Texnogen favqulotdagi vaziyatlardan aholini va hududlarni himoya qilish
Download 66.63 Kb.
|
TEXNOGEN FAVQULOTDAGI VAZIYATLARDAN AHOLINI VA HUDUDLARNI HIMOYA QILISH
TEXNOGEN FAVQULOTDAGI VAZIYATLARDAN AHOLINI VA HUDUDLARNI HIMOYA QILISH. RejaGidrotexnik obyektlardagi avariya va halokatlar Yong`in chiqish, portlash xavfi bo`lgan obycktlardagi falokatlar va halokatlarGidrotexnika inshoatini muhofaza qilish choralari Gidrotexnika inshootdagi Favqulotda vaziyat - muayyan hududdagi avariyaga olib kelishi mumkin bo`lgan. shuningdck. gidrotexnika inshootining avariyasi natijasida vujudga kelgan bo`lib, odamlar qurbon bo`lishiga, odamlar sog`ligiga yoki atrof Tabiiy muhitga zarar yelkazilishiga olib kelgan vaziyatdir. Suv omborlaridagi, daryolardagi, kanallardagi gidrotexnika inshootning (GTI) buzilishi. baland tog` ko`llarining urib kctishi natijasida suv bosishi, falokatlar va halokatlarga olib keladi hamda odamlar qurbon bo`lishiga. sanoat va qishloq xo`jalik obycktlarining ishini izdan chiqishiga. suv bosgan zonadagi aholining hayotiy faoliyati buzilishiga sabab bo`ladi va shoshilinch evakuaisiya tadbirlari o`tkazishni talab qiladi. Rcspublikamizda gidrodinamik xavfli obyektlar (GXO) juda ko`p bo`lib. ular aholi va hudud - xatar manbayi hisoblanadi va muayyan sharoitda Favqulotda vaziyat o`chog`iga aylanib kctishi mumkin. GXO - bu suv oqimi bo`ylab o`zidan oldingi va o`zidan keyingi suv sathlarida farq paydo qilib bcradigan inshoot yoki Tabiiy hosila. Bosim gidrotexnika inshoollari (sun`iy to`g`onlar) va Tabiiy to`g`onlar shular qatoriga kiradi Gidrotexnik xavfli obycktning asosiy elemcntlari. byef bu daryo (kanal, irmoq va h.k.) ning bosim inshooti (to`g`on. shluz va h.k.) ga tutashib (tcgib) turadigan qismi: yuqorigi byef- bu daryo (kanal, irmoq va h.k.) ning oqim bo`ylab bosim inshoti (to`g`on, shluz va h.k.) dan oldingi (yuqori) qismi yoki suvning yuqorigi satxi va u egallab turgan maydon; pastki byef- bu daryo (kanal. irmoq va h.k.) ning oqim bo`ylab bosum inshooti (to`g`on. shluz va h.k.) dan kcyingi (quyi) qismi yoki sivning pastki satxi va u egallab turgan maydon. To`g`onlar sun`iy va Tabiiy bo`lishi mumkin. Sun`iy to`g`onlarni odamlar o`z extiyojlari uchun barpo etadilar. Bular GESlar, suv tortgichlar, irrigatsion tizimlar va boshqa obyektlarning to`g`onlari. Tabiiy to`g`onlar tabiat hodisalari (ko`chkilar, sellar. qor ko`chkilari, o`pirilishlar, zilzilalar va b.) ning ta`sirida hosil bo`ladi. Masalan, qattiq qoya jinslarining 1911 yildagi zilzila sodir etgan o`pirilishi natijasida Tojikistondagi Murg`ob daryosi va Sarez qishlog`i o`rnida Sarez ko`li paydo bo`lgan. Gidrotexnika inshootlarining turlari: Qayerdaligiga qarab: yer usti (daryo, ko`l, kanal va h.k.) inshootlari; yerosti (o`tkazgich quvurlar, tunellar va h.k.) inshootlari. Foydalanish xarakteri va maqsadiga qarab: suv-energetika inshootlari; suv ta`minoti inshootlari; sug`orish inshootlari; oqava chiqindi suvlar chiqarish inshootlari; suv-transport inshootlari; baliq xo`jaligi inshootlari; sport inshootlari: bezak inshootlari va h.k. Funksional vazifasiga qarab: GES va boshqa GT1 ning suv bo`g`ish inshootlari (to`g`onlar, ko`tarmalar); suv oqish (suv o`tkazgich) inshootlari: kanallar, tunellar, quvur o`tkazgichlar; tarnovlar, suv tashlamalar, osma quvurlar, shluzlar va h.k.; tartiblash (to`g`rilash) inshootlari - suv oqib ketishi sharoitini hamma daryolar o`zani va qirg`oqlarini muhofaza qilish sharoitini yaxshilash uchun: ko`tarmalar, g`ovlar, qirg`oq mahkamlagichlar va h.k.: baliq xo`jaliklari inshootlari - baliq o`tkazish va baliq boqish uchun. Har bir GTlda gidrotexnik qulf, ventil, g`ov, surma to`siq va h.k. singari maxsus uskuna-jihozlar va turli qurilmalar bo`ladi. Birqancha vazifalarni bajarishga mo`ljallanib, birbutun qilib birlashtirilgan GTI majmui gidrouzellar deb ataladi. Gidrotexnika inshootlaridagi falokatlarning sabablari va turlari. GTI ga quyidagi ycmiruvchi kuchlar doimo ta`sir ko`rsatib turadi: suv oqimi. tebranish-zirillashlar, balchiq-cho`kindilar, o`zgaruvchan harorat, stalistik va dinamik kuchlar, mctall zanglashi, betonning suyuqlikka qorishib yuvilishi, yerning yuvilib ketishi va h.k. Markaziy Osiyo hududida ma`lumotlarga ko`ra quyidagi GTI ishlab turibdi: Qayroqqum, Chordara, Toxtagul, Andijon, Karkidon, Tolimarjon, Nurek, Rag’un va boshqalar. O`zbekiston Respublikasida hozirgi paytda 18,9 mlrd. 700 mln m3 suv sig`dira oladigan 53 suv ombori, daryo suvlarini viloyat va tumanlarga taqsimlab beruvchi 150 dan ortiq suv to`g`onlari, 28122 km uzunlikdagi magistral kanallar va boshqa zarur suv inshootlari mavjud. Harbiy holat sharoitida yoki favqulodda vaziyat jarayonida ular ma`lum xavf tug`diradilar. Masalan. Chorvoq suv omborida favqulodda vaziyat sodir bo`lib inshoot buzilsa. Tashkent viloyatini 25 km2 maydoni suv ostida qolishi mumkin. natijada shu hududda joylashgan sanoat korxonalari moddiy zarar ko`radi. Gidrotexnika inshootlarining ayrimlari katta shaharlar va yirik aholi yashash joylari yaqtida bo`lib, yuqori darajadagi xavfli obycktlardir.Bularning buzilishi juda katta hududlar, jumladan, shaharlar va aholi yashash joylarini suv ostida qolishiga olib kelishi mumkin, natijada shoshilinch evakuatsiya tadbirlari o`tkazilishini talab etadi. Shuningdek, o`sha joylar iqtisodiga juda katta zarar yctkazilishiga sabab bo`ladi. Gidrotexnika inshootlari quyidagilar natijasida buzilishi mumkin: Xavfli tabiat hodisalari - Tabiiy ofatlar (zilzila, ko`chki, yuvib ketish, jala va h.k.). Uskunalarning Tabiiy yeyilishi va eskirishi. Loyihalash va qurishdagi xatolar. Ishlatish qoidalarining buzilishi. Portlatishlar (jangovar harakatlar, terroristik ishlar va h.k.) Gidrotexnika inshootidagi xarakterli falokatlar: To`g`on teshilishi - to`g`on tanasida kichkina teshik hosil bo`lishi. To`g`onning buzilishi. To`g`onning yuvilib ketishi. Ko`lami va xaraktcri qandayligiga qarab extimoli bor quyidagi FV bo`ladi: To`g`on buzilgandagi toshqin - suvning bir qismi to`g`ondan o`lib ketishi. Suv bosishi - hududning asta-sckin suv ostida qolishi. Halokatli suv bosishi - to`g`on buzilib, uni urib kctgan suv hududni shiddat bilan tcz qoplab ketishi va toshqin sodir bo`lishi. Shikastlovchi omillar va ko`rsatkichlar. To`g`onni urib kctgan to`lqinning balandligi - 2 va 20 m. tezligi 3-100 km/ soat. To`g`onni urib kctgan to`lqin cho`qqisi va old tomonining yclib ketish vaqti (to`lqin tezligiga va joyining qancha oraliqda ekaniga qarab). Suv bosish zonasining chcgaralari (yer yuzasi relyefi qandayligiga qarab). Suv bosishining maksimal va amaldagi chuqurligi (relyefning qandayligiga. to`g`onni urib kctgan to`lqinning balandligi qandayligiga qarab). Suv bosish qancha davom ctishi (bir necha soatdan bir nccha kecha-kunduzgacha). Halokatli suv bosishning shikastlovchi omillari va parametrlari suv omborining o`lchamlariga, to`g`onning balandligiga, urib kctgan to`lqinning tczligi va balandligiga. yer yuzasi qandayligiga va boshqa sharoitlarga bog`liq bo`ladi. Suv bosish zonasi - hududning GT1 ga tutash va suv tagida qolishi mumkin bo`lgan qismi. Gidrotexnika inshooti bilan bog`liq halokatlar va falokatlarning sodir bo`lishini oldindan taxminlash va unga baho bcrish chora-tadbirlari. Hamma GXO va ehtimol bo`lgan suv bosish zonalari haritalarga (rejalarga. sxcmalarga) tushirilib. tcgishli shikastlovchi omillar va ko`rsatkichlar ko`rsatiladi. Bu hujjatlar FV boshqarmalari va bo`limlarida, shuningdek, GTI (GXO) ni quruvchi va ularni ishlatuvchi vazirliklar (idoralar) da va ularning joylardagi bo`linmalarida turadi. Oldindan taxminlashda falokat (halokat) ning chtimolligi, ko`lami va xarakteri hisobga olinadi. Quyidagilar natijasida suv urib kctishi (buzilishlar, avariyalar) yuz bcrishi mumkin: Tabiiy ofatlar (zilzilalar. o`pirilishlar. ko`chkilar, jalalar, dovullar, qorlar yalpi erishi, toshqinlar va h.k.); obyekt qurilmalarida yo`l qo`yilgan xatolar (loyihalash. qurilish); ishlatish qoidalari buzilishi; qo`poruvchilik, tcrroristik ishlar, jangovar harakatlar va h.k. Gidrotexnika inshootidagi falokat oqibatlari: GTI shikastlanishi yoki buzilishi hamda ozroq yoki uzoq vaqt o`z vazifasini bajarmay qo`yishi. Urib kctgan to`lqin odamlarga shikast yctkazishi va turli obyektlarni (inshootlarni buzib yuborishi. 3. Hududni suv bosib. mol-mulkka, yer, hosil, ekin, inshoot. imorat va boshqa infrastrukturalarga moddiy zarar yetishi. Sodir bo`lishi mumkin bo`lgan falokatlarning xarakteri va ko`lami quyidagi omillarga bog`liq: GTI ko`rsatkichlari (suvning hajmi, to`g`onning balandligi, qurilmasi, chidamliligi va h.k.); buzilish xarakteri va ko`lami; urib kctgan to`lqinning tavsifi; yer yuzasi relyefi, o`simliklar, qurilishlar va h.k.; yil fasli, kecha-kunduz vaqti, ob-havo sharoiti va h.k.; muhofaza inshootlari (aylanma kanallar, tashlamalar, ko`tarmalar va h.k.) mavjudligi; rahbarlik tarkibining, boshqaruv organlarining, kuch va vositalarning faoliyatga tayyorlanganlik darajasi; xabar berish cheklangan tizimining mavjudligi, ishlay olishi va samaradorligi; favqulodda vaziyat chegarasida vaqt davomida avariya-qutqaruv va boshqa shoshilinch ishlarning mohirona boshqarilishi, uyushqoqligi va samaradorligi; FV bo`lishi extimoliga ishlab chiqarish obyektlarini va aholining tayyorgarlik ko`rganligi. Oldindan taxminlashda birlamchi shikast omillari va ularning oqibatlaridan tashqari quyidagi ikkilamchi omillar ham hisobga olinadi: suv va yer yuzasining turli zararli moddalar bilan ifloslanganligi; odamlar va hayvonlarning ommaviy kasallanganligi; transport va energomagistral tizimlaridagi avariyalar; ko`chkilar, o`pirilishlar va h.k.; imorat va inshootlarning chidamliligining yo`qolganligi; atrof-muhitdagi ekologik buzilishlar; shuningdek halokat sodir bo`lgan obyekt va joydagi aniq sharoitga bog`liq boshqa salbiy oqibatlar. Oldindan taxminlashda, shuningdek, ko`lamiga qarab ko`rilishi mumkin bo`lgan quyidagi zararlar ham hisobga olinadi: aholi orasidagi talofatga (halok bo`lganlar, bedarak yo`qolganlar, shikastlanganlar, boshpanasiz qolganlar va h.k.) qanchaligini hisoblab baho beriladi; moddiy zararga (buzilgan, shikastlangan, ishdan chiqqan obyekt va inshootlar) qanchaligini hisoblab, shuningdek. pul bilan hisoblab baho beriladi, bundan tashqari, bevosita va bilvosita zararlar (ishlab chiqarishga aynan shu halokat yctkazgan ziyon va shikastlanganlarni ta`minlash xarajatlari hisoblab chiqiladi. Bevosita zararlar: GTI, imoratlar, avtomobil va temir yo`llar, elektr uzatish va aloqa simlari, energotizimlar, sug`orish tizimlari va h.k. obyektlar; chorva mollari, qishloq xo`jalik ekinlari hosil,. ekinzorlar, yer-suv va h.k. nobud bo`lishi; xom ashyo, yoqilg`i, ovqat mahsulotlari, chorva ozuqalari, sanoat mahsulotlari, o`g`itlar va h.k. yo`qotilishi va buzilib qolishi; xavfsiz joylarga aholini vaqtincha cvakuatsiya qilish va moddiy boyliklarni tashish xarajatlari; hosildor qatlam yuvilib kctishi va tuproq ustiga balchiq cho`kib qolishi . Bilvosita zararlar: ovqat mahsulotlarini, kiyim-kechak, dori-darmon, qurilish materiallari, texnika, chorva ozuqalari va boshqa odamiylik yordamlarini sotib olish va shikast topgan joylarga yetkazib berish xarajatlari; sanoat va qishloq xo`jalik mahsulotlarini tayyorlashni kamayishi hamda lqtisodiyotning rivojlanish sur`atini pasayishi; mahalliy aholining tirikchilik sharoitini yomonlashuvi; suv bosish extimoli bor zonadagi hududdan ratsional fovdalanishning iloji yo`qligi; shuningdek aniq mahalliy sharoitga bog`liq boshqa noqulay omillar: Halokatli suv bosgandagi sharoitga baho berish tartibi Dastlabki ma`lumotlarga aniqlik kiritish: GTI ga va undagi avariyaga tavsif berish (vaqti, ahvoli va h.k.). Obyekt joylashgan yer yuzasiga tavsif berish (relyef, o`simliklar, qurilishlar, transport magistrallari va boshqa lnfrastrukturani mavjudligi). Ob-havo-iqlim sharoiti (yil fasli, kecha-kunduz vaqti, ob-havo ahvoli va h.k.) Aholiga hududga va fuqaro muhofazasiga ta`sir darajasi. Xavfli zonaning shikastlovchi omillari va ko`rsatgichlarini aniqlash: Urib ketgan to`lqinning balandligi va tezligi. Suv bosishning maksimal va amaldagi chuqurligi. Halokatli suv bosish zonasining haritaga (rejaga, sxemaga) tushirish. Halokatli suv bosishning vaqt omillarini aniqlash. Urib ketgan to`lqinning muayyan chegaralarga va muhim obyektlarga (aholi yashash joylariga) yetib ketish vaqti (30 daqiqa, soat kabi vaqt bo`laklarida). Suv bosish qancha davom etishi (butunlay suv bosish zonasida va uning alohida qismlarida). Ehtimol bo`lgan talofat va zararlarni aniqlash. Muhofaza qilish va favqulotda vaziyat chegarasi (FVCH) yuzasidan asosli qarorga kelish uchun, halokatli suv bosishining aholiga, hududga va fuqaro muhofazasiga tasirini aniqlash. Gidrotexnika inshoatlaridan foydalanuvchi tashkilotlar zimmasiga ularning xavfsizligini ta`minlash maqsadida birqator majburiyatlar yuklangan(8.9-modda). Unga ko`ra bunday xavfli obyektlarni loyihalash, qurish va ishlatish davomida xavfsizligini pasayish sabablarini tahlil etish, sodir bo`lishi mumkin bo`lgan avariyani oldini olish bo`yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va bajarish, xuddi shunday bunday masalalar bo`yicha Favqulotda vaziyatlar organi bilan hamkorlik qilish zarurligi ta`kidlangan (13-jadval). 13-jadval Aholini va hududlarni halokatli suv hosishdan muhofaza q|ilish tadbirlari
Aholini va hududlarni halokatli suv toshishdan muhofaza qilish «Fuqaro muhofazasi to`g`risida»gi Qonunini 6 moddasida bayon etilgandck obyekt rahbari ya`ni Fuqaro muhofazasi boshlig`i o`z vakolatlari doirasida direktivalar, buyruqlar, qarorlar va farmoishlar chiqarish huquqiga ega. Xuddi shunday qonun hujjatlariga muvoftq boshqa vakolatlarni amalga oshirishi mumkin. Download 66.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling