Mashg‘ulot vaqti – 2 soat
|
Talabalar soni: 20-25 tagacha
|
Mashg‘ulot shakli
|
Amaliy mashg‘ulot
|
Mavzu
|
Sintaktik munosabatlar. Predikativ va nopredikativ munosabatlar
|
Amaliy mashg‘ulot rejasi:
|
Sintaktik munosabatlar va sintaktik aloqa
Sintaktik munosabatning turlari
3. Nopredikativ munosabat: atributiv, relyativ, obyektli
|
O‘quv mashg‘uloti maqsadi: Sintaktik munosabatlar haqida umumiy ma’lumot, uni sintaktik aloqadan farqlash, uning turlari: atributiv, relyativ, obyektli munosabatlarni bir-biridan farqlash, gapdagi sintaktik munosabat turlarini tahlil qilish |
Pedagogik natijalar:
Sintaktik munosabat va sintaktik aloqaning o‘zaro farqi, ularning turlari bo‘yicha savol-javob o’tkazish orqali bilimlarini aniqlash;
Sintaktik munosabatning turlari haqidagi umumiy ma'lumotlarni savollar asosida aniqlash;
Nopredikativ munosabat: atributiv, relyativ, obyektli haqidagi nazariy ma'lumotlarni umumlashtirish;
|
O‘quv faoliyati natijalari:
Sintaktik munosabat va sintaktik aloqaning o‘zaro farqi, ularning xususiyatlari haqida tashkil etilgan nazariy munozara orqali o`rgangan bilimlarini namoyon etadi;
Sintaktik munosabatning tahlili ustida ishlash orqali bilimlarini mashqlar bilan mustahkamlaydilar;
Nopredikativ munosabat: atributiv, relyativ, obyektli turlari haqidagi bilimlarini misollar asosida aniqlaydilar .
|
Ta’lim berish usullari
|
Anjuman, FSMU, Aqliy hujum
|
Ta’lim berish metodlari
|
Og‘zaki, hikoya, suhbat, ko‘rgazmalilik, namoyish qilish.
|
Ta’lim berish vositalari
|
O‘quv qo‘llanma, tarqatma materiallar, proektor, doska.
|
Ta’lim berish sharoiti
|
Hamkorlikda ishlash va taqdimotlarni amalga oshirish imkoniga ega bo‘lgan auditoriya.
|
Monitoring va baholash
|
Og‘zaki nazorat, savol-javob.
|