“texnologiya fanini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar”


Download 226.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana16.06.2023
Hajmi226.04 Kb.
#1512472
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
67XyZVGv3J9dG8ctDnDwF1296cFncGPbdmWWQRrN



A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI 
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT 
INSTITUTI 
 
 
 
 
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi 
 
 
 
Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari  
moduli bo‘yicha 
 
 
“TEXNOLOGIYA FANINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY 
YONDASHUVLAR VA INNOVATSIYALAR”
 
 
o‘quv kursining
“Zamonaviy o‘qituvchining kasbiy mahorati va kompetensiyasi” mavzusidan 
ma’ruza matni 
 
 
 
 
 
 
 
Ma’ruzasi: D.S.Mirahmedova 
Toshkent 2022 


Mavzu: Zamonaviy o‘qituvchining kasbiy mahorati va kompetensiyasi 
Reja: 
1. Zamonaviy pedagog va pedagogik mahorat tushunchasiga ta’rif berish. 
2. Pedagogik mahorat va ulardan foydalanish yo‘llari. 
3. “Kompetentlik” va “kasbiy kompetentlik” tushunchalarining mohiyati.
4. Pedagogning kasbiy kompetentligini rivojlantirish. 
 
 
Zamonaviy pedagog va pedagogik mahorat tushunchasiga ta’rif berish. 
 
Uzluksiz ta’lim tizimini amalga oshirish jarayonida yosh avlodni 
ko‘ngildagidek o‘qitish va tarbiyalash haqida gap borar ekan, bunday g‘oyat 
murakkab va ko‘p qirrali vazifani faqat yuksak malaka va pedagogik mahoratga 
ega bo‘lgan o‘qituvchilar bilangina amalga oshirish mumkin. Shunday ekan
o‘qituvchilik - katta san’atdir. Bu san’atga u yoki bu pedagog osongina, o‘z-
o‘zidan erisha olmaydi. Shuning uchun, o‘qituvchilik kasbiga, ya’ni sog‘lom avlod 
uchun chinakam murabbiy bo‘lishga havasi, ishtiyoqi zo‘r, zamon talablarini tez va 
chuqur tushunadigan, o‘zining ilmiy, ijtimoiy-siyosiy saviyasi, pedagogik 
mahoratini izchillik bilan amalga oshirib boruvchi insonlargina erisha oladilar.
O‘qituvchining shaxsiy va kasbiy fazilatlariga nimalar kiradi va ularning 
o‘xshashlik tomonini qiyoslab olaylik: 

Download 226.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling