Rostlanuvchi kattalikning ayni paytda o`lchangan qiymati, rostlanuvchi kattalikning hozirgi qiymati deyiladi. Rostlanuvchi kattalikning ayni paytda o`lchangan qiymati, rostlanuvchi kattalikning hozirgi qiymati deyiladi. Rostlanuvchi kattalikning texnologik reglament bo`yicha ayni vaqtda doimiy saqlanishi shart bo`lgan qiymati rostlanuvchi kattalikning berilgan qiymati deyiladi. Texnologik reglament rostlanuvchi kattalikning hozirgi va berilgan qiymatlarini vaqtning har bir onida teng bo`lishini talab qiladi. Ammo ichki yoki tashqi sharoitlarning o`zgarishi sababli rostlanuvchi kattalikning hozirgi qiymati berilgan qiymatidan chetga chiqishi mumkin. Shu paytda hosil bo`lgan qiymatlar farqini xato yoki nomoslik deyiladi. Xato yoki nomoslik nolga teng bo`lgan texnologik jarayon turg`unlashgan rejim deyiladi. Turg`unlashgan rejimda moddiy va energetik balanslar qat`iy saqlanadi. Har qanday texnologik jarayon uchun mahsulotning eng yaxshi sifati va eng kam sarf-harajatlarda talab etilgan samaradorlikni ta`minlovchi optimal sharoitlar mavjud. Ushbu sharoitlarning birligi normal texnologik sharoit deb ataladi. Texnologik jarayon avtomatik tarzda rostlanayotgan sanoat uskunasi rostlash ob`yekti deyiladi. Har qanday texnologik jarayon rostlash ob`ekti sifatida quyidagi o`zgaruvchilarning asosiy guruhi orqali xarakteristikalanadi (1.1-rasm). Texnologik jarayon avtomatik tarzda rostlanayotgan sanoat uskunasi rostlash ob`yekti deyiladi. Har qanday texnologik jarayon rostlash ob`ekti sifatida quyidagi o`zgaruvchilarning asosiy guruhi orqali xarakteristikalanadi (1.1-rasm). Jarayon holatini xarakteristikalovchi o`zgaruvchilar (ularning birligini Y(t) vektori orqali belgilaymiz). Bu o`zgaruvchilarni rostlash jarayonida bir holatda ushlab turish yoki berilgan qonun bo`yicha o`zgartirish lozim. O`zgaruvchilarni stabillashtirish aniqligi texnologiya va rostlash sistemasining imkoniyatlari taqozo etadigan talablarga bog`liq holda turlicha bo`lishi mumkin. Odatda Y(t) vektoriga kiruvchi o`zgaruvchilar bevosita o`lchanadi, lekin ba`zi holatlarda ularni boshqa bevosita o`lchanuvchi o`zgaruvchilar bo`yicha ob`ekt modelini qo`llab hisoblash mumkin. Y(t) vektori odatda rostlanuvchi kattaliklar vektori (yoki ishchi parametr) deb ataladi. Ko`p hollarda ishchi parametrlari tezlik (chiziqli va aylanuvchan), harorat, bosim, chiziqli va burchak siljish kabi fizik kattaliklarni ko`rsatadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI: - www.hozir.org
- www.fayllar.org
- www.kitob.uz
- www.jizpi.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |