Texnologik ta’lim yo`nalishi 202-guruh talabasi Ibodullayeva Donoxon Ixtiyor qizining


Download 455.56 Kb.
bet3/13
Sana17.06.2023
Hajmi455.56 Kb.
#1550499
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
kurs ishi

Adabiyotlar taxlili
Bolalar uchun kitoblar - bu g'ayrioddiy adabiyotdir, u rang-barang, yorqin, bir qarashda oddiy, ammo katta yashirin ma'no ko'taradi. Afsuski, juda kam odam birbiridan avloddan bahramand bo'lgan eski hikmatli hikoyalar, ertaklar va she'rlaryaratuvchisi kim ekanligi haqida o'yladi. Shu sababli, har yili mashhur aktyor HansKristian Andersenning tug'ilgan kuni - 2- aprel , Xalqaro bolalar kitobikuni deb e'tirof etiladi. Ushbu maqolada ushbu bayramning mohiyati va o'ziga xosligi haqida gapirib beramiz.
Ma'ruza 1967 yilda bolalar kitoblari bo'yicha xalqaro kengash (InternationalBoardonBooksforYoungPeople, IBBY), nufuzli bolalar adabiyoti muallifi, nemis yozuvchisi Yelya Lepman tashabbusi bilan Xalqaro bolalar kitoblari kunini tashkil etdi. Ushbu tadbirning maqsadi bolalarni o'qish bilan qiziqtirish, kattalarning e'tiborini bolalar adabiyotiga jalb qilish, kitobning bola shaxsiyati va ma'naviy rivojlanishini shakllantirishdagi rolini ko'rsatishdir..
Google.uz saytidan :
Texnik va badiiy modellashtirish bosqichlari, texnik va badiiy modellashtirish metodlaei, texnik techimlarni amalga oshirish g’oyalari ijodkorlik masalari bo’yicha ma’lumotlar oldim.


Ish o`rnini tashkil qilish, sanitariya gigiеna va хavfsizlik tехnikasi qоidalari. (ish uchun zarur asbob-uskunalar, jihoz va moslamalar)

Bolalar kiyimlarigi har qanday tikuv buyumlariga qо‘yilaganidek 2 xil talab qо‘yiladi.


1. Iste’molchi talabi
2. Ishlab chiqarish talabi.
Iste’molchining talabi о‘z navbatida quyidagilarga bо‘linadi. Gigiyenik talab;
1. Ekspluatatsion talab;
2. Estetik talab.
Gigiyenik talab deganda shuni tushuniladiki, kiyimdan foydalanganda odam sog‘lig‘iga zarar yetkazmasligi kerak. Bolalar terisi juda nozik bо‘lib ular uchun kiyimlarni loyihalash jarayonida gigiyenik talab asosiy talablardan biri hisoblanadi. Bolalar kiyimlari erkin harakatlanish vaqtida xalaqit bermasligi kerak. Bolalar kiyimlari tanaga yopishib turmasligi, ularni erkin nafas olishiga qulay bо‘lishi lozim. Yozda kiyiladigan kiyimlar yengil, havo о‘tkazuvchan bо‘lishi, quyosh nurini qaytaruvchan bо‘lishi, namni shimuvchan bо‘lishi kerak. Bunda gazlama asosiy rol о‘ynaydi. Kiyim tabiiy tolali gazlamalardan tikilishi talab qilinadi. Ayniqsa chaqaloqlar guruhi uchun 100% tabiiy tolali gazlamalar tavsiya etiladi. Ekspluatatsion talab iste’molchining kiyim chidamliligiga qо‘ygan talabidir. Bolalar juda harakatchan bо‘lib ularning kiyimlari turli mexanikaviy va biologik ta’sirlarga duch keladi. Kiyim ana shu ta’sirlarga chidamli bо‘lishi kerak. Bunday ta’sirlarda kiyim sitiladigan, chо‘ziladigan, rangini о‘zgartiradigan yoki g‘ijimlanadigan bо‘lsa, u uzoqqa chidamaydi. Undan tashqari, kiyim yoqalari, yenglari, bortlari, chо‘ntak og‘izlari kо‘p ishqalanadi. Bu yerlarga puxta texnik ishlov berish kerak. Aks holda kiyim о‘z kо‘rinishini yо‘qotadi. Estetik talab kiyim tashqi kо‘rinishi jihatidan bichimi, gazlamasi, bezaklari, ularga ishlov berish, chiroyli bо‘lishi, sifatli bо‘lishi talab qilinadi. Bolalar kiyimining kompozitsion yechimi, bichimi va bezaklari zamonaviy modaga mos bо‘lishi va tana tuzilishidan kelib chiqib tanlanishi lozim. Unda qо‘llanadigan ranglar turli-tuman bо‘lib, har bir bolaning yosh xususiyatiga, kiyim turiga va nima maqsadda kiyilishiga qarab tanlanadi. Bolalar kiyimlari uchun asosan yorqin rangdagi matolardan foydalaniladi. Yuqorida keltirilgan talablar bolalar yosh guruhiga qarab о‘zgarib borishi mumkin. Ayrim yosh guruhida gigiyenik va estetik talab yuqori bо‘lsa, boshqa yosh guruhida qulaylik va chidamlilikka ahamiyat beriladi. Ishlab chiqarish talablariga mehnat sarfini qisqartirish va materiallardan ratsional foydalanish yo‘li bilan mahsulotni tayyorlashda texnik - iqtisodiy maqsadga muvofiqligini ta’minlash kiradi.
Tikuvchilik ustaxonalari keng, yorug‘, quniq va ozoda bo’lishi kerak. Devor va mebellaming rangi katta gigenik va pedagogik ahamiyatga ega. Shuning uchun devorlar och, sokin ranglarga bo'yalishi lozim. Ustaxona tabiiy va sun’iy jihatdan yaxshi yoritilgan boTishi kerak. Ustaxonalar ikki kishilik o‘quv stollari, yozuv taxtasi, magnitli taxta, kerakli miqdorda tikuv mashinalari va qo‘l ishlarini bajarish uchun ish stollari, bichish stoli va manekenlar bilan jihozlanadi. O‘tirish uchun imkon boricha baland-pastligi rostlanadigan vintli o'rindiqlar qo‘yiladi.
Tikuv ustaxonasida ko‘zgu va kiyim ilgichlar bilan jihozlangan, kiyib ko'rish kabinasi bo‘lishi kerak. Tikuv buyumlarini namlab - isitib ishlash uchun dazmol, dazmol taxtasi, dazmol tagliklari bilan jihozlangan alohida joy ajratiladi.
Asbob - uskunalar, jihozlar, ko‘rgazmali qo’llanmalar, ish namunalari maxsus shkaflarda saqlanadi. Ustaxonada albatta birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur bo'lgan dori-darmonlar bilan ta’minlangan aptechka bo’lishi zarur.
Tikuv ustaxonalarida quyidagi ko'rsatmalar ko‘rinadigan joylarga osib qo‘yiladi:
1 . Tikuv ustaxonasining ichki tartib-qoidalari.
2. Havfsizlik texnikasi qoidalari.
3. Mehnat, hunar haqida hikmatli so‘z!ar.
4. Maxsus adabiyotlar, albomlar joylashtirilgan vitrina.
Tikuvchilik ustaxonasini jihozlash, ish o‘rinlarini to‘g‘ri tashkil etish havfsizlik texnikasi, sanitariya-gigieniya qoidalariga va estetik talablarga mos ravishda bajarilganda m ehnat ko'nikm alarini shakl la nt i rishga, m ehnatga to ‘g ‘ri m unosabatni va m ehnat madaniyatini tarbiyalashga imkon yaratiladi. .
mashinaiaming aylanib turadigan qismlari kiyim yoki sochni o ‘rab ketishi, dazmolda biror joy kuyib qolishi, tugma yoki igna parchalari uchib yuzga tegishi va hokazo natijasida inson jarohatlanib qolishi mumkin. Havfsizlik texnikasi qoidalari shunday noxushliklar yoki baxtsiz hodisalarning oldini olishga xizmat qiladi. Tikuvchilikda talabalar uchun bu qoidalar asosan ikki guruhga bo’linadi:
1. Qo'l va mashina opeiasiyalarida ishlovchilar quyidagilarga rioya qilishi kerak: — mashinalar, asbob va moslamalaming ishga yaroqligi tekshirib turiladi. Ish boshlashdan oldin ish o ‘rni saranjomlanib olinadi, mashinada bamioqqa igna kirib ketishining oldini oladigan saqlagich, yuritgich tasma to‘sig‘i, mashinani ishga tushirish joylarida izolyasiya g‘iloflari bor-yo‘qligini tekshiriladi va hokazo;
elektr simlariga ip, latta, simchalar osmasliklozim, aks holda qisqa tutashuv yuz berishi mumkin. Simlarda nuqson sezilsa, darhol elektromontyorga xabar berish, ochilib qolgan simlarga qo‘l tekkizmaslik kerak;
— narsalarni ishlayotgan mashina ustidan uzatish mumkin emas;
— elektr dvigatelni o'chirmasdan mashinaga moy surish, uni tozalash, mashina shkiviga tasma kiydirish man etiladi.
— ish o'rnida asboblar sochilib yotmasligi, qaychi va iplar mashinaning aylanayotgan qismlari yoniga qo‘yilmasligi kerak;
— ish o‘rinlari orasidagi yo‘lni to‘sib qo‘ymaslik lozim.
2. Dazmol bilan ishlaganda quyidagilarga rioya qilishlari kerak.
— elektr dazmolda ish boshlashdan oldin shnur izolyasiyasi tekshirib ko'rilishi lozim;
— dazmol, shtepsel rozetkasi, vilkaning tok o‘tkazuvchi qismlariga qo‘l tekkizish mumkin emas;
-dazmolning tuzukligiga ahamiyat berish zarur (korpusda qisqa tutashuv bo’lsa, ishlayotganda qo‘lga salgina igna sanchilgandek boladi);
— ishlayotganda shnur dazmolga tegib turmasligi kerak;
— dazmolning o‘ta qizib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim;
— dazmol, shtepsel rezetkasi, vilka buzuq bo‘lsa, ishni to‘xtatib, elektromontyorni chaqirish kerak.



Download 455.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling