Texnologik ta`lim prognostikasi fanidan 1-Maruza Mavzu: Texnologiya ta`limini tadqiq qilishning metodologik asoslari predmerining maqsad va vazifalari
Download 392.11 Kb.
|
TEXNOLOGIK TA`LIM PROGNOSTIKASI 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tajriba-sinov ishlarining mazmuni.
Tayanch so’z va iboralar: Tadqiqotning sinov tajriba ishlarining hajmi katta bo’lib, uni tadqiqotni har bir ishtirokchilari bilan tadqiqotchining ishtiroki bilangina bajarish mumkin. Ana shu tadqiqot tajriba sinovlari topshiriqlari ma’lum vaqt mobaynida ma’lum kursatgichlariniu olish bajariladi.
Tajriba-sinov ishlarining mazmuni. Ilmiy tadqiqot ishlarida tajribachilik ishlarining mazmuni tadqiqot rejasidan kelib chiqadi va u tadqiqot ishti rokchilarining qiziqishiga qarab tadqiqotda quyiladigan vazifalarga, tadqiqotning zonasi sharoiti va hususiyatlariga bog’liq holda to’ldirilishi mumkin. Tadqiqot mavzusi kura tadqiqot tajriba sinov ishining vositalari va tajriba cinov ekaperimenti utkazishi kerakli joylar tanlanadi. Tadqiqotning sinov tajriba ishlarining hajmi katta bo’lib, uni tadqiqotni har bir ishtirokchilari bilan tadqiqotchining ishtiroki bilangina bajarish mumkin. Ana shu tadqiqot tajriba sinovlari topshiriqlari ma’lum vaqt mobaynida ma’lum kursatgichlariniu olish bajariladi. Tadqiqot tajriba sinov ishlari uchun tadqiqot mavzularini quyidagi bo’limlar bo’yicha tizimlashtirish mumkin: Muammo mohiyatiga kura tajriba eksperiment unkazish shart-sharoitlari. Muammoning echishga qo’yiladigan talablar. Muammoni echish xususiyatlari bilan tanishish. Muammoni echishni o’zgaruvchan va o’zgarmaydigan kursatgichlarini asoslash. Muammoni echishni samarariylik mezonlarini aniqlash. Samarariylik mezonlari asosida muvofiq kursatgichlarini olish. Tadqiqotning rejasidagi tajribalar tadqiqotlarning umumiy va hususiy metodikalarini ishlab chiqish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Tadqiqotchilarning mezon asosidagi tajribachilik metodikasi tadqiqot tajriba-sinov tajribalar xilma-xil bo’lishi, usish va pasayish dinamikasi, sxemalari murakkabroq, takrorlanishlar ko’proq, tajriba davomiyligi uzoqroq bo’ladigan eksperimentga kunikish davriga tezroq o’tishda yordam beradi. Tadqiqotni tajriba sinov eksperimentlari ishlab chiqarish jarayonlarida va fan sohasida utkaziladigan ilmiy tadqiqot tajriba sinov eksperimentlariga ajratish mumkin. Ishlab chiqarish jarayolarida utkaziladiuan tadqiqotni tajriba sinov eksperimentlari mahsulot yaratishga qaratilgan qishloq xujalik ishlab chiqarish jarayonlarida, sanoat ishlab chiqarishida, tog’kon sanoati, qurilish, transport va boshqa jamiyat ishlab chiqarish jabhalari buyicha turlariga bo’lish mumkin. Xuddi shuningdek, fan sohasida utkaziladigan tadqiqotni tajriba sinov eksperimentlarini ham hodisa, jarayon, predmet, harakat va boshqa qonuniyatlarni ochish va o’rganishga qaratilgan tabiy fundamental taqqiqotchilikda utkaziladigan tajriba sinov eksperimentlariga va urganish va urgatish muloqotlarida ta’lim saviyasini oshirishga qaratilgan tajriba eksperimentlariga ajratish mumkin. O’quv-tajriba sinovlari ta’limga oid tadqiqotga ta’luqli bo’lgan tajriba sinov eksperimenti bo’lib, u texnologiya ta’limini tadqiq qilishning metodologik asoslari fanini asosi hisoblanadi. O’quv-tajriba sinovlari eksperimenti birinchi galda ta’limiy bilish ahamiyatiga ega bo’ladi. O’quv-tajriba sinovlari eksperimentida tadqiqotchi o’qituvchilar, magistrlar, doktarantlar, talabalar tadqiqotchilar sifatida tadqiqot ishlarini olib borishlari mumkin. O’quv-tajriba eksperimenti urgatish muloqotini, o’qituvchilik kasb sir asrorlarini, kelgusida o’quvchilarga dars berish mahoratini, etuk mahoratli bulishga intilish va bu ishlardan tegishli tajriba ma’lumotlarini tahlil qila olishlari va ulardan tegishli xulosalar chiqara bilishlari uchun xizmat qiladi. Shu bilan birga utkazilayotgan tadqiqot tajribalari ta’lim maqsadiga ham ega bo’lishi, tegishli sharoitlarda ilmiy uslubiy umumlashmalarning asosiga aylanishi lozim. Ta’limning ish amaliyoti ilmiy tadqiqot mavzular uchun tajribalar eng muhim ekanini ko’rsatmoqda. Ma’lumki, ta’limda bir xillikka yo’l qo’yib bo’lmaydi. Chunki, tavsiya etilgan o’qitishni usul va formalari ba’zan ijobiy samara beradi, ba’zan, o’qitish usullarini almashtirishga to’g’ri kelishi mumkin. Buni icboti sifatida, oily ta’limda texnologiya ta’limi bakalavriat yunalishi buyicha o’qituvchi tayyorlashga muljallangan o’quv rejasidagi yazariy yoki amaliy fanlarni, mutaxassislik yoki mutaxassislikka yordamchi fanlarni o’qitish jarayonida o’qitishning amaliy saviyasini oshirish maqsadida utkazilgan ilmiy tadqiqot tajriba eksperimenlari natijasila kurishimiz mumkin. Ya’ni bunda tajiba sinovi o’qitishnin eng muvofiq usulini toppish va asosli isbotlash uchun utkaziladi. O’quv-tajriba sinovlari eksperimentida o’rganuvchilarga o’rgatilishi kerak bo’lgan dars material va manbalari asosida oddiy guruh va eksperiment guruhlarga o’qitilishi kezatiladi. Qoralama yozuvlar yana tekshiriladi, ularni dastlabki ishlov berishda to’plangan materiallar bilan taqqoslanadi, tajribada o’qitish samaradorligi buyicha qo’llangan usul baholanadi va lozim bo’lsa, aniqlik kiritiladi, hisoblashdagi xatolar kuzatiladi. Tajribani o’tkazish metodikasi va texnikasida jiddiy nuqsonlarga yo’l qo’yilgani aniqlansa, u bekor qilinadi. O’qitish samaradorligi haqidagi ma’lumotlarni jadvalga ko’chirishdan oldin standart asosida o’rganuvchilarni o’zlashtirish, egalash, shaklanish kursatgichlari qayta hisoblanadi. Variantlar bo’yicha olingan kursatgichlar o’rganuvchilarni foiz hisobidagi to’g’ri kelganlari ma’lim bir miqdor bilan ifodalanadi. So’ngra eng muvofiqini toppishda tanlash uchun saralashga beriladi. O’ranuvchilar agar tajriba bir necha takroriylikda uyushtirilgan bo’lsa, kontrolga nisbatan 7-10 foiz qo’shimcha to’g’ri, deb hisoblanishini bilishlari kerak. Lekin o’rganuvchilar o’tkazilgan yoki ilmiy ishlab chiqarish maqsadlarida o’quv-tajribasida amalga oshirilgan tajribalarining ma’lumotlarini ishlab chiqish uchun dispersnoy analizning ancha takomillashgan usuli qo’llanadi. Bu usul tasodifiy o’zgarishlarning chegarasini aniqlash va o’zlashtirish ma’lumotlarining o’rtacha qiymatlari orasidagi farqlarning muhimligini baholash imkonini beradi. O’zgartirilgan ma’lumotlar qayd qilinadi.Tajribada chetga chiqishlar har doim sodir bo’ladi. Ularning sabablari har xil: o’rganuvchilarning qobiliyatlari bir xil emasligi, dars materiakkarini qiyinchiligi buyicha har xilligi, tajribaning uslubiy jixatdan nuqsonlardan iboratdir. Bu sabablar har bir variantni hisobiy ishlarini amalga oshirishda e’tiborga olinishi kerak. Ilmiy tadqiqotni tajriba sinov eksperimentini utkazish tajriba o’tkazish rejalarini tuzish, muammo mazmuni buyicha tadqiqot uchun bir necha variantlar tanlash, tanlangan variantlarni sifati buyicha tekshirish, tajribadan oldin guruhlarni mavjud o’zlashtirish ahvolinio’rganish, har bir variant buyicha tajriba utkazish, tegishli o’zlashtirish kursatgichlarini olish, kursatgichlarni taqqoslash orqali hisoblash, eng muvofiq kursatgichlarini tanlash orqali olish kabi tartibda olib borilishi mimkin. Pedagogik faoliyatda qo'llaniladigan har qanday texnologiyaning i^honchliligi, samaradorligi va uning chin zaruratini aniqlashda tajriba-sinov ishlari muhim ahamiyatga ega. Pedagogik texnologiya- lami loyihalashtirish, ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy qilish jarayonida amalga oshiriladigan tashkiliy va uslubiy tadbirlar orasida tajriba-sinovlarni tashkil qilish va o'tkazish muhim bosqich hisoblanadi. Shuning uchun ushbu tajriba-sinovlar xususida qisqacha (mux- tasar) ma’lumot berilishi maqsadga muvofiqdir. Pedagogik tajriba-sinovlar o'tkazishning asl mohiyati amaldagi pedagogik jarayonlami takomillashtirishga olib boradigan tadqiqot- lar va ularning farazlariga muvofiq ravishda. aniq maqsad sari yo'naltirilgan yangi yo'nalish, mazmun, usul, vosita va yangi ta’lim- tarbiyaviy muhit yaratishdan iboratdir. Masalani aniq tasawur qilish uchun asosiy tushunchalaming ta’riflarini aniqlab olishimiz lozim. Tajriba-sinov —bu shunday tafakkur metodi bo‘lib, uning yordamida tabiiy yoki sun’iy tarzda yaratiladigan, nazorat qilinadigan, boshqariladigan jarayonlar tadqiq qilinadi, muammolami hal qilish- ning yangi vositalari izlanadi va amalda sinab ko‘riladi. Pedagogik tajriba-sinov-bu ilmiy-pedagogik tafakkur metodi bo'lib, pedagogik omillar, shart-sharoitlar, jarayonlar va uslubiy yondashuvlar orasidagi sabab-oqibatli aloqadorlikni aniq rejalar asosida oydinlashtirish imkoniyatini beradigan tadbirlardir. Nazariy metod-pedagogik texnologiyani modellashtirish, tahlil qilish, sintezlash, taqqoslash, umumlashtirish, tabaqalashtirish, uning tizimlarini integratsiyalashtirish va ular o'rtasidagi eng mu- him qonuniy bog'lanishlarni aniqlashdir. Empirik metod-tajriba-sinov tadbirlariga oid ma’lum boMgan ilmiy-nazariy, o‘quv-uslubiy, ilmiy-ommabop, qo'shimcha ada- biyotlami o'rganish va mavjud g'oyalar, farazlar hamda tajribalami tahlil qilish evaziga tajriba-sinovga daxldor modellar va bajarilishi kerak bo'lgan ishlar loyihasini yaratish, sinab ko'rish va amaliyotga tatbiq qilish metodidir. Tajriba-sinov ishlari natijalarining ishonchliligi va kafolatlan- ganligi muhim ko'rsatkichdir. Tajriba-sinovlarni amalga oshirish natijasida har xil kutilmagan xulosa va natijalar olinishi mumkinligi nazarda tutilishi lozim. Buning sababi shundaki, tajriba-sinovlar yakuni hamma vaqt ham kafolatli natijalarni beravermaydi. Tajriba- sinovlarning muvafTaqiyati ko'p jihatdan uni o'tkazuvchining uquv va malakasi, metodik mahorati, bilim va tajribasi, respondentlar (tajriba-sinov ishtirokchilari) ning soni va ularning bu tadbirlarga munosabatlariga bog'liq. Tajriba-sinovlarga kirishishdan oldin shu sohaga doir eng maqsadga muvofiq ish metodini belgilab olish muhimdir. Bu metodlar, asosan, yuqorida aytilgan nazariy hamda empirik tajribalarga asoslangan ikki asosiy guruhga bo'linadi. Tajriba-sinovga mavzu qilib olingan muammoga bog'liq barcha me’yoriy va metodik hujjatlar, tavsiyalar, yo'niqnomalarni o'rganib chiqish zarur hisoblanadi. • Ta’lim-tarbiya muassasalari faoliyatiga doir turli hujjatlarni tahlil qilish, pedagogik kuzatuvlar olib borish, og'zaki va yozma so'rovlar o'tkazish, anketa va test savollariga javoblar olish, turli ilg'or tajri- balarni o'rganish va umumlashtirish ishlarini amalga oshirish ham pedagogik tajriba-sinovlarga yordam beradi. Bunday ishlarni tashkil etish va o'tkazish borasida pedagogik texnologiya asoslariga doir o'quv qo'llanmasini davlat tilida birin- chilardan bo'lib yaratgan mualliflar — J.G'.Yo'ldoshev va S.A. Us- monov eng asosiy tasniflarni taklif etganlar. Tajriba-sinov ishlarini tashkil qilish quyidagilami o'z ichiga oladi: Pedagogik texnologiyaning tajriba-sinov dasturini tayyorlash. Dastumi amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish: tajriba-sinov ishlarining moddiy bazasini yaratish; boshqaruv vazifalarini taqsimlash; kadrlami bu jarayonga maxsus tayyorlashni tashkil qilish. Tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish. Tajriba-sinovda ishtirok etgan pedagoglami moddiy va ma’naviy rag'batlantirish. Ilmiy rahbar yoki konsultant izlash, tanlab olish va ularni tajriba-sinov ishlariga jalb etish. Tajriba-sinov dasturini tayyorlashda quyidagilar nazarda tutiladi: Taklif qilinayotgan pedagogik texnologiyaning dolzarbligini asoslash. Uning asosiy mazmunining bayoni. Tajriba-sinov obyektini aniqlash: pedagogik jamoa; o‘quvchilar; tarbiyaviy ish tizimlari va boshqalar. Tajriba-sinov predmeti. Tajriba-sinov maqsadini talqin etish: -yangi metodika; -yangicha tabaqalashtirish; -yangi dastur yoki o'quv rejasi; -ma’lum texnologiyaning yangicha varianti; -yangi metodik ishlanma va hokazo. Tajriba-sinov vazifalarini umumiy hamda xususiy maqsadlar bo'yicha aniq belgilash. 6.Tajriba-sinovning aniq metodikalari va metodlarini tanlab olish. 7.Tajriba-sinov muddatini belgilash. 8.Tajriba-sinov bosqichlarini belgilash. 9.Talab qilinadigan vaqt miqdorini belgilash. 10.Tajriba-sinovning aniq bazasini aniqlash. l.Tajriba-sinovdan kutilgan natijalarni baholash mezonlarini tanlab olish. Kutilayotgan natijalarni belgilash. 13.Tajriba-sinov dasturini ekspertiza qilish tartibini belgilash. 14. Tajriba-sinov jarayoni natijalarini kuzatib borish, nazorat qilish qoidalarini belgilash. 15.Tajriba-sinov natijalarini rasmiylashtirish tartibini belgilash va boshqalar. Pedagogik texnologiyalaming samaradorligini baholash uchun uning uzluksiz kuzatilishi-monitoringini tashkil etish lozim. Download 392.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling