Ionlashtiruvchi nurlanish - Qishloq xo’jaligida ionlashtiruvchi nurlanishlar detallarning yemirilganligini, payvand chokining sifatini aniqlashda, urug’ga ishlov berishda, biologik tadqiqot ishlarida, tuproqni analiz qilishda, chorvachilik binolarida havoning sun’iy ionlashtirish evaziga chorva mahsuldorligi oshirish va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Ular ayrim kimyoviy elementlar yadrolarining o’z-o’zidan parchalanishi natijasida hosil bo’ladi. Radiy, toriy, uran elementlari shular qatoriga kiradi. Radiaktiv moddalar tabiatiga qarab, bir yoki bir necha xil nurlarni taratishi mumkin. Butun terining bir marotaba, ya’ni katta qismining 0,25-0,5gr miqdorida nurlanishi qon tarkibining o’zgarishiga, 0,1gr dan ortiq qismi nurlansa butun organizmda jarohatlanishning rivojlanishiga va ish qobiliyatini yo’qolishiga olib keladi. Agar 2-4gr miqdorida nurlansa, davolab bo’lmaydi, 6-10gr dan yuqorisi 100% o’limga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |