Texnologik ta’limning tadrijiy shakllanishi va rivojlanishida tizimlilik va tarixiylik prinsiplari
Download 196.2 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq2776-Article Text-5659-1-10-20220324
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar
Texnologik ta’limning tadrijiy shakllanishi va rivojlanishida tizimlilik va tarixiylik prinsiplari Nilufar Tursunboy qizi A’zamova Termiz davlat unversiteti pedagogika instituti Annotatsiya: Mazkur maqolada texnologik ta’limning tadrijiy shakillanishi va rivojlanishidagi tizimlilik va uning tarixiy, nazariy prinsplari haqida fikr-mulohazalar yurutilgan. Shuningdek, ta’lim tizimida Texnologik ta’lim fanining nazariy asoslari yoritib berilgan. Kalit so’zlar: Texnologik ta’lim, fan tarixi, prinsp, tizimlilik, ta’lim tizimi, pedagok. Principles of systemic and historical in the gradual formation and development of technological education Nilufar Tursunboy qizi Azamova Termez State University Pedagogical Institute Abstract: This article discusses the systematization of the gradual formation and development of technological education and its historical and theoretical principles. The theoretical foundations of the science of technological education in the education system are also covered. Keywords: Technological education, history of science, principles, systematization, education system, pedagogy. Ta’lim-tarbiya mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar o’tishi bilan kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari xam takomillashib bormoqda. Hozirda inson faoliyatining asosiy yo’nalishlari shu faoliyatdan ko’zda tutilgan maqsadlarni to’liq, amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yahlit tizimga, ya’ni texnologiyalarga aylanib bormoqda. Huddi shu kabi ta’lim-tarbiya sohasida ham so’nggi yillarda pedagogik texnologiya amal qila boshladi. Ishlab chiqarishdagi texnologiyada turli materiallarga ishlov berish tegishli kasb ustalari tomonidan amalga oshiriladi. Pedagogik texnologiyaning mazmuni esa o’qituvchi, tarbiyachi tomonidan O’kuvchi (ta’lim oluvchi)ga aqliy, ruxiy, axloqiy jixatdan turli usulda ta’sir o’tkazishdan iboratdir. Texnologik ta’lim tushunchasi XX asrda paydo bo’ldi va turli rivojlanish bosqichlaridan o’tib kelmoqda. Dastlab bu tushuncha 1940-yillardan 50-yillar "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 March 2022 / Volume 3 Issue 3 www.openscience.uz 396 o’rtasigacha “ta’lim texnologiyasi’ deb qo’llanilib, o’quv jarayonida audio-vizual texnika vositalaridan foydalanishni ifoda kilgan. Texnologik ta’lim tushunchasi dastlab XX asrning o’rtalarida qo’llana boshlangan. Bunda texnologik ta’lim va ta’lim texnologiyasi atamalari faqat texnika vositalari yordamida o’qitishga nisbatan qo’llangan edi. Vaqt o’tishi bilan ularni qo’llash darajasi kengayib borishi natijasida mazmuni ham tegishlicha o’zgarib bordi. Hozirga kelib esa texnologik ta’lim tushunchasining zamonaviy, ilmiy asoslangan yagona ta’rifini belgilash maqsadida bir qancha yirik olimlar tomonidan turli fikr va mulohazalar asoslab berildi. O’tgan asrning 50-yillari o’rtasidan 60-yillargacha ta’lim texnologiyasi atamasi qo’llanilib, bunda dasturlashtirilgan ta’lim nazarda tutilgan. 70- yillarda texnologik ta’lim atamasi qo’llanilib, u avvaldan loyihalashtirilgan va aniq, belgilangan maqsadlarga erishishni kafolatlovchi o’quv jarayonini ifodalagan. 1979- yilda AQShning Pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar assotsiatsiyasi tomonidan pedagogik texnologiyam quyidagicha ta’rif berilgan edi: Pedagogik texnologiya bilimlarni o’zlashtirishning hamma jihatlarini qamrab oluvchi muammoni tahlil qilish va rejalashtirish, muammoning yechimini baholash va uni boshqaruvchilar, g’oyalar, vositalar va faoliyatni tashkil qilish usullarini o’z tarkibiga oladigan kompleks integrativ jarayondan iborat. 80-yillarning boshidan texnologik ta’lim deb ta’limning kompyuterli va axborot texnologiyalarini yaratishga aytilgan. Yuqoridagi fikrlar asosida texnologik ta’lim tushunchasini ikki xil izohlash mumkin: birinchidan, uning o’quv jarayonida texnika vositalaridan foydalanishning kengayib borishini ifodalashi nazarda tutilib, ta’limdagi, o’qitishdagi texnologiya deb nomlash mumkin bo’lsa, ikkinchidan, bu tushuncha o’quv jarayonining o’zini ko’rinish. Ilmiy- texnik taraqqiyot nafaqat aksariyat ishlab chiqarish sohasinigina texnologiyalashtiramoqda, balki u madaniyat, ta’lim sohalariga ham kirib bormoqda. Bugungi kunda informatsion axborot tibbiyot, ta’lim va boshqa texnologiyalar to’g’risida fikr yuritish mumkin. Texnologiyalash bu obyektiv jarayon bo’lib, ta’lim evolyutsiyasining yangi vazifalarini sifatli hal qilish uchun tayyorgarlik davri tarixan texnologiya tushunchasi texnik taraqqiyot bilan bog’liq ravishda yuzaga kelgan va bu tushuncha san’at, hunar va fan haqidagi ta’limotga muvofiq keladi. Texnologiya deganda, odatda ashyolami qayta ishlash metodlari va ishlab chiqarish jarayoni hamda ulaming ilmiy tavsiflarining majmui tushuniladi. Siyosiy lug’atda texnologiyaga shunday izoh beriladi: 1) ishlab chiqarish jarayonida ashyolar, materiallar, yarim tayyor ashyolarni qayta ishlash, tayyorlash holati, xususiyati, shaklining o’zgarish metodlari yig’indisi; 2) ashyolar, materiallar va yarim xom ashyolarga muvofiq ishlab chiqarish qurollari orqali ta’sir o’tkazish usullari to’g’risidagi fan. “Qomusiy lug’at»da ham shunga yaqin izoh beriladi, lekin unda birmuncha kengroq yoritiladi: “Fan sifatida texnologiyaning vazifasi har tomonlama samarali va "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 March 2022 / Volume 3 Issue 3 www.openscience.uz 397 tejamli ishlab chiqarish jarayonlarini aniqlash va amaliyotda undan foydalanish maqsadida fizika, kimyo, mexanika va boshqa qonuniyatlarini bajarish.” Texnologiya grekcha so’z bo’lib, “texnos” san’at, mahorat, “logos” ta’limot degan ma’nolami bildiradi. Texnologik ta’lim pedagogning talabalarga ta’sir qilishni tashkil etish bo’yicha kasbiy ahamiyatga molik malakalar tizimini aniqlab beradi, pedagogik faoliyatning texnologikligini anglash usullarini taklif etadi. Hozirgi davr ta’lim texnologiyalari muammosi, pedagogik innovatsiya tajribalari ularni bir tizimga tushirish va aniqlashtirishni talab qiladi. Oliy maktab oldida pedagogik texnologiyalaming ilmiy asoslari, ulaming tasnifi, mohiyatini ochib berish va o’quv jarayonining texnologikligi muammolarini ta’minlash masalasi turibdi. Texnologik ta’limning ilmiy asoslari pedagogikaga oid adabiyotlar tahlili shuni ko’rsatadiki, hozirgi davrda pedagogik texnologiya tushunchasi ta’lim amaliyoti va nazariyasi ilmidan mustahkam o’rin egalladi, lekin uni pedagogikaning mukammal lug’atlari (tezaurus)dagi o’rni hali noma’lumligicha qolib ketmoqda. Texnologik ta’lim tushunchasining shakllanishi va rivojlanishi tarixida turli qarashlar mavjud bo’lgan: u texnik vositalar haqidagi ta’limot deb, hamda o’qitish jarayonini loyihalashtirilgan holda izchil va muntazam tashkil etish deb talqin qilingan. Hozir pedagogik texnologiyalarning bir qancha ta’riflari mavjud. V.P.Bespalko texnologik ta’lim amaliyotga tatbiq qilinadigan muayyan pedagogik loyihasi sifatida belgilaydi. U pedagogik tizim texnologiyalar ishlab chiqish uchun asos bo’ladi, deb hisoblaydi. Bunda asosiy diqqat o’quv-pedagogik jarayonni oldindan loyihalashga qaratiladi, didaktik vazifa va o’qitish texnologiyalari tushunchasidan foydalaniladi. Shu tariqa V.P.Bespalko o’quv jarayonini loyihalash g’oyasini ilgari suradi. Afsuski, hozirigi qadar texnologik ta’lim va loyiha tushunchalari haqida aniqlik yo’q. Texnologik ta’lim jarayoniga jadallik bilan kirib borayotgan bo’lsa ham, uning maqomi noaniqligicha qolib ketmoqda. Tadqiqotchilarning ishlarida fan va amaliyot oralig’idan o’rin egallamoqda. N.F.Talizina har bir pedagog real pedagogik jarayonni tashkil etishdan oldin o’quv jarayoni haqida texnologik darajada bilimlar tizimini bilib olgan bo’lishi shart deb hisoblaydi, U fan va amaliyot oralig’ida tamoyillarni olg’a suruvchi, metodlar ishlab chiquvchi, ulami izchil qo’llash kabi masalalar bilan shug’ullanuvchi alohida fan bo’lishi kerak, deb hisoblaydi. Ularsiz pedagogik jarayon texnologiya real o’qitish jarayoni sifatida asoslanmay qoladi. Ayrim mualliflar o’qitish texnologiyalariga fan va san’at oralig’idagi fan deb qaraydilar, boshqalari uni loyihalash bilan bog’laydilar. Shunday qilib, bir yondashuvda o’qitish texnologiyalari o’qitishning barcha vositalarini qamrab olgan qandaydir jihozlash sifatida ham belgilanadi. Unda texnologiya o’quv jarayonini texniklashtirishni taqozo qiladi. Texnologik ta’lim o’ziga xos va potensial yaratiladigan pedagogik natijalarga erishish uchun, pedagogik tizinuiing barcha tashkiliy tomonlariga aloqador nazariy va amaliy tadqiqotlar sohasi sifatida belgilanadi. Texnologik ta’lim mohiyatini yoritish "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 March 2022 / Volume 3 Issue 3 www.openscience.uz 398 uchun pedagog-didaktikachilar tomonidan berilgan ta’riflaiga to’htalishni maqsadga muvofiq deb topamiz. 1. Ta’limda texnologiya - bu bilim berish va uni egallashda texnika va inson resurslarini o’zaro uzviy bog’liq holda ko’rib, butun ta’lim jarayonini loyihalashda va amalda qo’llashda majmuali yondashu usulidan foydalanishdir ( YuNESKO). 2. Pedagogik texnologiyalar - oldindan loyihalashtirilgan pedagogik jarayonni amaliyotda rejali va bir maromda tatbiq etish yoki pedagogik masalalarni yechishga qaratilgan pedagogning uzluksiz o’zaro bog’langan harakatlari tizimidir. 3. Texnologik ta’limning yutuqlariga kafolat beradigan, aniq ishlab chiqilgan va qat’iy ilmiy loixalashtirilgan, takrorlana oluvchi pedagogik harakatlar tizimdir. 4. Ta’lim va tarbiya metodlarining u yoki bu to’plamini qo’llash bilan bog’liq bo’lgan pedagogning uzlksiz, o’zaro shartlangan harakatlari tizimi. 5. Texnologik ta’limni o’qitishning, ta’limning shakllari, metodlari, usullari, yo’llari, tarbiyaviy vositalarning maxsus yig’indisi va joylashuvini belgilovchi psixologik tartiblar majmuasi. U pedatogik jarayonning tashkiliy, uslubiy vositalaridan iborat (B.T.Lixachyov) Bu ta’riflar tahlilidan texnologik ta’limning natijani qo’lga kiritish uchun ta’lim doirasida zarur bo’lgan vositalar tizimini rejalashtirish va tatbiq etish degan xulosaga kelish mumkin. Ta’lim texnologiyasi deganda ta’limning belgilangan maqsadi va talabaning bilim darajasiga ko’ra o’quv faoliyatini boshqarishning nazariy loyihasi va pedagogik tizimning amalda bo’lishini ta’minlovchi zarur vositalar tizimi tushuniladi. O’qitishning shaxsga yo’naltirilgan texnologiyasi biror nazariya va maqsad asosida ishlab chiqiladi. Pedagogik tizimning amalda bo’lishi, uning moslanuvchanligi hamda talabaning shaxsiy xususiyatlari, ulaming texnologik va individiual me’yorlari bilan bog’langan. Bunda ushbu texnologiyalaming moslashuvchanligi, ulaming variativligi, talaba xatti-harakatlarining bosqichliligi muhim ahamiyat kasb etadi. O’qitish texnologiyasi sathida o’quv jarayonining barcha komponentlari yoritiladi. Shaxsga yo’naltirilgan texnologiya asosida talabalarning intellektual va emotsional- motivatsion rivojlanishi, bilim va kasbiy malakalar shakllanishi, ta’lim jarayoniga qadriyat sifatida yondashish munosabatini ta’minlash, faollikni oshirish, o’z-o’zini anglash va mustaqilligini shakllantirish yotadi. Download 196.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling