Texnologiya fani o’qituvchisiga qo’yiladigan kvalifikatsion talablar. Shaxsiy va kasbiy, kreatevlik va kompetentlik reja


Download 66.5 Kb.
Sana10.12.2020
Hajmi66.5 Kb.
#163130
Bog'liq
TEXNOLOGIYA FANI O’QITUVCHISIGA QO’YILADIGAN KVALIFIKATSION TALABLAR. SHAXSIY VA KASBIY, KREATEVLIK VA KOMPETENTLIK


TEXNOLOGIYA FANI O’QITUVCHISIGA QO’YILADIGAN KVALIFIKATSION TALABLAR. SHAXSIY VA KASBIY, KREATEVLIK VA KOMPETENTLIK
REJA:
1.Texnologiya fanini o‘qitilishining ahamiyati va vazifalari.

2.Texnologiya fanini o‘qitish usullari.

3.Qo‘l mehnatiga o‘qitish usullari.

4.Mehnat o‘qituvchilarining ushbu metodlardan foydalanishi.


Ilmiy-texnik tafakkurning borgan sari yoshlarning fan-texnikaning jo‘shqin rivojlanishida faol ishtirok etishlari faqat ta’lim mazmunini emas, balki o‘qitish jarayoning usuli va tashkil etilishini, o‘qitishga qiziqishini, ijodiy qobiliyatini, egallagan bilimlarini amalda qo‘llay bilishni rivojlantirish maqsadlarida yanada takomillashtirishni ham talab qiladi. Bu esa maktab zimmasiga yoshlarda ijodga ehtiyoj uyg‘otish, ijodiy qobiliyatlar, har qanday faoliyatga ijodiy yondashish asoslarini tarkib toptirishga, ijodiy masalalarni mustaqil hal etishga o‘rgatish vazifasini yuklaydi.

Mehnatga ta’limiga o‘rgatishning ahamiyati mehnat malakalarini egallash imkoniyatini berish bilan cheklanmaydi, balki bu malakalar hamma uchun kerakligini e’tirof qilish kerak. Ko‘pgina ilmiy kengashlar, agarda ularda qatnashgan kishilar turmush ishlarini bajarishni: ovqat pishirish, kiyim yama, ozodalikni saqlash va shu kabilarni bilmaganlarida shunchalik muvaffaqiyatga erishmagan bo‘lardilar.

Ko‘pgina o‘qituvchilar o‘qitishning turli metod va usullarini qo‘llab shunungdek, sinfdan tashqari ishlarni qiziqarli tashkil etib, yaxshi o‘zlashtirish natijalariga erishmoqdalar va bilimga muhabbat hamda qiziqishlarini sindirmoqdalar. Bunday o‘qituvchilar qo‘l mehnatini o‘rgatishda o‘quvchilarga turmush sohasidagi bilim va ko‘nikmalarni singdirish bilan birga, ularda ijodiy qobiliyatlarni va bilishga qiziqishini, mustaqil faollikni o‘stirishga yordam bermoqdalar.

Qo‘l mehnatiga o‘rgatishda boshqa fanlarni o‘rgatishda bo‘lganidek, o‘qitishning xilma-xil usullarini qo‘llab, ular yordamida o‘quvchilarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini egallab olishlariga, shunungdek bilish qobiliyatlarini rivojlanishiga erishiladi.

O‘quvchilar bayon etilayotgan aynan buyum emas, balki o‘z so‘zlari bilan buyumni bajarilishini yod etishlari talab etiladi. Biroq asosiy o‘rinni hali ham namuna, tayyor ko‘rgazma bo‘yicha ishlash egallaydi. Hozirgi zamon maktabi darsningzamonaviyligini oshirdi, takomillashtirishda va unga sayqal berdi. O‘qituvchi darsga tayyorlanar ekan, har bir tayyor mavzu mazkur dars uchun uning maqsad va vazifalariga muvofiq keladigan ishni usul va ko‘rgazmali qurollarni tayyorlaydi.

Qo‘l mehnatiga o‘rganish ham zamonaviy pedagogika ishlarini to‘g‘ri tashkil etish va uning usullariga qo‘yadigan umumiy talablariga muvofiq tarzda amalga oshirish kerak. O‘qitish metodlari – bu o‘qituvchi va o‘quvchilarning usullari bo‘lib, bular yordamida o‘qituvchi o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini egallashlariga erishiladi. O‘qituvchi o‘z tajribasida o‘qitishning xilma-xil usullaridan foydalanishi mumkin. O‘qituvchining intilishi, hatti-harakati darsda o‘quvchilarning diqqat-e’tiborlari susaymasligiga, fikrlarning jamlangan bo‘lishiga, ularning chambarchasliklariga yo‘llangan bo‘lishi kerak. O‘qituvchi darsning har bir daqiqasini qadrlab, o‘quvchilarni ham shunga o‘rgatish kerak. Har bir o‘qituvchiga o‘z uslubi, o‘z usulining o‘ziga xosligigi ega bo‘lish huquqi berilgan. Biroq shuni aytish mumkinki, bularning barchasiga mustahkam bilim, bir qarashda hammaga ravshan bo‘lgan haqiqatlarni egallab olganlaridagina erishish mumkin. O‘z faoliyatini o‘qituvchilik mehnatiga baxsh etmoqchi bo‘lgan o‘qituvchilar mana shu hammaga ma’lum haqiqatni o‘zlashtirishdan boshlashlari kerak. Ular darslarda suhbat, gapirib berish, amaliy mashg‘ulotlar kabilardan foydalanib o‘zlashtirganini tekshirish, yangi temani tushuntirish vao‘tilganini mustahkamlashni eng boshidan o‘rganishlari lozim. Faqat barchaga ma’lum haqiqatlar o‘zlashtirgandan keyingina va sinfning imkoniyatlarini nazarda tutib, yangisini qo‘llash mumkin.

O‘qitish usullari bilimlarni shunday darajada egallanishiga xizmat qilishi kerakki, unda o‘quvchilar chizmani o‘qituvchi chizgan o‘lchamlar asosida emas, balki buyumni istalgan o‘lchami bo‘yicha chizib, egallagan bilimlarini amalda qo‘llay olsinlar.

Qo‘l mehnatiga o‘rgatishda qo‘llaniladigan asosiy usullar tizimi qo‘ydagichadir:

Og‘zaki bayon qilish.

tushuntirish va hikoya qilish.

Suhbat.

Mashqlar.



Amaliy ishlar.

Laboratoriya ishlari.

Mustaqil ishlar.

Ekskursiya.

Kitob bilan ishlash.

Texnik vositalar.

Mehnat ta’limi jarayonida o‘quvchilarni mehnat ta’limi va tarbiyasiga tayyorlashda mana shu usullardan samarali foydalanilsa o‘qituvchi o‘quvchilarning mehnat ta’limi va tarbiyasining malaka va ko‘nikmalarini egallashlariga va mehnatga tayyorlash to‘g‘ri tarbiyalansa, haqiqiy mehnatkash uchun zarur bo‘lgan sifatlar shakllanadi.

Boshlang‘ich sinflarda mehnat ta’limiga tayrlash dasturi bolalarni har tomonlama kamol toptirishga aqliy va jismoniy, ahloqiy va estetik, iqtisodiy va ekologik bilimlarini shakllantirishga va tarbiyalashga qaratilgan bo‘lib o‘z oldiga qo‘ydagi maqsadlarni qo‘yadi.

a) Bolarning mehnat tajribasini ularning kishilarning ishlab chiqarish faoliyati to‘g‘risidagi bilimlarni kengaytirish, mehnatsevarlik, mehnatga va mehnat kishilariga munosib munosabat ruhida tarbiyalash;

b) Mehnat malakasi, mehnat madaniyati asoslarini, o‘z ishi va o‘rtoqlari ishini rejalashtirish va tashkil qilish malakalarini rivojlantirish.

Dasturda turtta asosiy bo‘lim bor.

1.Qog‘oz va karton bilan ishlash.

2.Turli materiallar bilan ishlash.

3. Gazlama (tikish va bichish) bilan ishlash.

4.Texnikaga modellash.

5. Qishloq xo‘jaligi mehnati.

O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish bulimi o‘zlarining kiyim-kechaklariga va turar joylariga qarashni, nonushta, tushlik va kechki ovqat uchun dasturxon tuzashni o‘z ichiga oladi. Bu darslarni yil boshida utkazish tavsiya etiladi, bundan maqsad o‘qituvchilarni va ota-onalarni yil davomida bolalarning olgan bilimlarini qanday qo‘llayotganliklarini va sinfda navbatchilik qilganda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish, uyda ota-onalariga yordam berishlariga imkon berishdir.

Texnikaga oid mehnat bulimi mehnatning quydagi turlarini qog‘oz va karton bilan ishlash, mato bilan ishlash, turli materiallardan plastilin, tabiiy va neorganik materiallar samon, quritilgan barglar, patlar, chig‘onoq, loy,qum, sement,yog‘och, yumshoq sim, tunuka va boshqa materiallar bilan ishlashni o‘z ichiga oladi.

Bolalarga buyumlarni yasash tartibi haqida, ya’ni yig‘ish, ishlov berish to‘g‘risida, ishlatib ko‘rish xato va kamchiliklarni yo‘qotish haqida ish urnini tashkil qilish va boshqalar to‘g‘risida tasavvur hosil bo‘ladi. Bu elementlarning barchasi keyinchalik modellar va texnikaviy uyinchoqlar tayyorlashda qo‘llaniladi, umumlashtiriladi, bolalarning ijodiy fikrini o‘stiradi, To‘plangayen mehnat tajribasini tevarak-atrofdagi texnika bilan bog‘lashlariga yordam beradi.

Qishloq xo‘jaligi mehnati Bu darslarda o‘quvchilar sinfdagi jonli tabiat burchagi va maktab tajriba hovlisida o‘simliklarni o‘stirishga, ko‘paytirishga va parvarishlashga oid ishlar bilan shug‘ullanadilar.

Mehnat ta’limi dasturir talablari quydagilarni o‘z ichiga oladi.

Buyumlarni kundalik uchun zarurligi.

Narsa-buyum yoki ishni bajarish jarayonida bolalarga berish mumkin bo‘lgan dasturda ko‘rsatilgan bilim va malakalarining mazmundorligi.

Barcha o‘quvchilarni darsda band qilish imkoniyati.

Mehnat ta’limining yangi dasturlari, metodlari va tashkiliy shakllari asosida ishlab chiqiladi. Mehnat dasturlarida mehnat madaniyatining malaka va ko‘nikmalari aks ettirilgan bo‘lib, unga qarab maktab o‘quvchisi, o‘qituvchisi va maktab faoliyatiga baho beriladi. O‘qituvchi o‘quvchilarning u yoki bu xususiyatlarini, mehnat madaniyatining tarkibiy qismi birligini hisobga olganda dastur tuzib chiqadi.

Mehnat ta’lim yo‘nalishlaridan birinchisi bolada va o‘smirda inson mehnati haqida va uning mehnatining mahsuli yaratilgan buyumlar to‘g‘risida, ishlab chiqarish muhiti, materiallarni ishlab chiqarish texnologiyasi, moddiy ishlab chiqarish iqtisodiyoti haqida tasavvurlar hosil qilishga har tomondan yondashishni talab qiladi.

Mehnat ta’limining yo‘nalishining ikkinchisi, o‘quvchilarda oilada va turmushdagi vazifalarni taqsimlash, ularni bajarish to‘g‘risidagi tasvvurlarni shakllantirish.

Mehnat ta’limining yo‘nalishining uchunchi esa hozirgi zamon o‘quvchisi tabiatga ekologik munosabatda bo‘lishni shakllantirish, uni qishloq xo‘jaligi sohasidagi malaka va ko‘nikmalari bilan qurollantirish kerak.

Mehnat ta’limi jarayonida hosil qilingan bilimlar, malakalar va ko‘nikmalar maqsadsiz emas, balki insonning asosiy qobiliyati – mehnatga bo‘lgan qobiliyatini rivojlantirish vositasi hisoblanadi.

Mehnat darsining maqsadi – shaxsning turmush tarziga, mehnat madaniyatiga qaratilgan barqaror yo‘l yo‘riqni qaror toptirish, ijodiy mehnat qilishga, amaliy, ahloqiy va ruhiy tayyorgarlikni amalga oshirish, o‘quvchilarni halq xo‘jaligidagi muvoffaqiyatli mehnat faoliyatida zarur bo‘lgan ijodiy qobiliyatlarni, aqliy, jismoniy fazilatlarni rivojlantirishdir.

Mehnat ta’limi o‘zining bosqichlarida bolalar, o‘smirlar va yoshlarning yoshi, funksional imkoniyatlarining o‘ziga xosligi, ruhiy rivojlanishi, ijtimoiy mavqiyega muvofiq ravishda ko‘p tomonlama yo‘nalishga ega bo‘lishi lozim. U qo‘ydagilarni taqozo etadi.

Mehnatsevarlikni tarbiyalash, mehnat qilishga ehtiyojni, unga ongli, ijodiy munosabatda bo‘lishni, uz maxoratini doimo takomillashtirishga intilishni shakllantirish;

Kasb faoliyati uchun ahamiyatli bo‘lgan psixo-fizologik funksiyalarini, shaxsning kasb-korlik jihatidan muhim bo‘lgan umumiy va shaxsiy qobiliyatlarini rivojlantirish;

Tanlangan faoliyat sohasiga kasbiy faoliyatni keng politexnik bilim doirasi va kasbiy harakatchanlik bilan birga qo‘shgan holda shakllantirish;

Bunyodkorlik faoliyati jarayonida haqiqiy mehnat munosabatlariga kirishi, jamoa mehnatiga ijtimoiy tajriba to‘plash;

Shaxsning barcha sohalarida madaniyatni tarbiyalash;

Zamonaviy iqtisodiy bilimlarni egallash, yangicha iqtisodiy tafakkurni, omilkorlikni shakllantirish, haqiqiy iqtisodiy faoliyatida ishtirok etish;

Mustaqillikni, tashabbuskorlikni tarbiyalash, muammoli vaziyatlarni ijodiy ravishda hal qilishga hozirlikni shakllantirish, ishlab chiqarishni boshqarishda ongli ravishda va faol ishtirok etish.

Mustaqil har tamonlama kamolga yetgan barkamol inson uchun zarur bo‘lgan ma’naviyat qirralari iymon, e’tiqod, vatanparvarlik, insonga cheksiz muhabbat do‘stlik, sadoqatlik, mehnatsevarlik, milliy g‘urur kabi fazilatlarini shakillantirish zarur.

Buyuk allomalarimiz tamonidan yaratilgan og‘zaki va yozma

Ijodiyot avloddan- avlodga o‘tib kelayotgan iymon-e’tiqod sirlarining nazariy va amliy jihatlari haqidagi bilimlar bilan yoshlarni qurollantirish lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlis 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi yangi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ta’lim sohasidagi siyostimizni belgilab berdi. Uzluksiz ta’limni tashkil etishni rivojlantirish prinsiplari uzluksiz ta’limni isloh qilish, uzluksiz ta’lim tizimi va turlari masalalarini qamrab olgan. Prezidentimiz I.A Karimov ta’kidlaganidek “Har bir insonning ayniqsa endigina hayotga qadam qo‘yib kelayotgan yoshlarning ongiga shunday fikrni singdirish kerakki, ular o‘rtaga qo‘yilgan maqsadga erishi o‘zlariga bog‘liq ekanligini, ya’ni bu narsalar ularning sobit qadam, g‘ayrat shijoatlariga, to‘la-to‘kis fidokorligi va cheksiz mehnatsevarliklariga bog‘liq ekanligini anglab yetishlari kerak”.

Mehnatni sharaflash mehnat ahlining qadr-qiymatini uning mashaqqati uchun astoydil kurashish, o‘sib kamol tapayotgan yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish jarayonida mehnatga munosabatlarini shakllantirish zarur bo‘lib, yosh avlod jamiyatimiz taraqqiyotida o‘z bilimi: mehnat, kasb-hunarlari bilan hissa qo‘shishlari pedagog tarbiyachilarning oldida turgan eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Kichik sinf o‘quvchilarini qo‘l mehnatiga o‘rgatishning asosiy maqsadi, boshlang‘ich mehnat elementlari bosqichlarini ya’ni bajariladigan ishlarning oddiy elementlari(qog‘ozlarni buklash, qirqish, yelimlash, geometrik figuralarni yasash, applekatsiya ishlari)ni yasash bilan boshlaydilar.

Undan tashqari qo‘l mehnatiga o‘rgatishda “Tikish va bichish”, “Pazandachilik”, “Plistilin bilan ishlash”, “ Qog‘oz va karton bilan ishlash”, “Applikatsiya va mozayka ishlari” turlari bilan bosqichma-bosqich tanishib boradilar. Har bitta bo‘lim o‘quvchilarni hayotga mustaqil qilib tarbiyalashda muhim o‘rin egallaydi.

Yaratilgan mehnat natijalari o‘ziga va yon atrofdagilariga foydasi tegishini ko‘rgan o‘quvchi mehnatni asrab-avaylashga va mehnat kishilarining mehnpt natijalarini ham hurmat-izzat qilishga o‘rganadi.

Topshirilgan ishga ma’suliyat hissini va mehnatdagi intizomni tarbiyalash, o‘qitishni ishlab chiqarish bilan birga olib borilishi salomatlik va yosh uchun foydali, jamiyat uchun kerakli mehnat izchilligini amalga oshiradi.

Boshlang‘ich maktablarda mehnat ta’limi va tarbiyasining asosiy vazifalari o‘quvchilarni mehnatga tayyorlash, o‘qitish va umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida kasb tanlash izchilligini takomillashtirish, davlat ta’lim standartlari talabi bo‘yicha tarbiyalash hamda o‘quvchilarni kasb-hunar egasi bo‘lib yetkazishda nazariy va amaliy bilim berish.

Mehnat madaniyatini tarkib topishi uchun darslarda doimo bolalarning e’tiborini asbob va materiallarni saqlash qoidasi hamda joylashtirish tartibiga, ish joyini to‘g‘ri jihozlashga, materiallardan tejamkorlik bilan foydalanish usullariga, ish harakatlarining meyori va sifatiga, ish ko‘rsatkichini ta’minlovchi tadbirlarga, ishlov berishda olinggan aniqlik va tozalikka rioya qilishga va nihoyat narsani chiroyli qilib bezashga talab qilib borish kerak.

Kerakli material va asboblari bilan yetirli ta’minlanmaganlik ham mehnat madaniyatini shakllanishiga salbiy ta’sir etadi. Ba’zan o‘quvchilarning tayyorlanmaganliklari va uyushmaganliklari tufayli o‘qituvchining ko‘p vaqti bekorga sarf bo‘ladi: biri qaychisini, iiknchisi qog‘ozini olib kelmasdan ish qilayotgan o‘rtog‘ini narsa so‘rab chalg‘itadi. Shuning uchun o‘qituvchi dars boshlashdan oldin guruh sardorlari yordamida o‘quvchilar o‘rtasidagi do‘stona o‘zaro yordamga tayanib o‘z vaqtida choralar ko‘rish lozim. Biroq har qanday holatda ham o‘quvchini uyga junatmaslik yoki jazo berish tartibida o‘quvchini ishsiz qoldirmaslik kerak, afsuski bunday hollar amaliyotda uchrab turadi.

Mehnat ta’limiga ijodiy tashabbusiz yondashish mehnatning aqliy rivojlanish omiliga aylantirmaydi. Bilimlarni qo‘llashni talab qilmaydigan, tafakkurni faollashtirmaydigan mehnat faoliyati aqliy qobiliyatlarni o‘stirmaydi.

Mehnat ta’limi u yoki bu mehnat jarayonida belgilangan tartibda va harakatlar izchilligiga rioya qilish kerakligini muntazam tushuntirib borish bilan birga bo‘ladigan ko‘p marta mashq qilishlar natijasida tarkib topadi.

O’zbekistonimiz tabiiy resuslar, foydali kazilmalarga o’simliklar dunyosiga turli tuman parandalarga boy o’lkadir. Respublikaning bu tabiiy boyliklari sanoatda turmushda foydalaniladigan xom ashyo bo’lishi b-n birga mehnat darslarida bajariladigan ishlar u-n ham tabiiy material bo’lib hizmat kiladi. Mehnat darslarida o’simlik poya va shohlari ildizlari, barglari, sabzavot meva hamda rezavorlar urug’lari kushlarning patlari paxta va uning chanog’i juxori sutasi boshokli o’simliklar poyasi kamish poyalari balik tangalari va boshkalardan maxalliy material sifatida foy-di.

Mehnat ta’limi darslarida turli maxalliy materiallaridan foy-dalanish boshlang’ich sinf o’kuvchilarning mehnat topshiriklarini bajarish jarayonidagi materialga bo’lgan extijlarini kondirish imkonini beradi. Bu bo’limning yana bir xususiyati shundaki har bir viloyat tuman kishlokdagi maktabda o’kituvchi maktab atrofida ko’p tarkalgan tabiiy materiallardan foydalanish mumkinligidadir. Ilk yoshligidan boshlab bolalarda ona tabiatga bo’lgan kizikish va tabiatni undagi go’zallikdagi ko’ra bilishni tarbiyalash kerak. Tabiiy materiallar b-n ishlashda o’kuvchi ko’zatish jarayonida ularning badiiy ijodiiy kobiliyatlari yanada rivojlanadi.

Yog’och eng ko’p tarkalgan materiallardan bo’lib o’kuvchilar mashg’ulotlarda ko’p tarkalgan daraxt turlari b-n tanishib chikishlari kerak. Ustaxonalardagi amaliy mashg’ulotlarda o’kuvchilar asosan karag’ay, kora karag’ay, kayin, juka, tog’ terak, tol daraxtlari b-n ishlashlari kerak. karag’ay va kora karag’ayga oson ishlov beriladi, yaxshi yelimlanadi, yumshok yengil, juka yog’ochidan dekarativ uymakorlik ishlari bajariladi. Mehnat mashg’ulotlaridan daraxt va butalarning shoh bargi shuningdek yog’ochdan tayyorlangan taxta, reyka, faner DSP va DVP plitalari kabi yarim tayyor maxsulotlardan foydalaniladi. Yog’och uch yo’nalishda: tolalari buylab kundalang va tolalarga burchak yo’nalishida kirkiladi. Yog’ochga ishlov berishda mayda narsalar yasashda pichok, ko’l arra, labzik, parmacha shtixel (o’ymakor kalam) dan foydalaniladi.

Yog’ochdan xalk xujaligining hamma soxalarida keng ko’llaniladi. Yog’ochga ximyoviy ishlov berish yo’li bilan yog’och smolasi yog’och sirkasi turli kislotalar va yog’lar olinadi. Bu moddalardan dori darmon tayyorlashda teriga ishlov berishda va boshka maksadlarda foy-di.

Yog’och arzon va ko’lay materialdir. Og’irligiga ko’ra ko’pgina materiallardan yengil pishik oson va yaxshi ishlanadi. Yog’och kurilmalar issikni saklaydi kuchli tovushlarni o’tkazmaydi. Yog’ochni nuksoni tez yonadi chiriydi namda o’z o’lchami va formasini o’zgartiradi. Yog’ochlarga ishlov berishda dizayn talablarini qo’llash bugungi kunda muhim vazifalardan. Ijodkor yoshlarning dizaynerlik qobiliyatini rivojlantirish bir muncha muammolar uchraydi. Shu o’rinda dizayn so’ziga va uning mazmuniga alohida to’xtalib o’tamiz. “Dizayn” termini XX asrda insoniyat hayotining barcha tomonlarini qamrab olgan keng voqyelikka aylandi. U san’atning ko’pgina turlariga - arxitekturadan tortib, to madaniy – maishiy, uy – ro’zg’or buyumlarigacha kirib bordi. So’nggi yillarda u nafaqat badiiy madaniyat jabhasida emas balki, undan yiroq bo’lgan muhitda ham keng qo’llanilmoqda.

O’zbekistonda zamonaviy dizayn ko’p qirrali va turli – tuman bo’lib, u o’z ichiga sanoat dizayni , bog’- hiyobon dizayni, tekstil, libos, televideniye dizayni, art – dizayn, ekspo – dizayn, veb – dizayn va boshqalarni qamrab olgan.

Yurtimizda “dizayn” so’zi yangilik bo’lgani bilan uning asl mohiyati yangilik emas. Tariximizdan ma’lumki, ajdodlarimiz o’z zamonalarininig barcha sohalarida betakror san’at namunalarini yaratishgan. Lekin o’sha davrlarda dizayner emas, usta, hunarmand, “mahoratli usta” deb atalgan. Ota – bobolarimiz mehnati tufayli me’morchilik, maishiy buyumlar, libos va badiiy matolar san’ati o’zininig noyob durdona asar darajasi maqomiga erishgan. Qadimgi liboslar tabiiy sharoitimizda o’z bichimlari, matoning tabiiy xom – ashyolardan tayyorlanganligi bilan mos bo’lib, undagi rang va naqshlar millatimizning chuqur ildizlariga ega madaniyat, urf – odatlari va ramzlarini yuqori mahorat bilan aks ettirgan. Ayollarimiz egnidagi naqshinkor tabiiy matolardan qulay bichimli liboslarining kompozisiyasi orasida bejirim bosh kiyim, zargarlik buyumlari va oyoq kiyimlari bilan nafis uyg’unlik topilgan.

Ma’lumki, kiyim insonning muayyan millatini, hududiy birligini yoki ijtimoiy mansubligini ifodalovchi omil ekan, uninig dizayniga e’tibor qaratib, milliy va zamonaviy xususiyatlarni singdirish dolzarb ahamiyatga ega. Ijtimoiy - tarixiy taraqqiyot davomida kiyim tabiiy zaruriyatdan ijtimoiy hodisaga aylanishi jarayonida bunyodkor xalqimiz tomonidan qator turkumlari yaratildiki, bular bugungi kunda milliy o’zligimizni namoyon etishda muhim ahamiyatga egadir. Xonatlas, adras, beqasam, shoyi, alacha va hakozo matolar ajdodlarimizning ko’p asrlik bunyodkor mehnatlari natijasi sifatida e’zozlidir. Ushbu matolar nafaqat yurtimizda balki, Markaziy Osiyo mintaqasi yana g’arb davlatlari fuqarolari tomonidan ham qadrlanishi qadriyatlarimizninig o’zgalar tomonidan e’zozlanishi sifatida qarash maqsadga muvofiqdir. Shu bilan bir qatorda ushbu matolardan tikilgan kiyimlar milliyligimizni namoyon etishda ham asosiy omildir.

Insoniyat o’z tarixiy taraqqiyoti davomida tafakkurining rivojlanib borganligi bois, kiyim dizayni ham badanga mos ravishda ixchamlashib boravergan. Shu sababli bugungi kiyimlar nafaqat inson badanini tashqi ta’sirdan himoya qiladi balki, kiyinish insonning ijtimoiy mavqyeini belgilovchi omil sifatida ham muhimdir.

Zamonaviy kiyim dizaynida milliy jihatlar haqida to’xtalganda o’nlab asrlar davomida ajdodlarimiz tomonidan kiyinish madaniyati sohasida qo’lga kiritgan yutuqlarni zamonaviy ruh bag’ishlash orqali targ’ib etish, milliy xususiyatlarni singdirish demakdir.

Bizga ma’lumki, O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng san’atga bo’lgan e’tibor yanada kuchaydi. Shu bilan birga libos san’atiga ham alohida e’tibor qaratila boshlandi, bu borada yangi imkoniyatlar yaratildi. Jamiyatimizda modelyerlarning ijod namunalarini namoyish qilishlari uchun modalar uyi ochilmoqda, turli moda ko’rgazmalari o’tkazilmoqda. Avvallari libos san’atiga bo’lgan e’tibor ancha sust edi, ya’ni libos rassomlari ko’proq davlatninig ijtimoiy buyurtmasi asosida ish olib borishgan va o’zlarining shaxsiy ijodiy izlanishlari deyarli bo’lmagan. Bugungi kunda esa modelyerlarimiz liboslarni o’zbek milliy ruhida yaratishmoqda va boshqa chet el mamlakalariga tanitishmoqda. Bu esa juda muhimdir, chunki liboslarimiz nafaqat O’zbekistonda balki, boshqa mamlakatlarda ham munosib o’rinlarni egallashi zarur. Asosiy maqsad yaratilgan o’zbek liboslarimiz bilan xalqaro namoyishlarda nufuzli o’rinlarga munosib bo’lishdir. Modalar qanday ko’rinishda bo’lmasin, ya’ni milliy yoki zamonaviy talqinda bo’ladimi, u hamisha ko’p qirralidir, insonni o’ziga jalb qiladigan san’atdir. Lekin ba’zi namoyish va ko’rgazmalarda modalarni yuksak darajada yaratilgan deb bo’lmaydi. To’g’ri hozirda bizda modelyer – rassomlarga modalar kostyumlarini badiiy asar sifatida ijodiy yondashgan holda fantaziyalari, izlanishlari orqali namoyish etishlari uchun erkinlik ochib berilgan, dizaynerlarimiz istaganlaricha o’zlarininig modalari orqali o’z g’oyalarini ko’rsatishlari mumkin. Masalan, modeyer qizlarimizninig tarixiy xalq liboslariga qiziqishlari beqiyos. Ko’pgina yosh dizaynerlarning moda sohasida ijodiy fikrlari bilan ishlashi va bu boradagi ijodiy izlanishlari yaqqol sezilmoqda. Ammo modelyer – rassomlarimizning yanada yutuqlarga erishishlari uchun ko’plab ko’rgazmalarda, xalqaro festivallarda ishtirok etishlari, xalqaro moda haqida ko’proq ma’lumotga ega bo’lishlari va o’zlarini ham shu darajada ko’rsata olishlari zarur. Buning uchun esa birinchi navbatda ular xomiylik tashkilotlarini topib, shartnomalar tuzishlari zarur. Shuni ham aytish joizki, modelyerlar ijodiy yondasha olishlari va yaratilayotgan ishlarini, ya’ni kolleksiyalarini sotilishini o’ylamasliklari zarur. Ana shundagina ularning yuksak g’oyalari yuqori darajalarga ko’tariladi, kundalik hayotimizga singib boradi.

Dizayn har bir narsaga yangicha qarash, asosiy funksiyani saqlagan holda yangi shakl, rang, texnologiya, xom – ashyo, yangicha tuzilish va majmualar mutanosibligidir, qaysidir ma’noda yangicha fikrlash hamdir. Bu murakkab ijodiy jarayon avvalo o’ta nozik estetik didni va hammaga xos bo’lmagan nafosat hissini talab qiladi. Bularga qo’shimcha chuqur bilimni, zamonaviy fan yutuqlaridan xabardorlikni ham talab qiladi.

O’zbekistonda dizaynning rivojlanishi uchun barcha sanoat sohalari: to’qimachilik sanoati, kimyo sanoati, metallurgiya sanoati yaxshi yo’lga qo’yilishi juda muhim, chunki bu sohalar yaratilayotgan mahsulotning asosini tashkil qiladi. Shu bilan birga jahonning boshqa mamlakatlaridan sanoat yutuqlari, yangiliklari bilan o’z vaqtida tanishib borishimiz, tajriba almashishimiz, mahsulotlarimiz namoyishlarini uyushtirishimiz, yutuqlarimizni rag’batlantirib, xato va kamchiliklarimizni tahlil qilishimiz muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda rivojlangan Yevropa mamlakatlari, Amerika davlatlari yangilik istab, rivojlanmagan mamlakatlar madaniyatiga, tarixiga murojaat qilishmoqda, shu jumladan, O’rta Osiyoga ham e’tibor qaratilgan. Dunyoda sharqona uslub, sharqona ruh urfga aylanmoqda. Shunday ekan, o’z madaniyatimizni, o’z dizaynimizni dunyoga taklif etishda g’ayrat ko’rsatishimiz, ildamroq harakat qilishimiz lozim.

E’tiborimizni qaratishimiz kerak bo’lgan o’rinlar bu mustaqillik zamonida yoshlarga ilm olishlari va ijod qilishlari uchun barcha sharoitlarning yaratilishidir. Dizayn yo’nalishida ta’lim berayotgan oliygoh, kollej, liseylarning mavqeini oshirish, ularning muammolarini hal qilishda xomiylar e’tiborini jalb etish lozim. Ijodiyotga, ayniqsa, dizayn sohasiga g’ayrat, shijoat bilan kirib kelayotgan yoshlarning ishtiyoqini so’ndirmasdan ularni rag’batlantrish, qo’llab – quvvatlash kerak. Yosh dizaynerlar orasida iqtidorli, qobiliyatlilar shuda ko’p. Ularninig ijodiga vaqtida e’tibor qaratib, ularni qo’llab – quvvatlash yurtimiz uchun faqat foyda keltiradi, mamlakatimiz rivojiga katta hissa qo’shadi.

Barchamizga ma’lumki, umumta’lim maktablarining mehnat ta’limi darsi 1-sinfdan 9-sinfga qadar davom etadigan fanlardan biridir. Quyida umumta’lim maktablarining mehnat ta’limi fani bo’yicha o’quv-reja va dasturidan yog’ochlarga ishlov berish mashg’ulotlariga oid mavzular, ularning tartib raqami hamda unga ajratilgan soatlar miqdori jamlanmasini keltirib o’tamiz:

Mustaqil O’zbekistonning ijtimoiy iqtisodiy siyosiy va mafkuraviy hayotida ro’y berayotgan o’zgarishlar: fan-texnika taraqqiyoti, jamiyat tuzilishining rivojlangan davlatlar demokratik andozalarga intilishi va boshqa ko’plab omillar uzluksiz ta’lim tizimnni, shu jumladan umumta’lim maktablarida mehnat ta’limini hozirgi zamon talablari asosida tubdan yangilashni isloh qilishni talab ztmoqda.

Uzluksiz ta’lim tizimida uiumta’lim maktablarining o’rni to’g’risida O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonunida bunday deyiladi: «Umumiy ta’lim uzluksiz ta’lim tizimida asosiy bo’g’in bo’lib ta’lim oluvchilar ilmi, bilim mehnat va boshlang’ich kasb-kor ko’nikmalari ishbilarmonlik asoslarini egallashlarini, shuningdek o’z ijodiy qobiliyatlari va ma’naviy fazilatlarini rivojlantirishini ta’minlaydi.

Ushbu tezisni bevosita umumta’lim maktablarida o’rganiladigan mehnat ta’limi o’quv fanining ustivor vazifalari sifatida talqin etish mumkin. Chunki mehnat ta’limi o’zining mazmuni, mohiyati va vazifalariga ko’ra barcha ilmiy tabiiy, ijtimoiy iqtisodiy bilimlarni umumlashtirib mujassamashgan xolda amaliyotga tatbiq etishni ko’zda tutadi. Shu jihatdan olib qaraganda mehnat ta’limi nazariya bilan amaliyotning birligini ta’minyaovchi, o’quvchilarning olgan bilimlarini hayogga tatbiq eta olishliriga imkon yaratuvchi asosiy vositadir.

Hozirgi zamon sharoitida mehnat ta’limi o’zining ilmiy-nazariy va amaliy, moddiy-texnik, ijtiioiy pedagogik muammolarni hal etishda uning an’anaviy mazmunini isloh qilishda qator nomutanosibliklar va ziddiyatli xolatlar sodir bo’lmoqda:

-yangi ijtimoiy-iqtksodiy, siyosiy va mafkuraviy tuzumda ro’y berayotgan tub o’zgarishlar bilan mehnat ta’limining ilmiy-uslubiy, pedagogik va moddiy-tehnik jixatdan istiqbol talablari darajasida majmuiy ta’minlanishining nomutanosibligi;

-ilmiy-texnik o’zgarishlar, ilg’or ishlab-chiqarish texnologiyalari, zamonaviy iqtisodiyot va xo’jalik yuritishning yangn shakillari va mazmunining mehnat ta’limining mazmuni vositalari va uslublarida o’z aksini topmaganligi;

- mehnat ta’limi amalga oshirishning asosiy qismi bo’lgan umumta’lim bo’g’ini bilan uzluksiz ta’limning boshqa bo’g’inlari -maktabgacha tarbiy, o’rta maxsus va oliy ta’lim hamda keyingi bosqichlari o’rtasida uzviylikning ta’minlanmaganligi;

-mehnat ta’limnning hozirgi kundagi an’anaviy mazmuni maqsadi, shakli, vositalari va uslublarida respublikamizning milliy, etnik, xududiy tarixiy xususiyatlari va sharqona tafakkur mezonlarining aks etmaganligi;

-mehnat ta’lminig o’ziga xos bo’lgan xususiyatlarini hisobga olib, uni amalga oshirish mexanizmlarining pedagogik, psixologik, fiziologik va didaktik asoslarining ishlab chiqilmaganlign;

-mehnat ta’limini bevosita amalga oshiruvchi yuqori malakali mutaxassis xodimlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimining hozirgi holati bilan mehnat ta’limi o’qituvchisiga qo’yilgan zamonaviy davlat talablariga to’liq mos emasligi;

-umumta’lim maktablarida amalga oshiriladigan mehnat ta’limining istiqbol yo’nalishlari bilan pedagogika oliy o’quv yurtlarida tayyorlanayotgan pedagog kadrlar kasbiy malaka darajalarining nomutanosibligi;

-mehnat ta’limi bevosita amalga oshiriladigan umuim ta’lim maktablari va o’rta ma’lumot beradigan ta’lim-tarbiya muassasalari faoliyatida uzviylikning va o’zaro aloqalarning ta’minlanmaganligi va shu kabilar.



Mehnat ta’limini isloh qilish va rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari

Mehnat ta’lnmnning hozirgi xolatidagi kamchiliklar va ziddiyatlar uni tubdan yangilashga, isloh qilishga zarurat tug’dirgan asosiy sabablar bo’lib hisoblanadi.

Hozirgi kunda respublika umumta’lim maktablari tizimida, shu jumladan, yangi turdagi o’quv muassasalari (gimnaziyalar,-liseylar, ta’lim majmualari)da o’quvchilarning texnologik ta’limiga yetarli e’tibor berilmayapti. Buning asosiy sababi mehnatga tayyorlashning ilgari mavjud bo’lgan dasturlari hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda o’sib borayotgan avlodning qiziqishlari va talablarini qondira olmaydi.

Zamonaviy sharoitlarda o’quvchilarni hayotga va mehnatga tayyorlash tizimi quyidagi yo’nalishlar bo’yicha takomillashtirilishi lozim.

1. Mehnat ta’limining shakli va mazmunini mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari rivojlanishida zarur bo’lgan kasb-hunarlarga bo’lgan ehtiyojga moslashtirish;

2. Mehnat ta’limi va tarbiyasini o’qvchilarning kasbiy harakatchanligi, mehnat va kasb-hunar bozorida ijtimoiy himoyalantirish muammolariga yo’naltirish;

3. O’quvchilarni shu kungacha maktab amaliyotiga kirgan yangi texnologiyalarga o’rgatishni ta’minlash;

4. Mehnatga tayyorlash va iqtisodiy ta’limning uzviyligini ta’minlashning tashkiliy-pedagogik tomonlarini bevosita faol jarayonida amalga oshirish.

Mehnat ta’limini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari bo’yicha isloxotlarni amalga oshirish uchun quyidagi shart-sharoitlar yaratilmog’i lozim:

Umumta’lim maktablarida mehnat ta’limi asosiy fanlar darajasida o’qitilishini ta’minlash, mehnat ta’limi jarayonida moddiy ne’matlar ishlab chiqarishning tashkiliy, iqtisodiy, texnika, texnologik asoslarini o’rgatish: o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlari va mustaqilligini rivojlantirish uchun o’quv dasturlariga kasb-hunar yo’nalish mazmunidagi bilimlarni, zamonaviy texnika, pedagogik va ta’lim texnologiyalari haqida ma’lumotlarni kiritish: mehnat ta’limi mashg’ulotlarida ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari va yangi pedagogik va ta’lim texnologiyalarni joriy qilish: mehnat ta’limini amalga oshirishda, uning nazariyasi va amaliyotida tarixiy, milliy, maxalliy, etnik, jug’rofiy, tabiiy-iqlimiy xususiyatlarni hisobga olish; mehnat ta’limining o’quv-uslubiy ta’minotini rivojlantirish muammolarini vaqtli matbuotda yoritilib borilishi; yangi pedagogik ishlab chiqarish texnologiyalarga asoslangan didaktik materiallar va boshqalar bilan ta’minlanishni yaxshilash; mehnat ta’limining moddiy-texnikaviy ta’minotini yaxshilash; mehnat ta’limining an’anaviy yo’alishlariga qo’shimcha qilib, xalq hunarmandchiligi sohalarining kiritilishi va uning ilmiy-nazariy, didaktik va uslubiy asoslarini ishlab chiqish.

Maktabning asosiy o’quv rejasiga kirgan dars yuklamalaridan tashqari, yozgi mehnat ta’tillarini qisqartirish evaziga 5-8 sinflarda qo’shimcha mehnat amaliyotlarini amalda tashkil qilish.

Yuqorida ko’rsatilgan tadbirlir ilmiy asoslangan dasturlar va rejalar asosida ta’lim tizimidagi barcha tashkilotlar ishtirokida amalga oshiriladi.



ADABIYOTLAR

1.Mavlonova.R.A. “Mehnat ta’limi metodikasi”. T. “O‘qituvchi”. 1986y.

2.Sanoqulov. Q. Haydarov.M. “Boshlang‘ich sinflar mehnat ta’limidan amaliy ishlar”. T. 1994 y.

3. T. Minovvarov. “Pedogogika”.T. 1992 y.



4. Karimov I.A. «Ozod va obod Vatan, erkin va faravon hayot-pirovard maqsadimiz». 8-jild. – Toshkent: O'zbekiston, 2000.

  1. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi Qonuni (Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori). 1997 yil. T.,“Sharq” nashriyoti.

  2. R.Mavlonova, N.Vohidova, N.Raxmonqulova. «Pedagogika nazariyasi va tarixi». Darslik. Fan va texnologiyalar, T., 2010 yil.

  3. w.w.w. /pedagog/ uz..

8. Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standarti va dasturi. Ta’lim taraqqiyoti // O'zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining axborotnomasi. –1999. -№7. Boshlang’ich ta’lim. – Т: Sharq, 180 b.

9.O’zbekiston Prezidentining 2004 yil 21 maydagi “2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi to’g’risida”gi Farmoni. Ма’rifat, 2004 yil 22 may.
Download 66.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling