2.3. Yangi pedagogik texnologiyalar asosida amaliy mashg’ulot darslarini tashkil etish texnologiyasi
MAVZU: Tikuv mashinalari va ularni turlari
MAQSAD:
Universal mashinani ishga tayyorlashni o’zlashtirish;
Mashinani asosiy rostlashlar bilan tanishtirish;
O’quvchilarda mashinani ishga tushirish, to’xtatish, tezligini rostlash, boshlang’ich ko’nikmalarini hosil qilish;
Gazlamaga baxyaqator yuritishdagi dastlabki ko’nikmalar hosil qilish;
Uskunalarni avaylash, ishda batartiblikni tarbiyalash. Ko’zda chamalab mo’ljallashni mashq qilish va rivojlantirish.
O’QUV SOATLARI: 2 soat. (80 daqiqa).
MODULNI O’RGANISН JARAYONIDA EGALLANADIGAN AMALIY
KO’NIKMALAR:
Mashinada ish o’rnini tashkil etish;
Mashinani ishga tushirish va to’xtatish,
Mashinaga igna o’rnatish;
Tepkini ko’tarish va tushirish;
Tepki tagiga gazlamani qo’yish va tepki tagidan gazlamani chiqarib olish;
Qog’ozda (mashinaga ip o’tkazmasdan) parallel baxyaqatorlar yuritish;
Ustki va ostki iplarni taqish;
Baxyaqatorlar zichligini, iplar tarangligini, tepki bosimini rostlash;
Baxyaqator boshida va oxirida puxtalashni bajarish;
Siniq oval baxyaqator tikish;
Mashinani moylash va tozalash.
MODULNI O’RGANISh DAVOMIDA SНAKLLANADIGAN NAZARIY
BILIMLAR:
Mashinada ish o’rnini tashkil etish usullari;
Mashinani ishga tushirish va to’xtatish tartibi;
Mashinaga igna o’rnatish ketma-ketligi;
Tepkini ko’tarish va tushirish qoidasi;
Tepki tagiga gazlamani qo’yish va tepki tagidan gazlamani chiqarib olish ketma-ketligi;
Baxyaqatorlar zichligini, iplar tarangligini, tepki bosimini rostlash qoidalari;
Baxyaqator boshida va oxirida puxtalashni bajarish texnologiyasi;
siniq oval baxyaqator tikish texnologiyasi;
Mashinani moylash va tozalash usullari.
Do'stlaringiz bilan baham: |