Texnologik ta`lim prognostikasi fanidan 1-Maruza Mavzu: Texnologiya ta`limini tadqiq qilishning metodologik asoslari predmerining maqsad va vazifalari


Download 392.11 Kb.
bet1/69
Sana09.01.2023
Hajmi392.11 Kb.
#1085049
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
Bog'liq
TEXNOLOGIK TA`LIM PROGNOSTIKASI 2022


TEXNOLOGIK TA`LIM PROGNOSTIKASI FANIDAN


1-Maruza
Mavzu:Texnologiya ta`limini tadqiq qilishning metodologik asoslari predmerining maqsad va vazifalari.
Maqsadli reja:
1. Ta`lim sohasidagi Davlat siyosatining asosiy tamoyillari, «Ta’lim to’g`risi da»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ida ta’kidlangan islohotlarni amalga oshirishda fanning o’rni. (10 ta test tayyorlash)
2. Texnologiya ta`limini tadqiq qilishning metodologik asoslari, fanining mazmun mohiyati (10 ta test tayyorlash)
3. Texnologiya ta`limini tadqiq qilishning metodologik asoslari fanining maqsad va vazifalari. (10 ta test tayyorlash)

Tayanch so’z va iboralar: Texnologiya ta`limini tadqiq qilishning metodologik asoslari predmerining maqsad va vazifalari


1. Ta`lim sohasidagi Davlat siyosatining asosiy tamoyillari, «Ta`lim to’g`risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ida ta’kidlangan islohotlarni amalga oshirishda fanning o’rni.
«Ta’lim to‘g‘risida»gi yangi tahrirdagi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» 2020 yil 7-avgusda maqullangan 2020 yil 23 sentyabrda qabul qilindi. Mamlakatimiz kelajagi uchun qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» juda muhim ahamiyatga ega, unda shunday deyiladi:
«Respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsad va harakatga keltiruvchi kuchi bu inson, uning barkamol rivojlanishi, farovonligi, shaxs manfatlarini ro‘yobga chiqarish sharoitlari va tasirchan mexanizmlarini yaratish. Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro‘yobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-xunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o‘zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa shart-sharoitlarni yaratishni, jamiyat va davlat hamda oila oldida o‘z mashuliyatini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutiladi».
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni ro‘yobga chiqarishning I-bosqichida «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq ta’lim tizimi mazmunini tarkibiy qayta qurish va tubdan yangilash, ta’lim oluvchilarning yuksak tayyorgarlik darajasi, malakasi, madaniy va ma’naviy-axloqiy saviyasining sifatiga qo‘yiladigan zarur talablarni joriy etish ko‘zda tutiladi.
Mazkur dasturning maqsadi – ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishidan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlashga milliy tizimini yaratishdir.
Ushbu maqsadni ro‘yobga chiqarish quyidagi vazifalar hal etilishi nazarda tutadi.

  • «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq ta’lim tizimini tubdan isloh qilish davlat va nodavlat ta’lim muassasalari hamda ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muhitini shakllantirish negizida ta’lim tizimini yagona o‘quv-ilmiy ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni tahminlash;

  • ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslash;

  • kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarni yuqori malakali mutaxassislar bilan tahminlash, pedagogik faoliyatining nufuzli va ijtimoiy maqomini ko‘tarish;

  • kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatnig ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish;

  • ta’lim va kadrlar tayyorlash, ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiya qilish sifatiga baho berishning xolis tizimini joriy qilish;

  • ta’lim, fan va ishlab chiqarish samarali integratsiyalashuvini tahminlash, tayyorlanayotgan kadrlarning miqdori va sifatiga nisbatan davlatning talablarini, shuningdek, nodavlat tuzilmalari, korxonalar va tashkilotlarning buyurtmalarini shakllanishining mexanizmlarini ishlab chiqish;

  • Xalq xujaligini barcha sohalarida ilmiy tadqiqotlarni samarali natijalari asosida faoliyat yuritishni ta’minlash;

  • Ta’lim sohasida ilmiy tadqiqot ishlari samarali olib borishga erishish;

  • uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimiga buyudjetdan tashqari mablag‘lar, shu jumladan chet el innovatsiyalarini jalb etishning real mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;

  • kadrlar tayyorlash sohasida o‘zaro manfatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.

Milliy dasturning maqsad va vazifalari bosqichma-bosqich ro‘yobga chiqariladi.
Ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustah kamlanadi, o‘quv-tarbiya jarayonining o‘quv-uslubiy majmualar, ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan to‘liq tahminlanadi.
Milliy oliy ta’lim muassasalarini qaror toptirish va rivojlantirish amalga oshiriladi. Kasb-hunar ta’lim muassasalarining mutsaqil faoliyat yuritishi va o‘zini-o‘zi boshqarishi shakllari mustahkamlanadi.
Ta’lim jarayonini axborotlashtirish. Uzluksiz ta’lim tizimi jahon axborot tarmog‘iga ulanadigan komppyuter axborot tarmog‘i bilan to‘liq qamrab olinadi.
Dastur talablariga ko‘ra kadrlar tayyorlash jarayonida qo‘yidagi sub’ektlar ishtirok etadi: SHaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarish.
Milliy dasturning qoidalarini hayotga tadbiq etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi bir qator qarorlarni qabul qildi.
Maktabning asosiy maqsadi o‘quvchilarni DTSlariga muvofiq o‘qitish va tarbiyalash hamda shaxsning ta’lim olishga doir konstitutsiyaviy huquqini ro‘yobga chiqarishdan iboratdir. Maktab o‘quvchilariga ta’limning davlat boshqaruv organlari tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejasi va dasturlari asosida fan asoslaridan bilimlarining zarur hajmini beradi, ulardagi tashkilotchilik qobiliyatlari va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantiradi, ta’limning keyingi bosqichlarida ongli ravishda mustaqil tanlashlariga ko‘maklashadi.
Maktablardagi umumiy o‘rta ta’lim provardida quyidagi natijalarga erishilishi lozim:

  • Bilimli, barkamol, madaniyatli shaxslarni shakllantirish, ularni oila, jamiyat, davlat oldidagi ma’suliyatini to‘la anglaydigan va egallagan bilimlarini hayotga tadbiq eta biladigan shaxs sifatida kamol toptirish;

  • Axloqan pok, jismoniy baquvvat, vatanga sadoqatli, fidoiy inson, izlanuvchan, tashabbuskor sog‘lom avlodni etkazib berish;

  • Ta’lim oluvchilarni o‘rta maxsus o‘quv muassasalari (akademik litsey, kasb-hunar kollejlari)da o‘qishlarini davom ettirishlari uchun tayyorlashdan iboratdir.

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ga muvofiq umumta’lim maktablarning o‘qitish dasturlarini isloh qilish, to‘qqiz yillik umumiy o‘rta ta’limning sifat jihatidan yangi tizimini yaratish, uning o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bilan davomiyligini va uzviy bog‘liqligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilangan.

Download 392.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling