JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI ENERGETIKA VA RADIOELEKTRONIKA FAKULTETI TEXNOLOGIK JARAYONLARINI AVTOMATLASHTIRISH VA BOSHQARISH KAFEDRASI AVTOMATIK BOSHQARISH NAZARIYASI
TAYYORLADI:
Xudoyqulov Dadajon
451-21 guruh
JizPI-2023
MAVZU:AVTOMATIK BOSHQARISH SISTEMALARI SEZGIRLIGI
REJA:
Avtomatik boshqarish sistemalarini klassifikatsiyasi Texnologik jarayonlarda odamning ishtirok etishiga ko`ra avtomatlashtirishni quyidagilarga ajratish mumkin: avtomatik nazorat, avtomatik rostlash va avtomatik boshqarish. Avtomatik nazorat – texnologik jarayonlarda tezkor ma`lumotlarni avtomatik ravishda qabul qilish va uni qayta ishlash uchun kerakli bo`lgan sharoitlarni ta`minlaydi. Avtomatik rostlash – texnologik jarayonlarning tegishli parametrlarini avtomatik rostlovchi asboblar yordamida talab qilingan sathda saqlanishini nazarda tutadi. Bu holda odam faqat avtomatik rostlash sistemasining (ART) to`g`ri ishlashini nazorat qiladi. Avtomatik boshqarish – texnologik operatsiyalarni belgilangan ketma-ketlikda avtomatik ravishda bajarilishini va boshqaruv ob`yektiga nisbatan bo`ladigan ta`sirlarning muayyan muttasilligini ishlab chiqishdan iborat. Avtomatik boshqarish – texnologik operatsiyalarni belgilangan ketma-ketlikda avtomatik ravishda bajarilishini va boshqaruv ob`yektiga nisbatan bo`ladigan ta`sirlarning muayyan muttasilligini ishlab chiqishdan iborat. Ishlab chiqarish jarayonlarining avtomatlashtirilishi asosan uch bosqichdan iborat bo`ladi: Birinchi bosqich – bunda asboblarni mashina va apparatlar yaqiniga joylashtirish deyarli qiyinchiliklar tug`dirgan. Avtomatlashtirishning bu davrida shkalasi yaxshi ko`rinadigan yirik o`lchamli asboblar ishlatiladi. Bunda bir korpusga o`lchash asbobi, rostlagich va topshiriq beruvchi qurilma joylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |