Texnologik jarayonlarni boshqarish tizimlari X bob. Avtomatik rostlashning vazifasi
Download 46.92 Kb.
|
1 2
Bog'liqTEXNOLOGIK JARAYONLARNI BO SH Q ARISH TIZIMLARI
TEXNOLOGIK JARAYONLARNI BOSHQARISH TIZIMLARI X bob. AVTOMATIK ROSTLASHNING VAZIFASI 10.1-§. ASOSIY TUSHUNCHA VA QOIDALAR Hozirda texnologik jarayonlarni quyidagi turlarga ajratish mumkin: Avtomatik nazorat, avtomatik rostlash va avtomatik boshqarish. Avtomatik nazorat — texnologik jarayon haqida operativ m’alumotlami avtomatik ravishda qabul qilish va uni qayta ishlash uchun kerak bolgan sharoitlarni ta’minlaydi. Avtomatik rostlash — texnologik jarayonlarning tegishli parametrlarini avtomatik rostlovchi asboblar yordamida talab qilingan sathda saqlanishini nazarda tutadi. Bunda odam faqat avtomatik rostlash tizimining (ART) ishlashini nazorat qiladi. Avtomatik boshqarish — texnologik amallarni avtomatik ravishda muttasil bajarilishini va boshqaruv obyektiga nisbatan boiadigan ta’sirlaming muayyan muttasilligini ishlab chiqishdan iborat. Avtomatlashtirish — texnologik jarayonlarni odam ishtirokisiz boshqaradigan texnik vositalami joriy etish demakdir. Avtomatlashtirish — ishlab chiqarish jarayonidagi odam ishtirok etmagan sanoatning yangi bosqichi bo’lib, unda, texnologik va ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish funksiyasini avtomatik qurilmalar bajaradi. Avtomatlashtirishni joriy etish — ishlab chiqarishning asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarining yaxshilanishiga, ya’ni ishlab chiqarilayotgan mahsulot qiymati va sifatining oshishi hamda tannarxining kamayishiga olib keladi. Zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarining ko‘pi to iiq avtomatlashtirilganligi bilan xarakterlanadi. Avtomatlashtirish barcha uskunalarning avariyasiz ishlashini ta’minlaydi, baxtsiz hodisalarning va atrof-muhit zaharlanishining oldini oladi. Shuningdek, kimyo va oziq-ovqat sanoatlarida portlash hamda yong‘in chiqish xavfi ko‘pligi ham jarayonlarni maksimal darajada avtomatlashtirishni talab qiladi. Ishlab chiqarish jarayonlarining avtomatlashtirilishi hozirgi vaqtda uch davrga bolinadi. Download 46.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling