Texnologik ta`lim prognostikasi fanidan 1-Maruza Mavzu: Texnologiya ta`limini tadqiq qilishning metodologik asoslari predmerining maqsad va vazifalari


Tadqiqotlarning tarixiy- metodlari


Download 392.11 Kb.
bet14/69
Sana09.01.2023
Hajmi392.11 Kb.
#1085049
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   69
Bog'liq
TEXNOLOGIK TA`LIM PROGNOSTIKASI 2022

Tadqiqotlarning tarixiy- metodlari. Pedagogik tadqiqotlar, xususan, didaktik tadqiqotlar asosan o'qituvchining didaktik faoliyati bilan talabalar taxsili natijasida hamda talabalarning o'z faoliyatlari natijasida ular shaxsi, bilim, iqtidor va ko'nikmalarining o'zgarishi orasidagi bog'liqlikni ochishga qaratiladi. Tarixiy taraqqiyotning turli davrlarida ijtimoiy munosabatlar ma'lumotning maqsad va vazifalarini belgilab bergan. Masalan, sanoat ishlab chnqarishini industrlashtirish, ilmiy texnikaviy revolyusiya ma'lum darajada ta'lim va tarbiya mazmuni, shakllari va uslublarini tanlashga ta'sir ko'rsatadi.
Tarixan ta'lim-tarbiyaning barcha hollarida yuz bergan o'zgarishlarning xususiyatlari, tamoyillari, qonuniyatlarini o'rganmasdan turib, ma'lumot masalalari haqida keng tasavvurga ega bo'lish mumkin emas.
Tarixiy pedagogik tadqiqotlarning maqsadi shunday qonuniyatlarni aniqlashdan iboratki, bu qonuniyatlar faqat yaqin va uzoq tarixni o'rganishni emas, shu bilan birga ta'limning hozirgi ahvolini, undan ham muhimi kelgusini belgilash imkonini bermog'i lozim
Nazariy taqqoslash - solishtirish metodi. Bunday pedagogik tadqiqot xalqaro pedagogik tadqiqotlarga asosan uch yo'nalishda olib boriladi. Birinchi yo'nalish - turli mamlakatlardagi ta'lim va tarbiya tizimlarining umumiy qonuniyatlarini aniqlash. Dunyoda yuzdan ortiq ta'lim tizimlari mavjud. Albatta, mustaqil O'zbekiston Respublikasida eski ta'lim tizimi asosida ishlash mumkin emas. Boshqa mamlakatlarda amal qilib turgan ta'lim tizimlarining qulay ijobiy tomonlarini yuqorida ko'rsatilgan taqqoslash-solishtirish tadqiqotlari asosida bizning ta'lim tizimimizga ko'chirish mumkin.
Ikkinchi yo'nalish har bir ta'lim tizimidagi o'ziga xos xususiyatlarni, ularni tasdiqlovchi faktlar to'plamini, turli tarixiy davrlardagi va turli tarbiya muhitlariga oid o'ziga xos tomonlarni aniqlashdan iborat.
Uchinchi yo'nalish ta'lim tizimlarining ichki xususiyatlarini aniqlash, o'xshash va farqli xususiyatlarini belgilab, ularning ta'lim tizimidagi umumiy xususiyatlar bilan bog'liq alomatlarini va alohida xususiyatlari sabablarini aniqlash imkonini beradi. Bu turdagi tadqiqotlar faqat statistik ma'lumotlar va anketalar natijasini tahlil qilish bilan chegaralanmaydi.
Ta'lim tizimlarini tadqiq etish maxsus tayyorgarlikdan o'tgan xalqaro ekpertlar guruhlari tomonidan tegishli ilmiy-tekshirish tashkilotlari bilan hamkorlikda o'tkaziladi. Buning uchun ilmiy-tadqiqotning maxsus konsepsiyasi, usullarini tanlab olish mezonlari ishlab chiqiladi va matbuotda e'lon qilinadi. Keng kitobxonlar va qiziquvchilar etiboridan o'tgan konsepsiya xalqaro pedagogik uyushmalar tomonidan tasdiqlanadi va bevosita ishga kirishiladi.
Ta'lim tizimlarining o'xshashlik va alohidalik alomatlarini, ularning ildizlarini, sabablarini aniqlash birmuncha murakkab bo'lib, maorif tizimlarining yutuqlarini tadqiq etuvchi xalqaro assosasiya eksperimentlari kabi atroflicha ilmiy-tekshirish ishlarini olib borishni talab etadi. Ta'lim-tarbiya omillarini tushuntirish va ularga tasnif berish nazariy taqqoslash-solishtirish usullarining asosiy qismi hisoblanadi. Albatta, hamma ilmiy-tadqiqotlar yig'ilgan faktlarni tushuntirish bilan ish tugamaydi.
Bu turdagi izlanishlarning yana bir o'ziga xosligi shundan iboratki, tabiiy fanlarda umumiy belgilar, atamalar, birliklar mavjud, pedagogik (didaktik) tadqiqotlarda esa bunday umumiy xalqaro birlik va atamalar deyarli yo'q. Shuning uchun ham olingan natijalarning tasnifi birmuncha sub'ektiv tus olishi mumkin. Bunday hollar ta'lim haqidagi statistik ma'lumotlarga matematik ishlov berish orqali bir-muncha to'g'rilanadi. Masalan, biron mamlakatdagi biron yilda tug'ilgan bolalarning maktablarga qamrab olinishi yoki ta'limga ajratilgan milliy daromadning ma'lum foizi shu mamlakatning maorif masalalariga munosabatini asosan ob'ektiv belgilandi. Qolgan omillar ta'lim ahvolini belgilashda yuqorida ko'rsatilgan statistik ma'lumotlarni yanada chuqurlashtiradi.

Download 392.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling