Texnologik ta`lim prognostikasi fanidan 1-Maruza Mavzu: Texnologiya ta`limini tadqiq qilishning metodologik asoslari predmerining maqsad va vazifalari


Download 392.11 Kb.
bet17/69
Sana09.01.2023
Hajmi392.11 Kb.
#1085049
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   69
Bog'liq
TEXNOLOGIK TA`LIM PROGNOSTIKASI 2022

Didaktik eksperiment metodi. Eksperimentni qo'llash natijasida tadqiqotchi didaktik amaliyotga uning ichki tarkibiy tuzilishi, qonuniyatlarini, ta'lim ma'nosi va jarayonlarini ochish maqsadida «sho'ng'iydi».
Agar kuzatishda tadqiqotchi borliqni qanday bo'lsa, shundayligicha idrok qilib tekshirsa, eksperiment jarayoni bu borliqni o'zgartirib, uning ichki konuniyatlarini, unga ta'sir etishning samarador usullarini aniqlaydi.
Eksperimentning birinchi xususiyati shundan iboratki, unda tadqiqotchining o'zi qatnashadi, ishni tashkil etadi, amalga oshiradi va natijani taxlil kiladi.
Ikkinchi xususiyati - o'quv-tarbiya jarayonining ichki qonuniyatlarini aniqlash uchun jarayon sharoitlarini o'zgartirish imkoni tug'iladi. Uchinchi xususiyati- o'quv-tarbiya jarayonini nazorat qilib, ularni aniq o'lchash imkonidir. To'rtinchi xususiyati - eksperimentga ilmiy tus berib, ishchi gipotezani aniqlashtirishdir. Demak, eksperiment shunday ilmiy-tadqikot usulini, unda ta'lim-tarbiya jarayonini nazorat qilish o'lchash va ishchi gipotezani yanada oydinlashtirish imkoni tug'iladi.
Yuqorida ko'rsatilgan to'rt xususiyat bajarilsa eksperiment laboratoriya eksperimenti hisoblanadi, birinchisi bajarilmasa, bu tabiiy eksperiment deyiladi.
Pedagogikadan ilmiy-tadqiqot ishlarining metodologik asoslari:
1. Shaxsning ijodiy va faoliyatlilik ma'nosi xaqidagi ta'limot.
2. Shaxsning o'zaro aloka bog'lash va o'zaro bog'liqligi haqidagi ta'limot.
3. Munosabatlar nazariyasi
4. Mutaxassis shaxsini shakllantirish haqidagi nazariya.
5. Bilish faoliyati haqidagi ta'limot.
Pedagogik ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish ilmiy tadkiqot metodlar:
Empirik darajadagi metodlar:
1) diagnostik metodlar (anketalash, hujjatlarni o'rganish, intervyu uyushtirish, suxbatlar), sosiometrik metodlar;
2) observasion metodlar (bevosita va bilvosita kuzatish, to'g'ri va uzokdan kuzatish, bevosita jarayonda qatnashish orqali kuzatish, o'z-o'zini kuzatish);
3) prognostik metodlar (ekspertlar metodi bilan baholash, bir-biriga bog'lik bo'lmagan xarakteristikalarni umumlashtirish, modellashtirish, ekstropolyasiya, shkalalash, ranglash, «Dolfa metodi» va boshqalar);
4) eksperimental metodlar (sifat eksperimenti, o'lchash eksperimenti, konstatasiya eksperimenti, shakllantirish eksperimenti, prognostik eksperiment va boshqalar);
5) praksimetrik metodlar (faoliyat natijalarini analiz qilish, modellashtirish, professiografik va psixografik analiz, xronometraj);
6) matematik metodlar (korrelyasion analiz, faktorli analiz, dispers analiz va boshkalar).

Download 392.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling