Texnologiya fani fanining tartibdagi o'rni nimalardan iboratligini aniqlash reja


Texnologiya va dizayn fanini o‘qitishga quyiladigan zamonaviy talablar


Download 32.31 Kb.
bet3/3
Sana24.12.2022
Hajmi32.31 Kb.
#1061462
1   2   3
Bog'liq
TEXNOLOGIYA FANI FANINING TARTIBDAGI O\'RNI NIMALARDAN IBORATLIGINI ANIQLASH

Texnologiya va dizayn fanini o‘qitishga quyiladigan zamonaviy talablar.
Инсоният тараққиётининг барча даврларида ижодий меҳнат башариятни олға харакатлантирувчи асосий омил бўлиб келган. Шундай экан, ёш авлодни ижодий меҳнатга ўргатиш, уни ўз замонасининг энг илғор билимлари билан қуроллантириш барча даврларда ҳамма халқлар учун энг долзарб вазифа ҳисобланган.
Texnologiya va dizayn fanini o‘rganish “Oliy matematika asoslari”, “Fizika”, “Elektrotexnika va elektronika”, “Materialshunoslik”, “Mehnat ta’limi praktikumi”, “Materiallarni kesib ishlash, asboblar va stanoklar”, “Texnik ijodkorlik va dizayn” va “Xalq xunarmandchiligi” kabi fanlari boyicha olingan fundamental bilimlariga asoslangan.
Fanning ta’limdagi o‘rni.Mazkur fanni o‘qitishda umumiy o‘rta ta’lim maktablari mehnat ta’limi darslari bilan bevosita aloqada bo‘lib, O‘zbekistondagi ishlab chiqarish turlari va zamonaviy taraqqiyot yo‘nalishlari, texnologik jarayonlar, yangi texnika, ilg‘or texnologiyalar, fan texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillari va istiqbollari, ishlab chiqarish texnologiyasi, ishlab chiqarishni tayyorlashga oid texnologik hujjatlar, yog‘ochga ishlov berishga oid kasb-hunar turlari, metallga ishlov berishga oid xalq xunarmandchiligi soxalari hamda mahsulotlarni tayyorlash usullari haqida o‘quvchilarga bilim berilsa dastur mazmuniga mos keladi.
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar. Talabalarning mazkur fanni o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi axborot-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘qitishda plakatlar, chizmalar, namunalar, yo‘riqnomalar, texnologik xaritalar, ko‘rgazmali texnik vositalardan, kompyuter texnikasi, kinofilm, videofilm, diafilm, slayd va elektron versiyalardan, yangi pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitish, bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish ko‘zda tutiladi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakasiga qoyiladigan talablar. Texnologiya va dizayn”fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida o‘quvchilar yog‘ochning xususiyatlari to‘g‘risida boshlang‘ich bilimlarni egallash, ularni rejalash, yo‘nish, arralash, teshish, pardozlash ishlari va bu ishlarni bajarishda ishlatiladigan qo‘l va elektr asboblarining tuzilishi, ishlashi, dastgohlar, elektr va mexanizatsiyalashtirilgan jihozlar, mashinalar elementlari, yangi texnika va ilg‘or texnologiya asoslari, texnologik xaritalar, ularni tuzish va foydalanish, xavfsizlik texnika qoidalari,sanitariya-gigiyena talablari, o‘quvchilar metallarning xususiyatlari to‘g‘risida boshlang‘ich bilimlar, rejalash, ishlov berish, pardozlash ishlari va bu ishlarni bajarishda ishlatiladigan qo‘l hamda elektr asboblarining tuzilishi, ishlashi, dastgohlar, elektr va mexanizatsiyalashtirilgan jihozlar, mashina elementlari, yangi texnika, ilg‘or texnologiya asoslari, texnologik xaritalar, ularni tuzish va foydalanish, mehnat qonunchiligi hamda xavfsizlik texnika qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, o‘quvchilar elektr montaj ishlarida ish o‘rnini tashkil qilish; elektr o‘tkazish
simlarining turlari; elektr o‘tkazgichlarni montaj qilish izolyatsiyalash ishlari; elektr asboblari; elektr o‘tkazish simlarini montaj qilish hamda ish asboblari bilan bilan ishlash usullari, pol qoplamalari hamda mebellarning laklangan va qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari va kichik ta’mirlash ish usullari; yurtimiz me’morchiligi tarixi, xona intereri hamda jihozlanish dizayni; sohaga oid yurtimizda tarkib topgan an’analar hamda zamonaviy taraqqiyot yo‘nalishlari; xona va fanlar bo‘yicha o‘quv kabinetlarida mebel va qo‘shimcha jihozlarni joylashtirish sxematik tasviri hamda eskizlarini tayyorlash to‘g‘risida,
O‘zbekistondagi ishlab chiqarish turlari va tarkibi, ularning bir-biriga bog‘liqligi; tex­nologik jarayonlar, yangi texnika, ilg‘or texnologiyalar; mehnat predmetiga mexanik ta’sir etish orqali amalga oshiriladigan texnologik jarayonlar; ishlab chiqarishdagi kimyoviy va fizik-texnologik jarayonlar; fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillari va istiqboli; ishlab chiqarish texnologiyasi; ishlab chiqarishni tayyorlashga oid texnologik hujjatlar to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi kerak;dizayn talablari darajasidagi ro‘zg‘orbob va xaridorgir buyumlarni tayyorlashni, ro‘zg‘orbob hamda xaridorgir, dizayn talablari darajasidagi buyumlarni, bitta xonani yoritish zanjiri sxemasini tuzish; maishiy elektr asboblarini elektr manbaiga ulash, ularning atrof-muhit va inson sog‘ligiga ta’siri; elektr energiyasini tejamli ishlatish usullari; kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish ish o‘rnini tashkil qilish; kavsharlashda simlar, kavshar, flyuslar turlari; kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish ish asboblari hamda ish usullari; elektr montaj ish asboblari turlari va ularda ishlash usullari; elektr bilan ishlovchi sodda uskuna va jihozlar tayyorlashni, taklif etilgan yechimlar asosida xonalarni jihozlash; shahar va qishloq uylarida suv, gaz, elektr energiyasi va issiqlik ta’minoti tizimi va undan foydalanish qoidalari; uy va xonadonlarni ta’mirlash ishlarining asosiy turlari; ta’mirlashda qo‘llaniladigan zamonaviy qurilish materiallari; mahsulot ishlab chiqarishni nazorat qilish, o‘lchash va taqqoslash texnologiyalari; kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish yo‘na­lishlari, tartibi va standartlari; mulk­chilik turlari, marketing va menejment faoliyatining rivojlanishi; zamonaviy ishlab chiqarishning bozor munosabati bilan uzviyligi; olinadigan daromad va uni taqsimlash qoidalari; mehnatni unumli tashkil etish, tejamkorlik va ishbilarmonlik asoslari; mehnatni ilmiy tashkil etish; tabiatni muhofaza qilish; o‘quvchilar yog‘ochga va metallarga ishlov berish jarayonlari bilan uyg‘unlashtirilgan xalq hunarmandchiligi texnologiyalari; hunarmandlarning bozor munosabatlari asosidagi faoliyatlari, uyushmalari va uning istiqbollari; hunarmandchilik bo‘yicha ko‘rgazma va tanlovlarni tashkil qilish va ishtirokchilarni tanlash qoidalari; hunarmandlari tomonidan eksport va ichki bozor uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar; xalq hunarmandchiligida foydalanilayotgan nodir materiallar, asbob-uskunalar hunarmandchilik mahsulotlarini tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligi ta’minlanishiga ko‘ra baholash; kompozitsion yaxlitlik; xalq hunarmandchiligiga oid tanlangan bitta kasb-hunar turlar; xalq hunarmandchiligining tanlangan yo‘nalishi bo‘yicha zamonaviy dizayn talablari bilan uyg‘unlashtirilgan mahsulot tayyorlash ish usullarini bilishi, malaka hosil qilishi va amalda qo‘llay olishi kerak; хalq xunrmandchiligining etnik, tarixiy, mahalliy, geografik xususiyatlari, tadbirkorlik, ijodkorlik asoslari; yog‘ochga ishlov berishga oid kasb hunar turlari, metalga ishlov berishga oid xalq xunarmandchiligi soxalari; metallarga ishlov berishga oid kasb hunar turlari, elektrotexnik hamda elektron uskunalarni ishlab chiqarish, ishlatish va ularga xizmat ko‘rsatish, asboblarni elektr montaj qilish va ishga tushurishga tayyorlash bilan bog‘liq kasb hunarlar bo‘yicha, uy va xonadonlarni ta’mirlashda qo‘llaniladigan asosiy ish asboblari; suv ta’minoti tizimi, suv quvurlari, ventil va jumraklarni sozlashda mayda ta’mirlash ishlarini bajarish; qurilish va ta’mirlash bilan bog‘liq kasb hunarlar, sanoat miqiyosida ko‘p seriyali ishlab chiqarish uchun tavsiya etish mumkin bo‘lgan mahsulot namunasini tayyorlash bo‘yicha zamonaviy dizayn talablari bilan uyg‘unlashtirilgan mahsulotlarni tayyorlash ish usullariga oid bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak.
O‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda ularni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirish juda muhim hisoblanadi. Chunki tanlangan kasb har bir inson kelajagi bilan bog‘liq hamda yashash tarziga ham ta’sir qiladi. Inson o‘zi tanlagan kasb yoki hunaridan zavq olsa, qilgan ishidan mamnun bo‘ladi. O‘z kasbining ustasiga aylanadi, el e’tiboriga tushadi, baraka topadi.
Kasb tanlashda maktabning o‘rni beqiyos. Ba’zi o‘quvchilar fizika, kimyo, biologiya fanlariga, boshqalari adabiyot, tarix yoki huquq faniga qiziqadi. Masalan, biologiya faniga qiziqqanlar kelajakda vrach-veterinar yoki biolog bo‘lishi mumkin. Huquq faniga qiziqadigan o‘quvchilar huquqshunos, advokat, prokuror, sudya bo‘lishi mumkin. Fizika faniga qiziqadigan o‘quvchilar muhandis yoki aloqachi bo‘ladi. Matematika fani­ga qiziqadigan o‘quvchilar kelajakda iqtisodchi, bankir, buxgalter bo‘lishi, chet tillarga qiziqadigan o‘quvchilar tarjimon, elchi, gid bo‘lib ishlashi mumkin.
Ilgari mehnat darsiga 2-3-darajali fan sifatida qaralardi. Amaliy mashg‘ulotlar qog‘oz-qalam, o‘chirg‘ich, tabiiy materiallar asosida o‘tilardi. Endilikda bu fan “Texnologiya” deb nomlanib, darslar oliy malakali o‘qituvchilar tomonidan o‘tiladigan bo‘ldi. 5—9-sinflarda o‘quvchilar har yili 3-4 kasb bo‘yicha o‘qitiladi, ishlab chiqarish amaliyotida ishtirok etadi. Berilgan nazariy bilimlar amaliy darslar bilan mustahkamlanadi.
Aytish lozimki, 8-9-sinflar uchun mehnat ta’limi bo‘yicha ilgari aniq bir darslik yoki o‘quv-uslubiy qo‘llanma yo‘q edi. Shu bois mazkur fan o‘qituvchilari darslarni deyarli o‘z bilganlaricha o‘tishardi. “Texnologiya” fani bo‘yicha Sirdaryo viloyat “Mahorat maktabi”ning rahbari bo‘lgan Zamira Sattorova yillar davomida dars ishlanmalarini jamlab bordi hamda 8-9-sinflar uchun “Ishlab chiqarish asoslari va kasb tanlashga yo‘llash” degan dastlabki darslik nusxasini yaratdi. Bu ish 2013-yili respublika maktablari bo‘yicha ommalashtirilib, mehnat ta’limi darsi shu asosda o‘tilishi joriy qilindi.
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan darsliklar va o‘quv-metodik komplekslarni ishlab chiqish uchun mualliflarni tanlab olish tanlovida sir­daryolik uch nafar muallim — Guliston shahridagi 8, Yangier shahridagi 6 va Mirzaobod tumanidagi 15-maktab o‘qituvchilari Zamira Sattorova, Nazokat Abdusalimova va Nasiba Ahmedovalar tomonidan 9-sinf o‘quvchilari uchun yozilgan “Texnologiya” kitobi ma’qullanib, darslik sifatida chop etildi va 2019-2020-o‘quv yilidan boshlab asosiy qo‘llanma sifatida o‘qitiladigan bo‘ldi.
Darslikda o‘g‘il bolalar uchun alohida, qizlar uchun alohida qismlar mavjud. O‘g‘il bolalar uchun mo‘ljallangan “Texnologiya va dizayn yo‘nalishi” bo‘limida hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash texnologiyasi, ishlab chiqarish va ro‘zg‘orshunoslik, elektronika asoslari, kasb tanlashga yo‘llash hamda ijodiy loyiha tanlash texnologiyasi boblari ajratilgan bo‘lsa, qizlarga mo‘ljallangan bo‘limda ularning o‘zlariga mos va zamonaviy yo‘nalishlarga oid dars ish­lanmalari hamda ma’lumotlar joy olgan.
Axborot oqimi keskin ortgan davrda mustaqil fikrlash ko‘nikmalariga ega bo‘lgan, har qanday yangilikni o‘rga­nishga erkin kirisha oladigan shaxsni tarbiyalash ta’lim-tarbiya jarayonining asosiy maqsadi hisoblanadi va bu borada ta’limda yangi texnologiyalarning qo‘llanishi, interaktiv usullardan keng foydalanish lozim bo‘ladi.
Texnologiya fani predmeti boshqa fanlardan umuman farq qiladi. Masalan, fizika yoki matetmatika fanlari o‘n yillar davomida yangi bilimlar bilan boyitilib boriladi. Texnologiya fani bo‘yicha esa har yili yangiliklar bor. Ishlab chiqa­rish sohasiga ko‘plab yangi texnologiyalar joriy etiladi. Shuning uchun bu fan o‘quvchilarni zamonaviy kasblarga o‘qitish bilan uyg‘unlashtirilgan holda olib borilishi kerak.
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan yaqin kelajakda o‘quvchilarni kasbiy ta’limga yo‘naltirish maqsadida superustaxonalar, bolalar texnoparklari, “Kvantorium” va boshqa zamonaviy parklar ochish ko‘zda tutilmoqda. O‘quvchilar kompyuter va vibrostendlar bilan jihozlangan bu maskanlarda kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lish bilan birga robo, kosmo, nano, bio, IT yo‘nalishlari­da ta’lim olish imkoniga ega bo‘ladilar. Ta’limning yosh avlod hayotidagi roli va ahamiyatini hisobga olgan holda, bu vazifani bugungi kunda oliy ma’lumotli, yuksak professional mahoratga ega bo‘lgan pedagog kadrlar bajarmoqda. Ta’lim sifatini oshirish, ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari, darslik va qo‘llanmalarni takomillashtirish, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoq­da. Masalan, mebel ishlab chiqarish bo‘yicha dizayner bo‘lmoqchimisan? Marhamat, bolg‘a va mixni chekkaga surib, material tanla, hisob-kitob qil. Mebelni plastikdan tayyorlamoqchimi­san? Bunda barcha detallarni 3D printeri tayyorlaydi. Yog‘ochdan qilmoqchimi­san? Marhamat, raqamli dasturlangan boshqaruv stanogiga hisob-kitobingni kiritasan. Mebeling tayyor. O‘quvchilar shu tariqa sanoat dizayni, nanotexnologiya, raqamli modellashtirish va ishlab chiqarish texnologiyalari, robototexnika, elektrotexnika, elektore­nergetika, biotexnologiya, oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, “aqlli uy”, “buyumlar interneti” bilan tanishadilar. Bunda darslar nafaqat maktabda, balki kollej va texnikumlar, bolalar texnoparki, yoshlar ijodiy innovatsion markaz­larida tashkil etiladi.
Download 32.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling