Texnologiya darslarini tashkil qilish shakllari
O`quvchilarni mehnatga ahloqiy,ruxiy va amaliy tayyorlash
Download 69.34 Kb.
|
Технология оралик жавоблари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maktab o`quvchilarining kasb tanlashdagi tipik xatoliklari haqida ma’lumot
O`quvchilarni mehnatga ahloqiy,ruxiy va amaliy tayyorlash
Mehnatga ahloqiy tayyorlash – o`quvchilarga jamoada ishlashni, o’zaro do’stona yordamni, ijodiy tashabbuskorlikni, tashkilotchilik qobiliyatlarini namoyish qilish, mehnat kishilari va mehnat natijalarini xurmat kilishga o’rgatishdan iboratdir. Mehnatga ruxiy tayyorlash murakkab, uzoq davom etuvchi va ko’p qirrali jarayon bo’lib, u butun ta’lim va tarbiyaga singib ketgandir. U garchi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lsada mehnatga axloqiy tayyorlashga juda yaqindir. Mehnatga ruhiy tayyorlash –o`quvchilarni mehnatga ruhiy tayyorlash va unda mehnatga nisbatan uning yoshiga mos keluvchi ongli va ijobiy musbatlarni tarkib toptirish, unda amaliy malaka va ko’nikmalarni egallashga qiziqishini shakllantirishdan ibortadir. O’qituvchining vazifasi o’quvchilarga yoshligidan boshlab mehnatning yaxshi tomonlarini singdirishdir. Bolalarni mehnatga qobiliyati har bir kishi uchun zarur bo’lgan vositalarni ishlab chiqarishda qatnashish zarurligini anglashlari juda muhimdir. Mehnat ruxiy tayyorlash turli psixologik jarayonlarni rivojlantirishni va takomillashtirishni nazarda tutadi. Bular sezib-anglash, psixomotor, emotsional idrok, diqqat, xotira, taffakkur mehnatning psixologik komponentlaridir. Mehnatga amaliy tayyorlash faqat kerakli bilimlar bazasida amalga oshishi mumkin. U boshlang’ich maktabda boshlang’ich politexnik bilimlarga asoslanadi. Mehnat ta’limining mazmuniga muvofiq o’quvchilarda mazkur yosh uchun qulay bo’lgan materiallarga ishlov berishda qo’llaniladigan oddiy asbob va moslamalarni ishning amaliy malaka va ko’nikmalarini egallaydilar. Oddiy asbob va moslamalar maxsus asbob va moslamalarning bosh asosi hisoblanadi. Maktab o`quvchilarining kasb tanlashdagi tipik xatoliklari haqida ma’lumot O’quvchilardagi mehnatga bo’lgan qiziqishni o’z vaqtida aniqlash va ularga mehnat malakalarini sevgan mashg’ulotlarida takomillashtirishlariga yordam berish juda muhimdir. Bunda o’quvchilarni ehtiboriga eng oddiy buyum o’yinchoqlarni, o’yinlarni, o’quv qurollarini tayyorlash, naqshlar chizib va qirqib olish, applekatsiya ishlari havola etiladi. Bundan tashqari bolalarda mehnatga qiziqishni uyg’otish, mehnat darslarida hosil qilingan bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish, ko’nikma va malakalarini mustahkamlash uchun “Mohir qo’llar” to’garaklarida, kun uzaytirilgan guruhlarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Mehnat eng muhim iroda va axloqiy sifatlarning rivojlanishiga yordam beradi. Mehnat tahlimida mehnatga psixologik tayyorgarlik, mehnat faoliyatining to’g’ri motivlari tarbiyalanadi, shaxsning har bir ongli mehnatkash uchun zarur bo’lgan sifatlari shakllanadi. Darslarning jihozlanganligi o’z mehnati uchun shaxsiy mahsuliyatni, mehnat madaniyatini tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. Agarda bolalar yomon jihozlangan sinfda, qupol, og’ir va yoshlariga nomunosib asboblar bilan shug’ullansalar ish natijalari ko’ngildagidek bo’lmaydi. Agarda bola har bir qadamda tartiblilikka, aniqlikka rioya qilish lozimligiga ishonch hosil qilinmasa, bolalarni mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalashda muvaffaqiyatga erishish haqida gapirish qiyin. Mehnat malakalari madaniyati u yoki bu mehnat jarayonida belgilangan tartibga va harakat izchilligiga rioya qilish kerakligini muntazam tushuntirib borish bilan birga bo’ladigan ko’p mashq qilishlar natijasida tarkib topadi. O’quvchilar o’rtasida yo’lga qo’yilgan o’zaro yordam esa, ularda do’stlik, birodarlik, umumlashish, jamoatchilik kabi fazilatlarni tarbiyalaydi. Download 69.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling