Mashg‘ulot vaqti - 2 soat
|
Talabalar soni: 20-25 tagacha
|
Mashg‘ulot shakli
|
Amaliy mashg‘ulot
|
Mavzu
|
Tobe aloqa turlari. Moslashuv, boshqaruv, bitishuv
|
Amaliy mashg‘ulot rejasi:
|
Sintaktik aloqa va uning turlari
Tenglanish: ochiq va yopiq tenglanish.
Tobelanish va uning turlari: Moslashuv, boshqaruv, bitishuv
|
O‘quv mashg‘uloti maqsadi: Sintaktik aloqa haqida umumiy ma’lumot, sintaktik munosabatdan farqlash, uning turlari: tenglanish va tobelanish, tobe aloqa turlari: moslashuv, boshqaruv, bitishuvni bir-biridan farqlash, gapdagi tobe aloqa turlarini tahlil qilish |
Pedagogik natijalar:
Sintaktik aloqa va uning turlari haqida ma’lumot savollar asosida takrorlash.
Tenglanish: ochiq va yopiq tenglanishga doir mashqlar ishlash.
Tobelanish va uning turlari: moslashuv, boshqaruv, bitishuv aloqalari bo‘yicha tahlil qilish.
|
O‘quv faoliyati natijalari:
Sintaktik aloqa va uning turlari haqida ma’lumot savollar asosida takrorlaydi.
Tenglanish: ochiq va yopiq tenglanishga doir mashqlar ishlaydi.
Tobelanish va uning turlari: moslashuv, boshqaruv, bitishuv aloqalari bo‘yicha tahlil qiladi.
|
Ta’lim berish usullari
|
Anjuman, aqliy hujum, FSMU
|
Ta’lim berish metodlari
|
Og‘zaki, hikoya, suhbat, ko‘rgazmalilik, namoyish qilish.
|
Ta’lim berish vositalari
|
O‘quv qo‘llanma, tarqatma materiallar, proektor, doska.
|
Ta’lim berish sharoiti
|
Hamkorlikda ishlash va taqdimotlarni amalga oshirish imkoniga ega bo‘lgan auditoriya.
|
Monitoring va baholash
|
Og‘zaki nazorat, savol-javob.
|