Texnologiya darslarida "klaster" metodidan foydalanish orqali ta’lim samaradorligini oshirish
Muammoning o’rganilganlik darajasi
Download 43.27 Kb.
|
BMI himoya klaster
Muammoning o’rganilganlik darajasi.
Tanlangan tadqiqot muammosini hal qilishda texnologiya hamda kasb-hunar ta’limini amalga oshirishning maxsus pedagogik texnologiyalarini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, Respublikamizda innovatsion klasterning ilmiy-amaliy nazaryalari ularni amaliyotga tatbiq etish, klaster metodi orqali uzluksiz ta’limni tashkil etish bo’yicha vatanimiz va xorijiy davlatlar olimlari keng qamrovli ilmiy tadqiqotlar olib borganlar. Jumladan, G’.Muxamedov, Sh.Mardonov, R.Eshchanov, A.Rahimov, U.Xodjamqulov, Sh.Botirova ishlarida muayyan darajada yoritilgan. Shuningdek uzluksiz ta’limning asosiy tashkiliy-pedagogik, didaktik shart-shaoitlari, uslubiy yondashtirish texnologiyalari, ta’lim sifati samaradorligiga erishish imkoniyatlari bo’yicha R.Ahliddinov, S.Toshtemirova, U.Begimqulov, M.Vahobov, L.Golish, R.Jo’rayev, U.Inoyatov, J.Yo’ldoshov, M.Mahmudov, O.Musurmonov, M.Yuldashev, Sh.qurbonov va E.Seytxalilov,ta’limda uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash, fanlararo aloqadorlik masalalarida B.Abdullayeva, N.Abdullayeva, B.Adizov, A.Jumayev, S.Maxkamov, G.Fayzullayev, integratsion yondashuv asosida o’quchilar tafakkurini rivojlantirish borasida O.Abdurahmonov, D.Yakubova, R.Mavlonova, N.Rahmonqulova, dars mashg’ulotlarini integrasiyalashning umumiy xususiyatlari va loyihasiga doir mashg’ulotlar strukturasi hamda texnologiyalari bo’yicha M.Toshpo’latov, B.A’zamova kabi olimlar ilmiy tadqiqotlar olib borgan. Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH) mamlakatlarida ta’lim klasterini rivojlantirishning nazariy asoslari, jumladan, kasbiy ta’lim klasterini shakllantirish A.Leontev, G.Muxametzyanova, B.Davidov, G.Ibragimov, B.Lednev, V.Slastenin, uzluksiz ta’lim konsensiyasi B.Gershunskiy, B.Goremiko, A. Novikov, kasb-hunar maktablarida ta’limning E.Korchgin, V.Panasiyak, A.Subettolar tomonidan tadqiq etilgan. Xorijiy olimlardan A.Marshall, M.Porter, O.Solvell, G.Lindqvist, S.Ketels kabilarning izlanishlarida o’zaro aloqasi va bir butun maqsad atrofida birlashtirish bilan bog’liq hodisa sifatida tadqiq etilgan. Sohaga oid manbalarning tahlili pedagogika va psixologiyaga oid tadqiqotlarda o’quvchilar kasbiy ta’lim uzviyligini ta’minlash muammosiga bo’lgan qiziqishlarini ortirib borayotganligini ko’rsatmoqda. Biroq qayd etilgan ishlar o’quvchilar ijodkorlik faoliyatini amalga oshirish mexanizmlari va mavjud usullari yetarli darajada ishlab chiqilmaganligini ko’rsatadi. Jumladan, pedagogik tadqiqotlarda kreativ texnologiyalarni ta’lim tizimiga joriy etish masalalari o’z yechimini kutayotgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi: Texnologiya darslarida “Klaster”metodidan foydalanish, o’quvchi, talabalarni kasb-hunarga maqsadli yo’naltirib, ta’lim samaradorligini oshirish, taraqqiy etayotgan zamonda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash iborat. Tadqiqot vazifalari: 1. Mavzuga oid ishjtimoiy, pedagogik, psixlologik, tarixiy-ilmiy o’quv adabiyot matyeriallarini o’rganib chiqish va umumlashtirish; 2. Mavzuga oid ilmiy pedagogik hamda ilmiy-metodik manbaalarni o’rganish, tahlil qilish asosida texnologiya darslarida “Klaster” metodidan foydalanish orqali ta’lim samaradorligini oshirishning xususiyatlarini shakillantirish dolzarbligi pedagogik-psixalogik muammo ekanligini ilmiy asoslash; 3. Pedagog-psixolog olimlarimizni va tadqiqotchilarning kasbiy fanlarda klaster metodini qo’llash orqali shaxsni shakllantirish haqida qarashlarini organish va tahlil qilish ; 4. Texnologiya darslarida “Klaster” metodidan foydalanish orqali ta’lim samaradorligini oshirishda mutaxassis kadrlarni shakillantirishdagi mavjud holatni o’rganish va ilg’or pedagogik tajribalarni umumlashtirish; Mavzu yuzasidan ta’lim muassasalari o’quvchilar va talabalar misolida ilmiy tadqiqot o’tkazish hamda ularning natijalarini tahlil qilish; Tadqiqot ob’yekti: Ta’lim muassasalarida texnologik ta’limi mazmuniga mos ravishda klaster metodidan foydalanish orqali ta’lim samaradorligini oshirishni tashkil etish jarayoni ,vositalari ,qoidalari hamda uslublari. Tadqiqod pridmeti: Ta’lim muassasalarida texnologiya darslarida o’quvchi, talabalaning ijodkorlik faoliyatini tashkil etish jarayoni. Tadqiqotning amaliy ahamiyati: Ta’lim muassasalari texnologiya darslarida bunday metodni amaliyotda qo’llash orqali muassasaning menejmenti, zamonaviy ta’limning yangilanishi va rivojlanishini belgilab beradi. Tadqiqotning nazariy ahamiyati quyidagilar bilan tavsiflanadi: shaxs ijtimoiylashuvining pedagogik asoslari, texnologiya darslarida “Klaster” metodidan foydalanish orqali ta’lim samaradorligini oshirishda shaxsni faoliyatining ijtimoiy-falsafiy, pedagogik psixologik aspektlarini o’rganildi; «ta’lim sifat », «klaster », «ta’lim samaradorligi » kabi tushunchalar pedagogik nuqtai nazardan sharhlandi; Texnologiya darslarida “Klaster” metodidan foydalanish orqali ta’lim samaradorligini oshirishning mazmuni, metodlari, shakl, va vositalari aniqlandi; tadqiq etilayotgan jarayonni samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan uslubiy tavsiyalar ishlab chiqildi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Texnologiya darslarida “Klaster” metodidan foydalanish orqali ta’lim samaradorligini oshirishning pedagogik shart-sharoitlari va mexanizmlari mazmuni aniqlandi; mazkur faoliyat samaradorligini ta’minlovchi shakl, metod va vositalar tizimi ishlab chiqildi; Texnologiya darslarida “Klaster” metodidan foydalanish orqali ta’lim samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiluvchi metodik tavsiyalar ishlab chiqildi. I-BOB TA’LIM SIFATI SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING NAZARIY ASOSLARI. Adabiyotlar taxlili. +- Download 43.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling