Havoning nisbiy namligi. Maxsus texnolgik jarayonlar talab qilinadigan ish joylardan tashqari, nisbiy namlikni 75% dan oshmasligi va 30% dan kam bo’lmasligi kerak. Yuqori harorat ostida havo namligining ortishi natijasida organizmning issiqlik chiqarishi qiyinlashadi, natijada organizm qiziydi. Past harorat esa namlikning ortib ketishi tufayli organizmda issiqlik chiqishini tezlashadi, natijada tumov va boshqa shamollash kasalligiga chalinish mumkin. Yuqori nisbiy namlik (W>85%)teri bug’lanishining kamayishiga, juda past nisbiy namlik (W<20%) nafas olish yo’llari shilliq pardasining qurib qolishiga olib keladi.
Tabiiy havo. Insonni samarali fa’oliyat ko’rsatishining asosiy mezonlaridan biri bu ish joyidagi havoning tarkibiy qismidir. Tabiiy havo tarkibining asosiy tashkil etuvchisi bo’lmish kislorod gaziga inson organizmi juda seziluvchan. Agarda havoning tarkibida kislorodning miqdori 17%gacha kamaysa kishilarni nafas olishi va tomirlar urishi tezlashadi, 11-13%ga tushganda gipoksiya holati va 7-8%gacha kamayganda o’lim darajasiga olib keladi.
Ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarga bog’liq holda sharoitlarning noqulayligi.
Chang. Qishloq xo’jaligida ishlovchilarga doimiy ravishda turli xildagi changli sharoitda ishlashga to’g’ri keladi. Zaharli bo’lmagan mineral yoki organik changlar tomoq ko’z, nafas olish yo’li va o’pkani kasallantirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |