Texnologiya fanidan dars mavzusiga pedagogik texnologiyalarni qo'llash Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 344.23 Kb.
bet1/7
Sana14.11.2023
Hajmi344.23 Kb.
#1773612
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
texnologiya fanidan dars mavzusiga pedagogik texnologiyalarni qo\'llash


Texnologiya fanidan dars mavzusiga pedagogik texnologiyalarni qo'llash


Reja:


I. Kirish
II. Asosiy qism
2.1. Mehnat ta`limi darslarida zamonaviy texnologiyalarni qo’llanishi
2.2. Texnologiya darslarida innovatsion texnologiyalardan foydalanish
2.3. Yangi pedagogik texnologiyalar asosida amaliy mashg’ulot darslarini tashkil etish texnologiyasi
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar

I. Kirish
Yosh avlodni ijodiy mehnatga tayyorlash, tafakkurini har tomonlama kengaytirish va chuqurlashtirish barkamol avlodni tarbiyalash borasidagi ta’lim islohotlarining muhim vazifasi hisoblanadi. Bu vazifa «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da o’zining aniq; ifodasini topgan. Jumladan ushbu xujjatda «Inson, uning har tomonlama uyg’un kamol topishi va farovonligi shaxs manfaatlarini ruyobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq atvorning andozalarini o’zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir», - deb ta’kidlangan Hukumatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qaratilgan starategik yo’nallishlga oshirish uchun juda katta ma’suliyatni nazarda tutib, korxona va birlashmalarga chinakam bilmidon, tashabbuskor, odamlar bilan ishlashni biladigan va xujalik yuritishning yangi sharoitlaridan fan va texnika taraqqiyotinina oldingi marralariga chiqishini, tayyorlanadigan mahsulot sifatini tubdan yaxshilashni, ishlab chiqarishning yuqori samaradorligini ta’minlay oladigan kadrlar tayyorlash va tarbiyalash zarurligiga alohida e’tibor berdi. Yosh avlodni tarbiyalash va xalq xujaligining barcha tarmoqlaridagi ijodiy mehnatga tayyorlash borasidagi mana shu katta ishlar maktabda boshlanib, urta maxsus va oliy maktablarda rivojlanitirilshi kerak. Jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan fan va texnika taraqqiyoti va aqliy mehnat bilan jismoniy mehnatni bir - biriga yaqinlashtirishni, yaxshi ular o’rtasidagi farqni bartaraf qilishni taqoza qiladi.
Texnik tafakkurni va mehnatga ijodiy munosabatni rivojlantishi yangi kishini tarbiyalashning eng muhim vazifalaridan biridir. Shu maqsadda ushbu uslubiy qullanma bo’lajak mehnat ta’limi o’qituvchisi, texnik ijodkorlik bugungi talablarda mehnat ta’limida, xususan konstruktorlik bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish yo’llari haqidagi va konstruksiyalash jarayoniga kompyuterni qo’llash haqidagi ilmiy izlanishlarimiz natijasida yuzaga keladi.



Download 344.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling