uchun plug ramasi ish jarayonida dala yuzasiga parallel joylashgan bo‘lishi kerak. Bunga osma pluglarda traktorning osish qurilmasini to‘g‘ri sozlash yo‘li bilan erishiladi. Ramaning bo‘ylama og‘ishi traktor osish qurilmasining yuqorigi markaziy tortqisi (3) ni uzaytirib yoki qisqartirib, ko‘ndalang og‘ishi esa pastki bo‘ylama tortqilar (1) kashaklari (2) uzunligini o‘zgartirib tuzatiladi

  • Plug ramasining bo‘ylama va ko‘ndalang tekisliklarda og‘ishi korpuslarni tuproqqa notekis botishiga olib keladi. Bunday bo‘lmasligi uchun plug ramasi ish jarayonida dala yuzasiga parallel joylashgan bo‘lishi kerak. Bunga osma pluglarda traktorning osish qurilmasini to‘g‘ri sozlash yo‘li bilan erishiladi. Ramaning bo‘ylama og‘ishi traktor osish qurilmasining yuqorigi markaziy tortqisi (3) ni uzaytirib yoki qisqartirib, ko‘ndalang og‘ishi esa pastki bo‘ylama tortqilar (1) kashaklari (2) uzunligini o‘zgartirib tuzatiladi

Pluglarni ish sifatini nazorat qilish tartiblari

  • Pluglarni ish sifatini nazorat qilish tartiblari
  • Plugning ish sifati haydovni bir xil chuqurlikda bo‘lishi, tuproq qatlami qay darajada ag‘darilganligi, uning qay darajada yumshatilganligi, shudgorda palaxsa hamda egat va marzalarning kam bo‘lishligi bilan belgilanadi. Plugning ish sifatiga qo‘yilgan agrotexnik talablar orasida haydash chuqurligi va uning bir tekisda bo‘lishi hamda begona o‘tlar, ularni urug‘i va ildizlarini ko‘milish chuqurligi eng muhim hisoblanadi. Chuqurlik qiymati egat o‘lchagich yoki oddiy chizg‘ich bilan aniqlanadi. Uni aniqlashda plugning ohirgi korpusi haydagan egat chuqurligi dalaning 25 joyidan o‘lchanadi. Keyin hamma o‘lchov ko‘rsatkichlari qo‘shilib, o‘rtacha ko‘rsatkich aniqlanadi. Sifatli haydalgan erlarda haydash chuqurligi belgilangan ko‘rsatkichdan ± 2 sm farq qilishi mumkin xolos. Begona o‘tlarni ko‘milish chuqurligi ham dalaning 25 joyidan haydalgan erni kovlash va shudgor yuzidan begona o‘t yotgan joygacha bo‘lgan masofa o‘lchab aniqlanadi. O‘rtacha ko‘rsatkich ikki yarusli pluglarda 20 sm dan, umumiy ishlarga mo‘ljallangan pluglarda esa 10 sm dan kam bo‘lmasligi kerak.
  • SHudgorlashda diametri 5 sm dan kichik bo‘lgan kesaklar kamida 75 foizni tashkil etishi, haydovda hosil bo‘lgan pushtalarning o‘rtacha balandligi 5 sm dan oshmasligi lozim.
  •  

EKISH MASHINALARINI URUG‘ EKISH NORMASIGA SOZLASH VA ISHLATISH

  • Seyalkalarni ishga tayyorlash va sozlash tartiblari
  • STX-4, SCHX-4, SXU-4, SMX-4 rusumli seyalkalarning ekish apparatlariga tukli chigitdan ma’lum miqdorda solib, er sharoitiga qarab har bir metrga 30 dan 50 donagacha tushadigan qilib sozlash kerak. Buning uchun seyalkani ko‘tarib qo‘yiladi va uning g‘ildiraklari aylantirilib, ekish apparatlariga harakat beriladi va bir metrga tushayotgan chigit miqdori aniqlanadi. Agar sarf qilinadigan urug‘ miqdori belgilangan me’yordan ortiq bo‘lsa, ekish g‘altaklaridagi tirqishni toraytirish, kam bo‘lsa kengaytirish zarur.
  • Chigit uyalab ekilganda uyalar orasidagi masofa uyalovchi apparatni harakatga keltiruvchi valdagi 12, 16, 18 va 25 tishli yulduzchalar hamda uyalovchi diskning parraklari sonini o‘zgartirish orqali sozlanadi.
  • Chigitning ko‘mish chuqurligi sirpanchiqni ko‘tarib-tushirish yo‘li bilan 3-8 sm atrofida sozlanadi. Er obi-tobida bo‘lsa, chigitni 4-5 sm chuqurlikka ko‘mib ketadigan qilib sozlash maqsadga muvofiq.

Seyalka soshnigi hamda tuproqni zichlovchi katoklarning erga ko‘rsatadigan bosimi seksiyalardagi taranglovchi prujinalar yordamida sozlanadi. Bu bosim dinamometr bilan o‘lchaganda 30-35 kg kuchga teng bo‘lishi kerak.

  • Seyalka soshnigi hamda tuproqni zichlovchi katoklarning erga ko‘rsatadigan bosimi seksiyalardagi taranglovchi prujinalar yordamida sozlanadi. Bu bosim dinamometr bilan o‘lchaganda 30-35 kg kuchga teng bo‘lishi kerak.
  • Ekish agregatlari dalaga olib chiqilgandan keyin har bir paykalda bayroqchalar bilan ekish chiziqlari belgilanadi. Qator orasini kengligiga qarab markerlar uzunligi tanlanadi. Agar qator oralari 60 sm bo‘lsa, u vaqtda oxirgi soshnik tumshug‘idan marker diskigacha bo‘lgan masofa 150 sm, qator oralari 90 sm bo‘lganda esa 225 sm bo‘lishi kerak. Bu masofa marker diskini uning o‘qi bo‘ylab siljitish orqali rostlanadi.
  • Dala sharoitida chigitning to‘liq tushishi va uning ko‘mish chuqurligi seyalkachi tomonidan doimo kuzatilib boriladi.

G‘ildirakdan harakatni uzatilishi.

Seyalka soshnigining yurish

chuqurligini sozlash.

Taranglovchi prujinani sozlash

Mashinalarning ish sifatini baholash

  • Mashinalarning ish sifatini baholash
  •  
  • Ekish agregatlarning ish sifati asosan ekilayotgan urug‘larni belgilangan miqdorda ekilishi va taqsimlanishi, qator oralariga qarab marker uzunliklarini tanlashi, asosiy qator kengligining me’yorida bo‘lishi hamda o‘g‘it solish soshniklari bilan chigit soshnigi orasidagi masofalarning to‘g‘riligi bilan belgilanadi.
  • 60 sm li qator oralig‘ida ekilganda marker uzunligi 150 sm ni, 90 sm li qator oralig‘ida esa 225 sm ni tashkil qilishi kerak.
  • Chigitni ko‘mish chuqurligi belgilangan ko‘rsatkichdan ±1 sm dan ortiq farq qilmasligi va ekish aniqligi 90% kam bo‘lmasligi kerak. Yondosh qatorlarning belgilangan me’yordan oshishi ±5 sm, asosiy qatorlarniki esa ±1 sm dan oshmasligi darkor.
  • O‘g‘it solish soshniklari bilan chigit soshnigi orasidagi masofa 8-10 sm dan oshmasligi zarur, bunda o‘g‘it soshniklari chigit soshniklariga nisbatan 3-5 sm chuqurroqda yurishi lozim.
  • Ekish sifati asosan ko‘chatlar qiyg‘os unib chiqqandan keyin egatlarning to‘g‘riligi, nihollarni bir tekisligi va qalinligi bilan baholanadi.
  •  
  •  

Chigit ekish mashinalarining texnik tavsiflari


Ko‘rsatkichlar

Mashinalar rusumi

SCHX-4A

SXU-4

SMX-4

“Keys-1200”

Turi

Osma

Osma

Osma

Osma

Traktor rusumi

MTZ-80X TTZ 80.11

MTZ-80X TTZ 80.11

MTZ-80X TTZ 80.11

MX-135 Magnum

Qator oralig‘i, sm

90

60, 70, 90

60,90

60, 90

Ish qamrovi, m

3,6

2,4; 2,8; 3,6

2,4; 3,6

7,2

Ish tezligi, km/soat

6,1

7,5

7,5

7,8

Ish unumdorligi, ga/soat:

asosiy vaqtda

ekspluatatsion vaqtda

 

2,2


1,6

 

1,8-2,7


1,3-2,0

 

1,8-2,7


1,3-2,0

 

5,6

4,1

Talab etiladigan quvvat, kVt

18,2

27, 31

27, 31

70

Urug‘larni ko‘mish chuqurligi, sm

3-8

3-8

3-8

3-10

Uyalar orasi, sm

3-30

3-30

3-30

3-50

Eng kichik qayrilish radiusi, m

6

6

6

12

Har bir metrga ekiladigan eng ko‘p chigitlar soni, dona

40-50

40-50

40-50

30

Urug‘ idishlarining umumiy sig‘imi, m3

0,36

0,164

0,186

1,32

Massasi, kg

560

825

650

2079

TRAKTOR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIGA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH VA ULARNI SAQLASH

  • Texnik qarovlar, texnik xizmat ko‘rsatishning eng asosiy tadbirlardan bo‘lib, traktorlarni va qishloq xo‘jalik mashinalarini bekamu ko‘st tejamli ishlashi, turli uzel va mexanizmlarni barvaqt eyilishi va sinishidan saqlashga imkon beradigan operatsiyalar to‘plamidan iborat.
  • Traktorlarni texnik qarovi har smenada va vaqti-vaqti bilan o‘tkaziladigan texnik qarovlarga bo‘linadi.
  • Har smenadagi texnik qarov smena tugaganidan keyin dalada o‘tkaziladi, vaqti-vaqti bilan o‘tkaziladigan texnik qarovlar traktor ma’lum ish bajarganidan keyin txnik xizmat ko‘rsatish punktlarida yoki xo‘jalik ustaxonalarida o‘tkaziladi.
  • Traktorlardan foydalanilayotganda quyidagi texnik qarov xillari o‘tkaziladi. Texnik qarovlarni o‘tkazish vaqti traktorlarning bajargan ishiga moto-soatlar hisoblagichi ko‘rsatishiga yoki qancha yonilg‘i sarf etilishiga qarab aniqlanadi.
  • 1.Har smenadagi texnik qarov (10 moto-soat) smena oxirida o‘tkaziladi.
  • I.texnik qarov 125 moto-soat ishlagandan so‘ng o‘tkaziladi.
  • II.texnik qarov 500 moto-soat ishlagandan so‘ng o‘tkaziladi.
  • III.texnik qarov 1000 moto-soat ishlagandan so‘ng o‘tkaziladi.

Har smenadagi texnik qarov ishlari quyidagi tartibda o‘tkaziladi.

  • Har smenadagi texnik qarov ishlari quyidagi tartibda o‘tkaziladi.
  • Ishlayotgan traktorda dvigatel, transmissiya va yurish qismida shovqin va begona tovushlar yo‘qligi tekshiriladi.
  • Tekshiruv-o‘lchov asboblari, yoritish asboblari, ovoz signali, gidravlik o‘rnatish sistemasi ishlashini tekshirish. Boshqarish richagi va pedalini tormoz sistemasi pedalini rul boshqarmasi chambaragini erkin yo‘lining holatini tekshirish.
  • Dvigatelning ishlashiga quloq solish va to‘xtatish. Dvigatelni to‘xtatish bilan moy sentrafugasini ishlashini tekshirish.
  • CHang va iflosdan yuvib tozalangan traktorda yonilg‘i, suv, moy va elektrolitni oqmayotganligini tekshirish.
  • Traktorni tashqi birikmalarini, dvigatel yurish qismi va ramalarini qotirilganligini ttekshirish.
  • Havo tozalagichni, havo so‘ruvchi setkalarni tozalash va zichligini ta’minlash. Birikmalaridan havo so‘rilmasligi kerak.
  • YOnilg‘i baki va o‘t oldirish dvigateli bakidagi yonilg‘ini tekshirish va zarur bo‘lsa to‘ldirib qo‘yish kerak.
  • Dvigatel karteridagi moyning sathini tekshirish va sathidan kam bo‘lsa quyish zarur.
  • Radiatordagi suvning sathini tkshirish va kam bo‘lsa quyish kerak.
  • G‘ildiraklardagi havoning bosimini tekshirish, zanjirli yuritgichni zanjirini tarangligini tekshirish. Ish vaqtida sezilgan va tekshirish vaqtida topilgan kamchiliklar bartaraf qilinadi.

Texnik qarov

  • Texnik qarov
  • (125 moto-soat ishlagandan so‘ng o‘tkaziladi).
  • Smenali texnik qarovda ko‘zda tutilgan ishlar takrorlanib, ulrga qo‘shimcha ravishda: traktor yuviladi, suv nasosi, uzatmalar qutisi, asosiy uzatma, oxirgi uzatma, quvvat olish vali reduktori, taranglovchi g‘ildirak, taranglovchi rolik, gidrosistema moy bakidagi moyning sathi tekshiriladi.
  • Generator privodining podshipnigi, asosiy va boshqarish muftalari podshipnigi, boshqarish va tormoz richaglari va parallelning o‘qi, oxirgi uzatma, yarim o‘qlarning o‘rta va sirtqi podshipniklari, rul boshqarmasi stoykasi va valining podshipnigi, burish sapfalarining podshipnigi o‘rnatish mexanizmi valining vtulkalari moylanadi.
  • Dag‘al filtr va reaktiv sentrafuga tozalaadi va yuviladi, havo tozalagich yuvilib, moyi almashtiriladi, ventilyator tasmasi taranglanadi, akkumlyatorlar batareyasining klemmalari, simlari, ventilyasiya teshiklari tozalanadi, elektorlitning sathi tekshiriladi, lozim o‘lsa ularga qo‘shimcha moy qo‘yiladi. Yonilg‘i baki dag‘al va moyni tozalash filtrlari korpusidagi quyqalardan bo‘shatiladi. Kanallardagi havo bosimi tekshiriladi.

Texnik qarov

  • Texnik qarov
  • (500 moto-soat ishlagandan so‘ng o‘tkaziladi).
  • I-texnik qarovdagi ishlarga qo‘shimcha ravishda quyidagi ishlar bajariladi: Dvigatel karteidagi, yonilg‘i nasosi va regulyator korpusidagi moy almashtiriladi, rul mexanizmi korpusi va yurgizib yuborish dvigatelning reduktor, oxirgi uzatmalar korpusidagi moyning sathi tekshirilib, lozim bo‘lsa qo‘shimcha moy qo‘yiladi.
  • Moyning mayin va dag‘al filtrlari elementining moy o‘tkazish qobiliyati tekshiriladi. Forsunkalarning yonilg‘i purkash bosimi va yonilg‘i purkashni ilgarilash burchagi, klapalar, dekompressor, svecha elektrodlari va magneto uzgichining tirqishi, asosiy mufta tortqisi, oshqarish muftalari va tormozlari, zanjirning tarangligi rostlanadi. Elektr simlar ko‘zdan kechiriladi, shikastlangan joylari izolyasiyalanadi. Generator, startyor yakori va cho‘tkalari tekshiriladi, tozalanadi. Elektrolitning zichligi, akkumlyatorlar batareyasining zaryadsizlananlik darajasi tekshiriladi. Havo bilan sovitiladigan dvigatellarda ventilyator parragi va yo‘naltirgichning ich tomoni tozalanadi. Traktorning barcha tashqi birikmalari tekshirib chiqiladi, lozim bo‘lsa mahkamlanadi.

Mavsumiy texnik qarov

  • Mavsumiy texnik qarov
  • Har gal grafikka muvofiq navbatdagi texnik qarovga qo‘shimcha ravishda bahorda va qishga kirish oldidan o‘tkaziladi.
  • Bahorgi-yozgi davrga o‘tishda harorat 50S dan yuqori bo‘lishi kerak, kuzgi-qishki davrga o‘tishda harorat -50s past bo‘lishi kerak. Yonilg‘i va moylarning qishki sortlari, elektrolit almashtiriladi.
  • Rele-regulyator qishga qarab rostlanadi, moy radiatori ishlatilmaydi, akkumlyator, kabina isitiladi. Termostat, jalyuzlar va termometrning ishlashi tekshiriladi.
  • Yozga chiqishda, aksincha, yoqilg‘i, moy va elektorlit yozgisiga almashtiriladi. Rele-regulyator yozga to‘g‘rilab rostlanadi va isitish uskunalari olinib yozda ishlashga moslanadi.
  • Mashinalarni saqlashning uchta asosiy usuli bor: mashinalarning konstruktiv xususiyatlariga, tabiiy-iqlim sharoitlariga, zarur binolar yoki ochiq maydonchalarning bor-yo’qligiga bog’liq bo’lgan yopiq, ochiq va aralash saqlash usullari qo’llaniladi. Qabul qilingan saqlash usuliga qarab, mashinalarni saqlashga tayyorlash ishlari, saqlash davrida va saqlashdan olishda bajariladigan ishlar mazmuni aniqlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

  • I.Solihov Traktor va avtomobillar. Toshkent “Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi” 2012yil, (lotin alifbosida).
  • 2. S.Aliqulov, M.R.Djiyanov Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini mexanizatsiyalashtirish fanidan amaliy mashg‘ulotlarni bajarish uchun uslubiy qo‘llanma Tosh DAU, 2017yil.
  • 3. M.Toshboltaev “Paxtachilik va g‘allachilik mashinalarini rostlash va samarali ishlatish” . T.. “Fan”, 2012.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling