Texnologik jarayonlarni identifikatsiyalash va modellashtirish fanining ishchi o


Fan bo’yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish mezonlari


Download 0.69 Mb.
bet7/10
Sana23.09.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1685343
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3 курсларга TJI va M 2023 2024 ishchi

Fan bo’yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish mezonlari

Fan bo’yicha talabalar bilimini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 9 avgustdagi 19-2018 son buyrug’I bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to’g’risidagi nizom” ga muvofiq amalga oshiriladi.



Baholash turlari.
Fan bo’yich talabalar bilimini nazorat qilish (baholash) oraliq va yakuniy nazorat turlarini o’tkazish orqali amalga oshriladi.
Oraliq nazorat
Оraliq nazorat (ОN) semestr davomida 2 marta amalga oshiriladi. Ushbu nazorat turi fan dasturining ma’lum bir tugallangan qismlari bo’yicha talabalarning nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarini baholash maqsadida o’tkaziladi. ON topshiriqlari ushbu fan bo’yicha ma’ruza, amaliy va tajriba mashg’ulotlari olib borayotgan professor-o’qituvchilar tomonidan o’tilgan mavzular va mustaqil ta’lim tarkibiga kiritilgan materiallar bo’yicha tayyorlanadi va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi. ON jarayoni 3 qismdan iborat bo’ladi.
1-qism. 1-ON da talaba o’tilgan materiallar bo’yicha kompyuterda test sinovi topshiradi. Test 20 ta topshiriqlardan iborat boladi. Ulardan kamida 18 tasiga to’g’ti javob bergan talabaga “5”, 14 tadan 17 tagacha topshiriqqa to’g’ti javob bergan talabaga “4”, 12 yoki 13 ta topshiriqqa to’g’ti javob bergan talabaga “3”, 12 tadan kam topshiriqqa to’g’ti javob bergan talabaga “2” baho qo’yiladi.
2-ON da talaba tasdiqlangan nazariy mavzular ichidan 1 ta tasodifiy tanlangan savoliga og’zaki javob beradi. Bunda talabaning bilimi 5 ballik tizimda quyidagi mezon bo’yicha baholanadi:

  • talaba mavzuning mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi, mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi hamda mavzu bo’yicha toliq tasavvurga ega deb topilganda – 5 baho;

  • talaba mavzuning mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi, lekin mustaqil xulosa va qaror qabul qila olmaydi, ijodiy fikrlay olmaydi, mustaqil mushohada yuritadi hamda mavzu bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda – 4 baho;

  • talaba mavzuning mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi, lekin mustaqil xulosa va qaror qabul qila olmaydi, ijodiy fikrlay olmaydi, mustaqil mushohada yurita olmaydi, ammo mavzu bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda – 3 baho;

  • talaba mavzuning mohiyatini tushunmaydi, bilmaydi, ifodalay olmaydi, aytib bera olmaydi, mustaqil xulosa va qaror qabul qila olmaydi, ijodiy fikrlay olmaydi, mustaqil mushohada yurita olmaydi, mavzu bo’yicha tasavvurga ega emas deb topilganda – 2 baho;

2-qismda talaba tasdiqlangan amaliy topshiriqlar ichidan 1 tasini tasodifiy tanlab, uni amalda bajarib ko’rsatadi. Bunda talabaning bilimi 5 ballik tizimda quyidagi mezon bo’yicha baholanadi:

  • talaba topshiriqni amalda bajara oladi, uni kompyuter xotirasiga kiritib, aniq va to’gri natija oladi, sarflanadigan kompyuter vaqti va xotirasini minimallashtirishga harakat qiladi deb topilganda – 5 baho;

  • talaba topshiriqni amalda bajara oladi, uni kompyuter xotirasiga kiritib, aniq va to’gri natija oladi, lekin sarflanadigan kompyuter vaqti va xotirasini minimallashtirish tog’risida tasavvurga ega emas deb topilganda – 4 baho;

  • talaba topshiriqni amalda bajara oladi, uni kompyuter xotirasiga kiritib, natija ola biladi, lekin olingan natija noto’g’ri, sarflanadigan kompyuter vaqti va xotirasini minimallashtirish tog’risida tasavvurga ega emas deb topilganda – 3 baho;


  • Download 0.69 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling