Texnologiya fani uzviyligi va uzluksizligini ta’minlashda fanlararo integratsiyani ta’minlashning zamonaviy texnologiyasi mundarija: Kirish


Download 48.2 Kb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi48.2 Kb.
#1543130
  1   2   3
Bog'liq
TEXNOLOGIYA FANI UZVIYLIGI VA UZLUKSIZLIGINI TA


TEXNOLOGIYA FANI UZVIYLIGI VA UZLUKSIZLIGINI TA’MINLASHDA FANLARARO INTEGRATSIYANI TA’MINLASHNING ZAMONAVIY TEXNOLOGIYASI
MUNDARIJA:
Kirish……………………………………………………………………..…….….2
Asosiy qisim:
I BOB TEXNOLOGIYA FANI UZVIYLIGI VA UZLUKSIZLIGI …….…..…8

    1. Texnologiya fani haqida umumiy ma’lumot …………..…………......................8

1.2 Texnologiya fani uzviyligi va uzliksizligini taminlash…… ……………............12
II..BOB..FANLARARO..INTEGRATSIYANI. TA’MINLASHNING…ZAMO-NAVIY TEXNOLOGIYASI
2.1 Integratsiya haqida umumiy ma’lumot ………………………………………....18
2.2 Fanlararo integratsiyani ta’minlashning zamonaviy texnologiyasi…..….…….....20
Xulosa…………………………………………………………………………...…..32
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………….…….....34
Ilovalar…………………………………………………………………….………..35

Kirish


Yoshlarni o‘qitish, ularga ta’lim-tarbiya berish, kelajak uchun munosib kadrlar qilib tarbiyalash doimo har bir davlatning birinchi navbatdagi vazifalaridan biri bo‘lib kelgan. Xuddi shuningdek, bizning mamlakatimizda ham bunday ishlar davlatimiz rahbarlarining doimiy ravishda diqqat markazida turibdi desak, ayni haqiqatniaytgan..bo‘lamiz.
Respublikamiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning bevosita tashabbusi va
rahbarligida qabul qilingan hamda izchil ravishda amalga oshirilayotgan O‘zbekiston..Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha Harakatlarstrategiyasi respublikamizda rivojlanish taraqqiyotning yangi bosqichini..boshlab..berdi.
Bu jarayonning amaliy natijalari bugungi kunda hayotimizning barcha sohalarida,
eng muhimi, xalqimizning ong-u tafakkuri, intilish va harakatlarida yaqqol namoyon
Ma’lumki, “Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”3gi qonunlarda ham mamlakatimizda jahon andozalari talablariga javob bera..oladigan..yuksak malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash vazifalari belgilangan. Jumladan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi – ta’lim sohasini…tubdan..isloh..qilish,uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan..to‘la..xalos..etish,..rivojlangan..demokratik davlatlar darajasida, yuksak..ma’naviy..va..axloqiy..talablarga..javob..beruvchi...malakali..kadrlar..tay-yorlashning milliy tizimini yaratishdan iboratdir.
Maktab texnologiya ta’limida ta’limning shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyasining..asosini shaxsiyatli yondashuv tashkil etadi. Shaxsiyatli yondashuv–pedagogning tarbiyalanuvchiga o‘z tarbiyasi va rivojlanishiga ongli yondashadigan..shaxs..sifatida..qarashini ifodalovchi yondashuvdir.
Binobarin,..ta’lim..jarayonini..shaxs..rivojlanishiga..yo‘naltirish–ta’lim-tarbiya ishlarining samaradorligini oshirishning muhim omillaridan
biri hisoblanadi.
Jahon miqyosida kasb-hunar ta’limi sohasida malakali kadrlar tayyorlash jarayonlari zamonaviy pedagogik texnologiyalar, zamonaviy o‘quv loyihalari negizida ishlab chiqilib, mamlakatlarning milliy kasbiy malaka talablarini xalqaro andozalarga moslashtirish asosida raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Nufuzli ta’lim muassasalarida kasb-hunar ta’limi mazmunini modernizatsiyalash asosida Informatika fanlarini o‘qitishni tashkil etish prinsiplari, mazmuni, ta’lim-tarbiya jarayonining shakl va usullarini yangi ta’lim texnologiyalari talablari darajasida tubdan isloh etish va rivojlantirish ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashda zamonaviy o‘qitish texnologiyalari bilan uzviylikda barkamol shaxs tarbiyasining muhim tarkibiy qismi hisoblangan estetik dunyoqarashni rivojlantirish va uni pedagogik nuqtai nazardan tadqiq qilish hamda uni yangi sifat bosqichiga olib chiqishga qaratilganligi bilan dolzarb hisoblanadi. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish”1 ustuvor vazifa etib belgilandi. Bu esa mamlakatimizni istiqbolda yanada taraqqiy topishiga yo‘l ochib beradi hamda keyingi besh yilda isloh qilishning “yo‘l xaritasi”ga aylanadi. Mazkur vazifalarni amalga oshirishda kasb-hunar ta’limi muassasalarida Informatika fanlarini o‘qitishni tashkil etish prinsiplari, mazmuni, ta’lim-tarbiya jarayonining shakl va usullarini yangi ta’lim texnologiyalari talablari darajasida tubdan isloh etish muhim masala hisoblanadi2
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarorlarida nazarda tutilgan vazifalar hamda ta’lim tizimidagi fanlarni o‘qitishda uzviylik va uzluksizligini ta’minlash maqsadida, professional ta’lim tizimidagi “Informatika va axborot texnologiyalari” fani, umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi “Informatika va axborot texnologiyalari” va oliy ta’lim muassasalaridagi “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlari bilan uzviy bog‘liq ravishda mashg‘ulotlarni tashkil etish talab qilinmoqda. Professional ta’lim tizimida tahsil oluvchi talabalarga Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishdan asosiy maqsad – o‘sib kelayotgan avlodni zamonaviy axborot texnologiya vositalari bilan ishlash malakalari, mustaqil, mantiqiy va algoritmik fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdan hamda, o‘z mutaxassisligi bilan uzviy bog‘langan holda fan yuzasidan olgan bilimlarini hayotda tatbiq etishga o‘rgatishdan iborat.
Jahonda globallashuv jarayonlarining rivojlanishi, mehnat bozori talablariga mos yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash masalasini ustuvor vazifa sifatida belgilamoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani jadal rivojlantirish, ilmiy-intellektual hamda moliyaviy resurslarni to‘liq safarbar etgan holda ilmiy-innovatsion salohiyatdan keng foydalanish, ilmiy infratuzilmani modernizatsiya qilish ishlarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zamonaviy ta’lim tendensiyalari asosida profesional ta’lim tizimini isloh qilish, uning samaradorligini oshirish orqali malakali kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.




Download 48.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling