Texnologik jixozlar tanlash


Texnologik mashina va sanoat jihozlarini sozlash va xizmat ko‘rsatish mexanigi


Download 28.57 Kb.
bet2/6
Sana23.04.2023
Hajmi28.57 Kb.
#1393443
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
13-mavzu

Texnologik mashina va sanoat jihozlarini sozlash va xizmat ko‘rsatish mexanigi kasbi - yosh va kelajagi porloq kasblardan biri. U sanoatga murakkab texnologik jihozlarning kirib kelishi bilan bir vaqtda paydo bo‘ldi. Asosiy vazifa – muayyan mahsulot turini ishlab chiqarishda avtomatik qurilmalar va dastgohlarni sozlash. Bunday mexniklar, asosan, ishlab chiqarish korxonalarida ishlashadi.
Zamonaviy yirik kombinatda, hattoki oddiygina non - bulka mahsulotlarini ishlab chiqarish ham texnologik konveyer liniyalariga asoslangan keng ko‘lamdagi ishlab chiqarish turiga aylanib ketgan. Maxsus apparatlar “zanjirining” uzunligi ko‘p holatlarda bir necha o‘n metrlarga etadi. Bunday texnologik ta’minotning sifatli ishlashini ta’minlovchi mutaxassislar esa texnologik liniyalar sozlovchilari va operatorlari deb atalishadi.
Konveyerning to‘xtovsiz ishlashini texnologik liniya operatori ta’minlaydi, qaysiki liniyalarni ishlashga tayyorlaydi, konveyerni ishga tushiradi va ishlab turgan apparatlar zanjirining hech qaerida nosozlik bo‘lmasligini tekshiradi. Bu juda ham mas’uliyatli ish. Axir, liniya ishining buzilishi oqibatida jarayon butunlay barbod bo‘lishi mumkin. Albatta, hammasi ham operatorga bog‘liq emas. U apparaturada vujudga kelgan mayda nosozliklarni mustaqil ravishda tuzatishi mumkin, lekin liniyada jiddiy nosozlik yuz bersa, operator xavfsizlik choralarini ko‘radi va zudlik bilan “texnologik tez yordam”ni chaqiradi.
Texnologik ta’minot sozlovchisi – bu ham ishlab chiqarishning ixtiyoriy yo‘nalishida faoliyat olib boradigan kasb. Sozlovchi apparatura ishidagi nosozliklarni shunchaki tuzatmaydi. Avvalambor, u liniyaning o‘zini o‘rnatadi, uni yig‘ish va demontaj ishlarini amalga oshiradi, eksplutatsiyadan oldin uning har bir mexanizmini sozlab chiqadi, agregatning yoki konveyer bo‘laklarining nosoz joylarini sozlaydi. Mexanik avtomatik, yarimavtomatik, mexanizatsiyalashgan liniyalar, ko‘p uzelli mashinalar, avtomatlar, markazdan qochma tezlanishli mexanizmlar hamda boshqa mashinalarni sozlaydi va boshqaradi.
Jihozlarning nosoz holatlarida sozlovchi turli xil ta’mirlash ishlarini bajaradi, jihozni sinaydi va foydalanishga topshiradi. Zarur bo‘lganda, jihozlar detallari va uzellarini almashtiradi, tasmalarni yamaydi , kiydiradi, alohida qismlarni tutashtiradi.
Ishlab chiqarishning har bir tarmog‘ida o‘ziga xos nozik jihatlari mavjud. Qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarishga moslashgan apparaturalar baliq yoki go‘shtni konservatsiyalashga moslashgan apparaturalardan farq qiladi. SHuning uchun turli mahsulotlarni ishlab chiqarishga moslashgan texnik ta’minotning o‘ziga xos jihatlarini bilish –sanoatning ixtiyoriy yo‘nalishidagi texnologik liniya sozlovchisi kasbiy mahoratining asosi hisoblanadi. YAnada aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, texnologik mashina va jihozlar bo‘yicha mutaxassisning majburiyatlariga quyidagilar kiradi:



  • Texnologik jihozlar, elektro-, gidro-, pnevmouzatkichlarga xizmat ko‘rsatish;

  • Turli jihozlar kompleksini profilaktik ko‘rikdan o‘tkazish, ta’mirlash, uzellar o‘zaro bog‘liqligining to‘g‘riligini nazorat qilish;

  • YAngi mahsulotlarni ishlab chiqarish texnologik jarayonlari va jihozlarini muhandis bilan birgalikda o‘zlashtirish;

  • Eyilish darajasi yuqori bo‘lgan detallarni tezkorlik bilan almashtirish, alohida qismlarni moylash va, nihoyat, mashina va texnika resurslarining texnik holatini tekshirish;

  • Ish jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish.


Agar texnika sizning jonu-dilingiz bo‘lsa, bu kasbning eng mohir ustasiga aylanishingiz mumkin.
Lekin bu kasbda sozlash, yig‘ish, bo‘laklarga ajratish, chizma va sxemalarni o‘qish, qo‘l bilan boshqariladigan asboblar bilan ishlash jarayonlariga tegishli bo‘lgan universal bilimlarsiz hech narsa qilib bo‘lmaydi.
SHunday ekan, har bir yigitda sozlovchi kasbiga nisbatan moyillik bor, deb aytib bo‘lmaydi. Aytgancha, ko‘pincha qizlardan ham yaxshi sozlovchilar chiqadi – bugungi, foydalanuvchidan yanada ko‘proq maxsus bilimlarni, chuqur aqlni talab qiladigan avtomatik agregatlarni sozlash vositalari va usullari jadallik bilan takomillashib borayotgan bir kunda bu sohada jismoniy kuch eng asosiysi emas.

Download 28.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling