Texnologiya fanida o’quvchilarga ayollar yubkasi asos chizmasini konstruksiyalash va murakkab fasonda modellashtirish maketlarini tayyorlash,texnologik xarita yaratish mavzusini o’qitish metodikasini mudarija kirish Asosiy qisim I bob


II.BOB.Ayollar yubkasining asos chizmasini konstruksiyalash


Download 1.96 Mb.
bet5/7
Sana09.02.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1183088
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
aziza1212212

II.BOB.Ayollar yubkasining asos chizmasini konstruksiyalash
Boshqa kiyimlar kabi yubkaning ham uzunligi va o’lchami gavdagamos kelishi shart Shuning uchun gavdani to’g’ri qo’yib, quyidagio’lchovlar olinadi va ularning olinish qoidalari 12-rasmda keltirilganhamda o’lchov qiymatlari 12rasmda berilgan. Kiyimning to’kisligi uchunqo’shiladigan haq kiyimning fasoniga bog’liq bo’lib, u qo’shimcha deyiladiva “Q” bilan belgilanadi. Yubkada bel va bo’ksa chizig’ida qo’shimchalarqo’shiladi. To’g’ri bichimli yubka ikki qismdan iborat – old va orqa yarim bo’lagi. Yubkaning kengligi bo’ksaning aylanasi bo’yicha olinadi. Beldagi kengqismni burmaga yoki vitochkaga olinadi. Vitochka yubkaning orqa va oldbo’laklariga, yon qismiga ikkitadan qo’yiladi. Vitochkaning uzunligi vakengligi bir xil yemas, uni gavdaning tuzilishiga qarab olinadi. 12-rasm. o’smir qizlarga mo’ljallangan yubka modellari.
12-rasm



Yubka chizmasini chizish. Yubka yeskizini chizish va modellashtirishTo’g’ri bichimli yubka chizmasini chizish gavdadan olingan o’lchovlarva qo’shimchalar asosida amalga oshiriladi. Buning uchun hisoblash jadvali (12-rasn) tuzib chiqiladi va shu asosda yubka chizmasi chiziladi. 6 bo’lakliyubkaning hisoblash formulalari (12-rasm)da berilgan
Yubka chizmasini chizish. Yubka yeskizlarinichizish va modellashtirish.To’g’ri bichimli yubka chizmasi (13-rasm). Qog’ozning chap tomonburchagiga Bl nuqta qo’yilib, undan pastga vertikal chiziq o’tkaziladi. Buchiziq bo’ylab yubka uzunligi 55 sm qo’yiladi va Ye nuqta bilan belgilanadi. Shuningdek, bu vertikal chiziqda bo’ksa chizig’igacha bo’lgan oraliqblbkq 17 sm qo’yiladi. Bl, Bk, Ye nuqtalaridan gorizontallar o’tkaziladi. Bo’ksa chizig’i orqali yubka kengligi belgilanadi, ya’ni Bkbk1q 44 sm. bk1nuqtasidan vertikal o’tkaziladi va Bl1, Ye1, Bk1 nuqtalar belgilanadi. So’ngraold va orqa bo’lak kengliklari aniqlanadi, ya’ni yon chokining o’rni chizibolinadi. Bkbk2q 21 sm. bk2 nuqtadan yuqoriga va pastga vertikal o’tkaziladi173vertikalning bel va yetak chiziqlari bilan kesishgan nuqtalari Bl2, Ye2 bilanbelgilanadi. Orqa bo’lak vitochkasining o’rnini aniqlash uchun orqa bo’lakkengligini 0,4 koeffitsientga, old bo’lak vitochkasining o’rnini aniqlashuchun yesa old bo’lak kengligini 0,4 koeffitsientga ko’paytiramiz. Orqabo’lakda Bkbk3q 8,4 sm va old bo’lakda Bk1bk4q 9,2 sm vitochka o’rinlaribelgilanib, Bk3 va Bk4 nuqtalardan yuqoriga vertikal o’tkaziladi va belchizig’i bilan kesishgan joyga Bl3 va Bl4 nuqtalar qo’yiladi. So’ngra vitochkalarning umumiy qiymati topiladi. Buning uchun bo’ksaaylanasining yarmiga bo’ksa qo’shimchasi qo’shilib, undan bel aylanasining yarmiga qo’shilgan bel qo’shimchasi ayriladi va vitochkaning36-rasm. To’g’ri bichimli yubka chizmasi174umumiy qiymati 11 sm topiladi. Bumiqdor yubkaning uchta joyiga, ya’niyon chokka, old va orqa bo’laklargataqsimlanadi. U quyidagicha bo’ladi: a) Bl5bl6 q 0,5 x summa V q 0,5 x 11 q5,5 sm (yon tomon vitochkasi); b) bl7bl8 q 0,3 x summa V q 0,3 x 13,3 sm (orqa bo’lak vitochkasi); d) bl9bl10 q 0,2 x summa V q 0,2 x 11 q2,2 sm (old bo’lak vitochkasi Bu qiymatlarning yarmini vitochkalarning o’rta chizig’idan bir tomonga, qolgan yarmini ikkinchi tomongao’lchab qo’yiladi. Beldagi nuqtalarorqa bo’lak va old bo’lak vitochkalarining pastki uchlari bilan to’g’richiziqlar orqali birlashtiriladi. Yonchiziqda bel chizig’ining ko’tarilishi0,5–1 sm ga teng. Bl51 nuqta Bl nuqtabilan, Bl61 nuqta Bl1 nuqtalar bilan birlashtiriladi, bel vitochkalari shu chiziqqacha davom yettiriladi. Yon chiziqxuddi 36-rasmda ko’rsatilganidek yegri chiziq bilan tutashtiriladi. Olti bo’lakli yubkani loyihalash (37-rasm). Bu yubka chizmasinichizish uchun qog’ozning yuqori o’rta qismida Bl nuqta belgilanadi. Undanpastga vertikal chiziq o’tkaziladi va yubka uzunligi qiymati qo’yilib, Yenuqta topiladi. Shuningdek, bu vertikal chiziqda bo’ksa chizig’igachabo’lgan oraliq Blbkq 17 sm qo’yiladi. Bl, Bk, Ye nuqtalaridan gorizontallaro’tkaziladi. Yubkaning beldagi kengligi topiladi va bu qiymat o’rtachiziqdan ikki tomonga 5,5 sm dan taqsimlanadi. Bo’ksadagi kenglik hamshu tariqa topiladi, uning qiymati 7,1 sm ga teng. Bel chizig’ining tushishi0,3 ÷ 0,5 sm ga teng bo’lgan qiymatda olinadi. Bl1, Bl3, Bl2 nuqtalar ravonegri chiziq bilan tutashtiriladi. Bl1, Bk1 nuqtalar va Bl2, Bk2 nuqtalar chizg’ichyordamida tutashtiriladi va yetak gorizontal chizig’i bilan kesishguncha.. 13-rasm davom ettiriladi. Mos ravishda Ye1, Ye2 nuqtalar bilanbelgilanadi. Bl1e3 q bl2e4 yon tomon uzunliklarinitopish uchun Bl3Ye o’rta chiziqni chizmadan o’lchabolinadi. Ye3, Ye, Ye4 ravon yegri chiziq bilan tutashtiriladi. Moda yaratish kiyimning asosiy andazasiningchizmasiga yangi model chiziqlarini kiritishbilan bajariladi. Tanlangan fason bo’yicha asosiychizmadagi biror chiziqning o’zgartirilishi yokiqo’shilishi va ba’zi shakllarning yangilanishi modellashtirish deyiladi. Ikki chokli to’g’ri bichimli yubkalarni modellashtirish Koketkada ro’para taxlamali yubkani modellashtirish. Buning uchun old bo’lak o’rta chizig’idan chap tomonga 8 smda nuqta qo’yilib, undan yuqoriga va pastga vertikal chiziq o’tkaziladi. O’rta chiziq bilan bo’ksa chizig’ining kesishgan nuqtasidan yuqoriga3–5 sm qiymat qo’yiladi va chap tomonga bo’ksa chizig’iga parallel chiziqo’tkaziladi va avvalgi vertikal chiziq bilan kesishguncha davom yettiriladi. Bu kesishgan nuqtagabel vitochkasining uchi ko’chiriladi hamda belchizig’iga vitochkaning beldagi kengligi qiymati39-a rasmdagidek qo’yiladi. Yon qirqimda beldanbo’ksagacha bo’lgan oraliq ikkiga bo’linib, vitochkaning yangi holatidagi uchi bilan birozoval shaklida birlashtiriladi. Detallarni raqamlabchiqiladi va bo’y ipini belgilab olinadi. Yubka koketka va vertikal chizig’i bo’ylabqirqilib (39-rasm, a), vitochka yopiladi. Vertikalchiziq bo’ylab ro’para taxlama miqdori 20–24 smqo’yiladi. Yon chok bo’yicha yubkani yetak qismida
5–7 sm ga kengaytiriladi. Ro’para taxlama chuqurligini yubkaning yetak qismida 1 sm ga kamaytiriladi. Detallar atrofidan chok haqlari, gazlamaning bo’y iplari qo’yiladi hamda detallarraqami bir karra tekshiriladi. Etagiga biroz kengaygan yubkani modellashtirish. Yetagiga biroz kengaygan yubka (yo’l-yo’l gulli gazlama)ni modellashtirish.Etak qismining kengayishi bir xilda bo’lishiuchun yubka chizmasida bel qismini old o’rta chiziqda 1 sm ga qisqartiriladiva yon tomonda yesa 1 sm ga kengaytiriladi. Shuningdek, bel vitochkalariqiymatini bir xilga keltirish kerak, ya’ni 3,3 + 2,2 q 5,5 sm ni ikkigabo’lib, old va orqa bo’lakdagi vitochkalar qiymatini 2,7 sm ga keltiriladi. Bunda old bo’lakda bel vitochkasi biroz kengaytiriladi, orqa bo’lakda yesatoraytiriladi. So’ngra yetak qismidan vitochka uchlari tomon qirqiladi. Vitochkalar yopiladi va yubkaning yetak qismi ochilib, yubka yetak qismigakengayadi. Yubkani yon tomonidan ham 3–5 sm ga kengaytirish mumkin. Yo’l-yo’l gulli gazlamadan bichilayotganligi uchun yangi andazada nazoratchizig’ini o’tkazishni unutmaslik kerak.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling