Texnologik ta`lim prognostikasi fanidan 1-Maruza Mavzu: Texnologiya ta`limini tadqiq qilishning metodologik asoslari predmerining maqsad va vazifalari


Download 392.11 Kb.
bet15/69
Sana09.01.2023
Hajmi392.11 Kb.
#1085049
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   69
Bog'liq
TEXNOLOGIK TA`LIM PROGNOSTIKASI 2022

Kuzatish metodi ta'lim-tarbiyaning mazkur vaqtdagi holatini aniqlash imkonini beradi. Kuzatish usulining maqsadi bor faktlarni yoritishdangina iborat bo'lmay, bizga oldindan qo'yilgan maqsad bo'yicha aniqlanishi lozim bo'lgan faktlarni qidirish va aniqlashdan iborat.
Kuzatish jarayonida tadqikotchini qiziqtiruvchi muammo va vazifalar kuzatishni saylab (tanlab) o'tkazishni taqozo etadi. Tadkiqotchi muayyan tanlangan muammoni hisobga olib, nimani kuzatish kerakligini tanlab oladi. Shuning uchun ham u kuzatish natijasida echilishi kerak bo'lgan muammoni hali kuzatishni boshlamasdan oldinroq biladi. Natijada tadqiqotchining kuzatish natijalarini umumlashtirishi birmuncha osonlashadi.
Kuzatishga asoslangan tasniflash tadqiqotlari uch ko'rinishga ega: 1) obzor tadqiqotlari; 2) ta'lim-tarbiya unsurlari orasidagi bog'liqlikni aniqlash; 3) izlanish tadqiqotlari.
Bunday sharoitda kuzatish to'g'ridan-to'g'ri yoki bevosita amalga oshiriladi. To'g'ridan-to'g'ri yoki bevosita kuzatish faktlarni qabul qilib olish, tushunib etish va o'lchashdan iborat. Qabul qilib olish - sezish organlari yordamida tekshiruvchi ob'ekt aniq joyda turganligini qayd qilish; tushunib etish tanlab olingan, qayd qilingan ob'ekt oldindan aniq yoki noaniqligini aniqlashdan, o'lchash esa shu ob'ektning sonini aniqlashdan iborat.
Bilvosita kuzatish ob'ektni bevosita kuzatish imkoniyati bo'lmaganda amalga oshiriladi. Shunday ob'ektdagi shaxsning tug'ma qobiliyati, imkoniyatlari, intizomlilik, rostlik, kamtarlik, kamsuqumlik kabi xislatlari kirishi mumkin. Bunday xislatlarni bevosita kuzatish natijasida aniqlash qiyin. Shuning uchun ham tadqiqotchi o'ziga qulay ko'rsatkichlardan foydalanadi.
Bevosita va bilvosita kuzatish bilan bir qatorda faol kuzatish ham qo'llaniladi. Faol kuzatishda didaktik jarayonda bevosita tadqiqotchining o'zi xam qatnashadi va jarayonning borishiga ta'sir etadi. Bunda ishtirok etishning ijobiy tomoni shundan iboratki, tadkiqotchi bo'lib o'tayotgan jarayonning ikir-chikirlarini tushunib etadi, bu esa o'quv jarayonini tadqiqot talablariga yo'naltirish imkonini beradi. Bunday usul ayrim kamchiliklariga qaramasdan, ijodkor-o'qituvchilar tomonidan o'quvchilar faoliyatini faollashtirishda keng qo'llaniladi.
Bilvosita kuzatish tadqiqotchini hodisalarni o'rganishga ko'proq jalb etishga imkonnyat yaratadi. Mashg'ulotlar stenogrammalari, uchinchi odam tomonidai tayyorlangan kuzatish bayonlari, foto-kinolavhalar, rasmlar, diagrammalar, statistik mashg'ulotlar shular jumlasidandir. Bu hujjatlar pedagogik faoliyatning natijalarini xamda ijtimoiy muxit, xususan o'kituvchi faoliyatining o'quvchi shaxsida uyg'otadigan o'zgarishlarni kuzatish imkonini beradi.
Ilmiy-tekshirish maqsadlarini aniqlash tadqiqotchini qiziqtirib qolgan muammoli xolatni taxlil kilish ehtiyojidan kelib chiqadi. Bunday xolatni tahlil qilish va unda ma'lum va noma'lumlarni aniqlash, qo'shimcha adabiyotlarni o'rganish, tajribali shaxslarning bu masalaga bergan baxosi tadqiqotchiiing asosiy va ko'shimcha muammolarini aniqlash imkonini beradi.

Download 392.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling