Texnologik ta`lim prognostikasi fanidan 1-Maruza Mavzu: Texnologiya ta`limini tadqiq qilishning metodologik asoslari predmerining maqsad va vazifalari


TEXNOLOGIK TA`LIM PROGNOSTIKASI FANIDAN


Download 392.11 Kb.
bet6/69
Sana09.01.2023
Hajmi392.11 Kb.
#1085049
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
Bog'liq
TEXNOLOGIK TA`LIM PROGNOSTIKASI 2022

TEXNOLOGIK TA`LIM PROGNOSTIKASI FANIDAN


2-Maruza
Mavzu:Ta`lim sohasidagi amalga oshirilayotgan davlat siyosatining asosiy tamoyillari.


Maqsadli reja:

  1. Ta’lim prinsiplarining ahamiyati.

2, Ta’lim prinsiplari tizimiga nimalar kiradi? Ta’limning ilmiy bo'lishi prinsipi mohiyati.
3.Taiimda nazariya bilan amaliyotning bog`liq bo'lishi prinsipini mutaxassislika bog`lash.
4. Ta’limda onglilik va faol harakatda bo`lish prinsipi.
5.Ta’limni tarbiyalovchilik imkoniyatlaridan foydalanishning pedagogik jarayondagi ahamiyati.
6.Ta’lim jarayonining ko'rsatmali bo'lishi ta’lim samarasiga ta’siri.

Tayanch so’z va iboralar: Uzluksiz ta’lim kadrlar tamoyil, umumilmiy tamoyillar, konkret metodoiogik tamoyillar, yondashuv, shaxsiy-faoliyatga y o ‘naltiriiga yondashuv, refleksiv yondashuv, aksiologik yondashuv, kompetent yondashuv,akmeologik yondashuv.


Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi va kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlaridan biri, deb ta’kidlanadi, kadrlar tayyorlash milliy dasturida. Uzluksiz ta’lim tizimi o'quv-tarbiya jarayonining hamma bosqichlarini qamrab oladi hamda har tomonlama yetuk barkamol avlodni yetishtirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Dasturda uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish prinsiplari ham o'z ifodasini to'liq topgan.
Bular:

  • ta’limning ustuvorligi,

  • ta’limning demokratlashuvi,

  • ta’limning insonparvarlashuvi,

  • ta’limning ijtimoiylashuvi,

  • ta’limning milliy yo'naltirilganligi,

  • ta’lim va tarbiya uzviy bog‘liqligi,

  • iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori darajada bilim olishlari uchun shart-sharoit yaratish1 kabilardir.

Prognostikada ta’limning ilmiy-nazariy, uslubiy asoslari alohi­da, ya’ni didaktika qismida o'rganiladi. Bu jarayonda ta’lim prin­siplariga alohida to‘xtaladi. Xo‘sh, ta’lim prinsiplari kim uchun va nima uchun kerak? U o'quvchi faoliyatiga ham dahldormi?
Ta’lim jarayoni murakkab hamda ko‘p qirralidir. Bu jarayon- ning muvaffaqiyatli va samarali natijasi ta’lim jarayonining qonun qoidalari, ya’ni ta’limga qo‘yilgan didaktik talablarga qay darajada amal qilishlariga bog‘liq.
Ta’lim prinsiplari o‘quv tarbiya jarayoniga qo'yiladigan ijtimoiy talablar, ta’limni tashkil etish va boshqarishda rioya qiladigan qoidalar sifatida amal qiladi.
Ta’limni tashkil etish, boshqarish va nazorat qilishda o'qituv­chi va o'quvchi faoliyatiga qo'yiladigan talablar, qoidalar ta’lim prinsiplari deb ataladi.
Prinsiplar umumdidaktik kategoriya bo'lib, ular ta’limning barcha turlari, darajalari, subyektlari, o'quv-tarbiya jarayonining hamma komponentlariga dahldor umumiy qoidalardir.
«Prinsiplar va ta’lim qonuniyatlari uzviylikda mavjuddir. Qo- nuniyatlar prinsiplaming ayrim tomonlarini yoritadi. Prinsip umu- miylik xususiyatiga ega bulib, ta'limda barcha uquv fanlarini uqitish bosqichlarida qo'llanadi».2
O'qitish bilish faoliyatining ajralmas qismi sifatida, insonning tevarak - atrofdagi dunyoni bilishining umumiy qonunlari asosida sodir bo'ladi. Shuning uchun o'qitish tamoyillari ta’lim jarayoni­ning eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to'g'ri hal qilishning asosiy negizi hisoblanadi.
Ta’lim tamoyillari o'quv yurtlari oldida tuigan ulkan vazifalar asosida belgilanadi. Ular o'zaro bir-biri bilan mustahkam bog'liq holda bir sistemani tashkil etadi. Har bir darsda didaktik tamoyil- larning bir nechtasi ishtirok etishi mumkin. Ular ta’lim oldida tuigan asosiy maqsadlami hal etishga o'z hissasini qo'shadi. Ta’lim tizimi isloh qilinayotgan hozirgi jarayonda o'quvchi talabalarga mustahkam bilim berish, ularni erkin, mustaqil fikrlay oladigan insonlar qilib tarbiyalashda, ta’lim tamoyillaming mohiyatini chu­qur anglash va hayotga tatbiq etish muhim muammolardan biridir. O'quv yurtlarida beriladigan bilim ilmiy xarakterga ega bo'lishi, texnika va fanning so'nggi yutuq va kashfiyotlarini o'zida ifoda etishi lozim. Shunday ekan o'quvchi ilm fandagi yangiliklardan xabardor bo'lishi lozim.
O'qitishning ilmiylik tamoyillari ta’lim jarayonida o'quvchi- talabalarni hozirgi zamon texnika fan taraqqiyoti darajasidagi ilmiy bilimlar bilan qurollantirish, ayniqsa, talaba yoshlami ilmiy tad- qiqot usullari bilan tanishtirishga qaratiladi. Ilmiylik ta’limning mazmuniga va usullariga aloqadordir. Shunday ekan bilim ilm-fan bilan o‘quv predmeti o'rtasida hamkorlik, o‘zaro bog‘liqlik bo‘li- shiga erishish lozim. Ta’limning hamma bosqichlarida ilmiy izoh- lashlardan foydalanmoq lozim.
Bilimlarni tizimli va izchil o'zlashtirish qoidasi ta’limning ilmiyligi va tushunarliligi qoidalari bilan uzviy bog'liq. Tizimlilik (sistemalilik) didaktik kategoriya sifatida YA.A.Komenskiyning asarlarida asoslab berilgan edi. U tabiatda bir narsa ikkinchi narsa bilan bog‘liq bo‘lganidek, ta’limda har bir narsa ikkinchisi bilan aloqada bo‘lmog‘i, har bir mashg'ulotda o'rganilgan bilim keyingi o‘rganiladigan bilimlarga yo‘l ochishi lozim, deb hisoblaydi.

Professor O.Roziqov tizimlilikni ta’lim qoidasi sifatida quyidagi belgilaiga ega ekanligini ta’kidlaydi: tartibga solinganlik, tashkiliy- lik, yaxlitlik, rejalilik, davomiylik, vorisiylik, istiqbolga yo'nalgan- Iik.3


Ta’limning tizimli bo'lishi uning izchil bo'lishi bilan bogiiqdir. Izchillikka asoslangan taiimning xarakterli belgisi shundaki, u o'quvchilaming oldindan o'zlashtirgan bilim va malakalari zami- rida yangi bilim, ko'nikma va malakalar hosil qilish, ulaming o'za­ro bog'lanishlarini takomillashtirish va aksincha, yangi bilimlami bayon qilish jarayonida oldindan o'zlashtirilgan bilim, ko'nikma va malakalami yanada chuqurlashtirish, kengaytirish va mustahkam- lashni ta’minlashga qaratilgandir.
Tizimlilik va izchillik o'quv fanlarining bir-biri bilan bog'liq boiishini ham nazarda tutadi.
Nazariy bilimlaming amaliyot bilan, turmush tajribalari bilan bogiab olib borish taiimning yetakchi qoidalaridan hisoblanadi. Taiim-tarbiya sohasidagi yutuqlar, eng awalo nazariya bilan ama- liyotning o'zaro bogiiqligiga asoslanadi. Shundagina o'quvchi- talaba o'rganayotgan o'quv materiallarining tub mohiyatini tushu- nib yetadi va amaliyotda ulardan foydalana oladi. Buning uchun o'qituvchi taiim jarayonida o'quvchilaming faol ishtirok etishlariga erishmog'i lozim. Faol ishtirok esa bilimlami ongli tushunib o'zlashtirishga olib keladi.
Taiimdagi onglilik va faollik, o'quvchidagi ko'tarinki kayfiyat, ko'proq bilishga intilish, mustaqil fikrlash va xulosalar chiqarishga undaydi. Bilimlami ongli va faol o'zlashtirish o'qitish jarayonining psixologik tomonlarida o'z ifodasini topadi. O'qitishda nazariy bilimlar qanchalik qat’iy bayon etilsa, o'quvchi talabaning fikr yuritishi shunchalik aniq va ravshan boiadi va o'quv materiallarini ongli o'zlashtirish darajasi ham oshadi.
Taiim tizimi isloh qilinayotgan hozirgi jarayonda yoshlaming mustaqil fikr yuritishi, mustaqil suratda bilim olishga intilishi talab qilinadi. Buning natijasida bilimlami o'zlashtirish jarayoni ijodiy tus oladi. Bunday jarayonda o'qituvchi o'kuvchining mashg'ulot- larga munosabati va bu jarayonda o'zini qanday tutishga e’tibor bermog'i lozim. Shunday ekan, taiimning samaradorligi o'qituv- chining o'quvchilarni o‘qishga izchil va muntazam qiziqtirib bo- rishga bog‘liqdir. Buning uchun o'qituvchi ulami o'qishga ijodiy munosabatda bo‘lishga, mustaqillikka, ishchanlikka odatlantirishi lozim.
Ta’lim jarayoni, uning mazmuni, unda ko‘tarilgan hayotiy ma- salalar yoshlar tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko'rsatadi. Shu sababli, ta’lim shaxsni shakllantirishning asosiy manbaidir.
0‘qitib tarbiya berish deganda ta’lim va tarbiyaning bir-biri- dan ajralmasligini tushunamiz. Har bir o‘quv fani hatto, ayrim mavzu va mavzuchalari ham shubhasiz, tarbiyalovchilik xarakteriga ega.
Tabiiy faniar - matematika, kimyo, biologiya va boshqalami o‘zlashtirish orqali o‘quvchilarda ilmiy e’tiqod, dunyoqarash shakllana boradi. Ular dunyoni o‘rganish mumkinligini ilmiy asosda anglab oladilar. Har bir narsa yuzasidan haqqoniy hukm chiqarishga o‘iganadilar.
Gumanitar fanlaming tarbiyaviy ahamiyati yanada kengroq bo'lib, ular komil insonning axloqiy sifatlarini shakllantirishga har tomonlama yordam beradi.
0‘quvchi-talaba ilmiy bilimlami o'zlashtirar ekan, uning dunyoqarashi, iymon-e’tiqodi va qobiliyati o‘sib rivojlanib boradi. Ta’limning tarbiyaviy imkoniyatlaridan foydalanish o‘qituvchining, awalo, ta’limni uslubiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etishiga, o‘quv materiallarining mazmuni bilan bog'liq tarbiyaviy maqsadlami aniq belgilashiga va o‘quvchilaming bilim olishga qiziqtira olishiga bog‘- liqdir. Shu bilan birga o'qituvchining o‘quvchilar oldidagi obro'- e’tibori muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Ta’limning ko‘rsatmalilik qoidasi ta’lim jarayoni sifatini oshiradi, o‘quvchilarning bilim olishlarini osonlashtiradi. Bu qoida o'qitish jarayonida ko'rish, eshitish, hid, ta’m, maza bilish, teri- muskul harakati kabi sezgi organlarining bir yo‘la obyekt ustida safarbar qilinishini talab etadi.
Ta’lim jarayonida ko‘rsatma materiallar o‘quv predmetlari- ning xarakteri va mazmuniga qarab turli-tuman bo'lishi mumkin.
Jumladan:

  • buyum va narsalami aslini tabiiy holda ko'rsatish;

  • tasviriy ko'rsatmali materiallami namoyish qilish;

  • narsa va buyumlami shartli belgilar orqali ko'rsatish;

  • ovozli ko‘rsatmaIi materiallarni ko'rsatish.

Ta’limda ko‘rsatmalilikning samarali natijalar berishi- uchun uning quyidagi tomonlariga ham e’tibor berish kerak:
Birinchidan, ishlatiladigan ko'rsatmali qurollar u yoki bu sinf o‘quvchilarining yoshi va o'ziga xos xarakter xususiyatlari, umu­miy tayyorgarligi - saviyasiga mos keladigan bo'lishi lozim.
Ikkinchidan, foydalaniladigan ko'rsatmali qurollar o'tilayotgan dars mavzusining mazmunini ochib berishga yordam beradigan materiallar bo'lishi iozim.
Uchinchidan, dars jarayonida foydalanish uchun belgilangan ko'rsatmali materiallardan unumli foydalanmoq uchun zarur boi­gan taiim usullari to'g'ri tanlangan bo'lishi lozim.
Taiim jarayonida muvaffaqiyatlarga faqat bilim berishda o'quvchi talabaning o'ziga xos shaxsiy xususiyatlarini hisobga olganda erishish mumkin. Shuning uchun o'qituvchilarda bolalar psixologiyasiga oid bilimlar etarli bo'lishi lozim. Sinf o'quvchilar jamoasiga xos umumiy xususiyatlar va har qaysi o'quvchiga tegishli xususiyatlar taiimning har bir bosqichida e’tiborga olinishi kerak. Bunga erishish uchun o'qituvchi o'quvchilami kuzatishi va ular­ning ruhiy olamini o'rganishi lozim. Faqat shundagina o'quvchi- dagi kamchiliklaming kelib chiqish sabablari aniqlanadi va ularni bartaraf qilish uchun izlanishlar olib boriladi.
Xulosa qilib aytganda, taiim qoidalari umuminsoniy tarbiya­ning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan o'qish va o'qitish jarayonlarining yo'nalishi, o'quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning o'zlashtirilishi, bilim va ko'nikmalar hosil qilishning asosiy qonun va qoidalari yig'indisi boiib, ular bir-biri bilan uzviy bogiiqdir.


Download 392.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling