Aloqa liniyasi Aloqa kanali Signallar


Download 148.13 Kb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi148.13 Kb.
#1559361
  1   2   3   4   5
Bog'liq
5-ALOQA TEXNIKASININ


7-Ma’ruza. ALOQA TEXNIKASINING ASOSIY TUSHUNCHALARI. TELEKOMMUNIKATSIYA TARMOGʻI, ALOQA TIZIMLARINI TURLARI, TAVSIFLARI. MODULYATSIYA, MULTIPLEKSLASH USULLARI.


Reja:

  1. Telekommunikatsiya

  2. Aloqa liniyasi

  3. Aloqa kanali

  4. Signallar

  5. Spektr, oʻtkazish polosasi

  6. Modulyatsiya



1. Telekommunikatsiya
Telekommunikatsiya (yunon tele - uzoq, va lat. communicatio - muloqot) - ma’lumotlarni uzoq masofalarga uzatish.
Telekommunikatsiya vositalari – ma’lumotlarni uzoq masofalarga uzatishning texnik, dasturiy va tashkiliy vositalari majmui.
Telekommunikatsiya tarmogʻi – oʻzaro bogʻlangan va ma’lum bir topologiya (konfiguratsiya) tarmogʻini tashkil etuvchi telekommunikatsiya vositalari majmui quyidagilar telekommunikatsiya tarmoqlari hisoblanadi (1-rasm).
telefonli ma’lumotlarini uzatish uchun telefon tarmoqlari (ovozli);
audio ma’lumotlarni uzatish uchun radio tarmoqlari;
video ma’lumotlarni uzatish uchun televizion tarmoq;
raqamli (kompyuter) ma’lumotlarni uzatish uchun raqamli (kompyuterli) tarmoqlar yoki ma’lumotlar uzatish tarmoqlari (MUT).



1-rasm. Telekommunikatsiya tarmogʻi

Raqamli telekommunikatsiya tarmoqlaridagi ma’lumotlar ma’lum strukturaga ega boʻlgan va bir butun boʻlib hisoblanadigan xabarlar koʻrinishida shakllanadi.


Ma’lumotlar (xabarlar) boʻlishi mumkin:
uzluksiz;
diskret.
Uzluksiz ma’lumotlar nutq, tovush yoki video kabi vaqtning uzluksiz funksiyasi sifatida namoyon boʻlishi mumkin. Diskret ma’lumotlar belgilar (simvollar) dan iborat.
Telekommunikatsiya tarmogʻida ma’lumotlarni uzatish ularning fizik tavsiflari – signallar yordamida amalga oshiriladi.
Kompyuter tarmoqlarida ma’lumotlarni uzatish uchun quyidagi turdagi signallardan foydalaniladi (2-rasm):
elektr (elektr toki);
optik (yorugʻlik);
elektromagnit (elektromagnit nurlanish maydoni – radiotoʻlqinlar).
Kabel aloqa liniyalari mos ravishda elektr va optik signallarni uzatish uchun ishlatiladi (2-rasm):
elektr (ELS);
optik-tolali (OTS).
Elektromagnit signallar radiotoʻlqinlar (RNA) va yoʻldosh aloqa liniyalari (YAL) orqali uzatiladi.

2-rasm. Signal va aloqa liniyalarini turlari



Download 148.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling